Nimrang tasvir.
Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi,
ya’ni uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul
qilishi
mumkin. Bu qiymatlar
kulrang shkala
deyiladi. Bu shkala kulrangning 256
gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi
yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun
etarlidir.
Hozirgi kunda tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud
bo`lib, ular yordamida kulrangning
256 xil
emas, balki
65536 xil
tusi ishtirok etgan
tasvirlar hosil qilish mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi 8
bitliga nisbatan 2 marta katta bo`ladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Kompyuter grafikasi qanday turlarga bo`linadi ?
2. Animatsion, namoyish, bezatilgan, kommertsiya, injener va ilmiy grafikalarni
xarakterlovchi xususiyatlari nimalardan iborat ?
3.
Grafik tasvirning asosiy turlari qanaqa ?
4.
Grafiklarning asosiy ko`rinishlari qanaqa ?
5.
Kompyuter grafikasining asosiy qo`llanish sohalari qanaqa?
6.
Rastrli tasvirlar qanday asosiy xarakteristikalariga ega?
7.
Tasvir shaklda taqdim etilgan malumotlarning qanday turlarini bilasiz?
|