4
Ikki o`lchamli
grafika
yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo`lib,
ularga misol sifatida printerda qog`ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan
xolst
(maxsus mato)da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin.
Uch o`lchamli grafika
yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi.
Bunda
jismning fazoda egallagan o`rni mayda kublar bilan to`ldiriladi. Agar bu kublar
yetarlicha kichik bo`lsa, inson ko`zi ularni ilg`amaydi
va kublar yaxlit bir jism
sifatida ko`z o`ngimizda gavdalanadi.
Uch o`lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o`yinlari
va virtual
(xayoliy) borliq
yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh
kiyim –
shlemlarda
tasvirlanadi.[16]
Oddiy grafika vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan
shug`ullanadi.
Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar,
chizmalarni keltirish
mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o`tishi bilan o`zgaradigan tasvirlar yaratadi.
Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turdagi
axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o`z ichiga oladi. Multimedianing o`ziga
xos jihati uning interfaolligi bo`lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o`tish imkoniyati
ko`zda tutilgan bo`ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to`ri -
wwwni
, undagi
www
-saytlar va
www
-sahifalarni keltirish mumkin.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Kompyuter grafikasi qanday fan?
2.
Kompyuter grafikasining qanday turlari mavjud?
3.
Rastri nima?
4.
Fraktal grafikasi nimaga asoslangan?
5.
Fraktal geometriyasi asoschisi kim?
6.
Vektorli grafika bugungi kunda qaysi sohalarda keng qo`llanilmoqda?
7.
Microsoft Paint dasturida kompyuter rasmini chizing.
8.
Microsoft Paint dasturi ranglar palitrasidan foydalanib tasvirni bo`yang.
9.
Kompyuter ekrani o`lchamini aniqlang va boshqa o`lchamga o`zgartiring.
10.
Kompyuter ekrani rangi va fonini almashtiring.