|
1-mavzu. Kirish. Kompyuter grafikasi asoslari. Kompyuter grafikasi haqida tushuncha RejaBog'liq 1 mavzu Kompyuter grafikasi, turlari va rang modellari KompyuterKodlash
– o`qilgan informatsiyani belgilangan qoidalarga muvofiq raqamli
kodga aylantirish.
O`qish jarayonida inson ishtirokining darajasi bo`yicha grafikaviy
informatsiyani kiritish qurilmalari va avtomatik va yarim avtomatik qurilmalarga
bo`linadi.
Grafikaviy informatsiyani
avtomatik kiritish qurilmalari
o`zgartirishning
kuzatuvchi yoki yoyuvchi metodlaridan foydalanishadi. Birinchi holda ishchi organ
abstsissa o`qi bo`ylab o`zgarmas tezlikda siljib berilgan egrilik chegarasini kuzatadi
(o`zgartiriladigan egrilik ordinata o`qi bo`yicha ishchi organ og`ishining son
qiymatlari ko`rinishida ifodalanadi). Ikkinchi holda abstsissa o`qi bo`ylab qandaydir
qadamda ishchi organ tasvirni skanerlashni amalga oshiradi. Bunda berilgan egrilik
bilan skanerlovchi nur kesishish nuqtalarining ordinatalari qayd qilinadi. Grafikaviy
informatsiyani kiritish avtomatik qurilmalari faqat murakkab bo`lmagan rasmlarni,
masalan bitta argumentning birgina ma’nosi bo`lgan funktsiyalarining grafiklarini
kodlashda qo`llanadi, chunki murakkab tasvirlarni kiritayotgan tasvir elementlarini
tanishda ancha qiyinchiliklar tug`iladi. [8]
Grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmasi ishchi maydon – planshetga ega
bo`ladi, unda hujjat hamda alfavitli-raqamli informatsiyani kiritish uchun
alfavitliraqamli va funktsional klaviaturalar joylashadi.
Planshetda ishchi organ koordinatalarini tavsiflovchi kodlarni olish usuli
bo`yicha grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmalarini optik-mexanik, setkali va
boshqalarga bo`lish mumkin.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar.
2.
Uzliksiz egri va to`g`ri chiziqlar.
3.
Nuqtalar yoki ko`pburchaklar.
4.
Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar.
5.
Uzliksiz egri va to`g`ri chiziqlar.
6.
Nuqtalar yoki ko`pburchaklar.
|
| |