|
ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (61 ta
|
bet | 29/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni1062 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (61 ta davlat, 7 ta ta xususiy, 968 ta oilaviy va DXSH asosidagi 26 ta nodavlat MTT) faoliyatini yo’lga qo’yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 1,5 foizga oshirildi. Bu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,4 foizga ko’pdir.
Bugungi kunda respublikada jami 19 316 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularning 6 258 tasi davlat va 13 058 tasi nodavlat (795 ta xususiy, 11 212 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 051 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etmoqda. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1 760 808 nafar bola yoki maktabgacha yoshdagi aholining 62,4 foizi qamrabolingan.Bundan tashqari, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga bo’lgan haqiqiy extiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari o’rtasida so’rovnomalar o’tkazish orqali o’rganib chiqildi.
So’rovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida – 25 ta, Buxoro viloyati – 10 ta, Jizzax viloyatida – 4 ta, Navoiy viloyatida – 4 ta, Xorazm viloyatida – 5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yo’lga qo’yildi.
Bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida BMTning xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Bog’ot va Qo’shko’pir tumanlarida maktabgacha ta’limning «turli xil yoshdagi maktabgacha ta’lim guruhlari» (o’yin guruhlari) faoliyati yo’lga qo’yilishiga erishildi. Mazkur guruhlar uchun tayyorlangan har bir xona kun davomida 2 ta guruhga xizmat ko’rsatishiga mo’ljallangan bo’lib, ularda jami 176 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrabolingan.«Aqlvoy» loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo’lmagan hamda qamrov ko’rsatkichlari past bo’lgan hududlarda 4,7 mingdan ortiq bolalarni qamrab olishga mo’ljallangan
|
| |