1.Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni
REJA ;
1 Maktabgacha ta’lim ta’limning mazmun- mohiyati
2. Maktabgacha ta’limning tizimida tizimida tutgan o’rni
3. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalari
Maktabgacha ta’lim - bolalarning individual va yosh xususiyatlarini, qiziqishi, moyilligi, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, bola shaxsining jismoniy, intellektual, ijtimoiy-axloqiy va ruhiy rivojlanishini ta’minlovchi,shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yonaltirilgan yaxlit jarayondir. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich bogini sifatida Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta‘limga qoyiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari,sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi] jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o’qish va chet tillarni organish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini taminlaydi.Maktabgacha ta’lim soglom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalari
- Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi hisoblanadi:
- bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish; ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga
sifatli tayyorlash;- bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari hisoblanadi:
- bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogligini mustahkamlash;- bolalarda xalqimizning yuksak manaviyati va insonparvarlik ananalariga sadoqat tuygularini shakllantirish;
- bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlangich ta’limni olishga tayyorlash;
- bolaning rivojlanishidagi (nutqida, korishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
- ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qollanadigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, manaviy va intelluktual jihatdan maktabda oqishga tayyorlashni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning barcha boginlari bilan mustahkam aloqa va uzviy bogliqlikda olib boriladi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy boginidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bolish huquqiga ega» degan qoida mustahkamlab qoyilgan, 45-moddasida voyaga yetmaganlar davlat himoyasida ekani, 64-moddasida esa «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi», deb qayd etilgan.Ta’lim dasturining toliq hajmda bajarilmagani,amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlarinmg sifati uchun masuldir.Ta’lim jarayonini tashkil etishda qollanilayotgan shakllar, metodlar va vositalar bolalarning yosh, ruhiy-flziologik xususiyatlari, qobiliyati, layoqati, qiziqishlari va ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlashga masuldir Tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim jarayonida hayoti va sogligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.Maktabgacha ta’lim tashkiloti ana shu huquqiy asoslarga tayangan holda oila va jamiyatning bolalarga g’amxorlik qilish, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga olib, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu davlat tomonidan tashkil etiladigan tashkilot bolib, unda maktabgacha ta lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich bogini sifatida O’zbekiston Respublikasining « Maktabgacha ta’lim va tarbiya togrisida»gi Qonuni qabul qilindi.Maktabgacha ta’lim soglom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6~7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu - davlat tomonidan tashkil etiladigan tashkilot bolib, unda maktab- gacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi. Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini taminlaydi, unda oqishga intilish hissini uygotadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini royobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojiantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:
- yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash;- maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- bolalarni oilada tarbiyalashning tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy zamonaviy O’quv-uslubiy qollanmalar,
texnik vositalar, oyinchoqdar va oyinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
- bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida manaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar boyicha malakali maslahat ko’rsatish imkoniyatini yaratish;
- maktabgacha ta’lim va sog’lomlashtirish tashkilotlari tarmog’ini qollab-quvvatlash va rivojiantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
|