|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 3/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniMavzu yuzasidan savollar;
1 Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning tamoyillarini aytib bering ?
2 Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalaishlari ?
3.Maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
4. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra, MTTlarga qanday huquqi beriladi?
3 MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
Reja;
1 Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bosqichlari
2.Maktabgacha tarbiyaning ta’lim bilan bog’liqligi
3 Maktabgacha ta’limda tarbiyaning xususiyatlari
Maktabgacha yosh davrining inson kamolotining keyingi rivojlanishidagi, bolani maktab ta’limiga tayyorlashdagi alohida roli maktabgacha ta’limning maqsadini belgilash, maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish metodlari va tashkiliy shakllarini o’ziga xos mazmunini ishlab chiqishni, bolalarni har tomonlama kamolga yetkazishga o’qitishning rolini tadqiq qilish zarurligini shart qilib qoydi. Bu esa maktabgacha ta’lim didaktikasi sohasining yaratilishiga olib keldi. Maktabgacha ta’lim didaktikasi bu - umumiy didaktikaning sohasidir. Maktabgacha ta’lim didaktikasi - maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va o’qitish nazariyasi hisoblanib, uning maqsadini belgilaydi, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni maktabdagi oqishga tayyorlashni taminlovchi ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi, Maktabgacha ta’lim didaktikasining asoschilari Y.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiy tadqiqotlarida yoritilgan. Y.A.Komenskiyning "Onalar maktabi" nomli asarida maktabgacha ta’limning maqsadi - atrof-muhit haqidagi oddiy bilimlarni o’zlashtirish, axloqiy odatlarni rivojlantirish va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash ekanligini takidlab,bolalarga beriladigan bilimlarning ilk dasturini belgilab berdi. Olim rejani tarbiya va ta’limning boshlanishi maktabgacha yoshdadir, degan goyani ilgari surgan edi. K.D.Ushinskiy maktabgacha ta’limning vazifasi aqliy salohiyat va nutq qobiliyatini rivojlantirishdan, ularni maktabga tayyorlashdan iboratdir - debtakidlaydi. Bunda u korgazmalilikka, ma’shg’ulotlarning qiziqarliligiga tayanish zarurligini uqtiradi.Y.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning qimmatli merosi otmish pedagoglari tomonidan maktab didaktikasini ishlab chiqishda foydalaniladi. Otmish pedagoglari maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish huquqini - hayotni anglashga, dunyoqarashni kengaytirishga, bilim, ko’nikma va malakalar huquqini kafolatlash lo’zim deb takidlaydilar. Ular bilimlarning aqliy rivojlanishi va nutqning osishida, oyin va tasviriy faoliyatlarni rivojlantirishda, atrofdagi voqelikka munosabatning shakllanishida muhim rol oynashini korsatib o’.tdilar.Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturiga kiritilishi zarur bolgan bilimlar doirasini belgilab berdilar. Bular - tabiat, jamiyat, kishilar mehnati, buyumlar va materiallar haqidagi bilimlardir. Ularning takidlashicha, bilimlar dasturini barcha bolalar o’zlashtirib olishlari lo’zim va buning uchun bolalar imkoniyatlarini, ularni o’qitish metodlarini organish, oyin va ma’shg’ulotlarni ular bilan aloqadorlikda qollash lo’zimdir. Bu goyalar maktabgacha ta’lim didaktikasidagi tadqiqotlar yo’nalaishini belgilab berdi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini ostirish nazariyasini E.I.Tixeeva ilmiy jihatdan asoslab berdi. U buyumlar, kishilar mehnati, tabiat hodisalari haqidagi bilimlar mazmunini kichik va katta maktabgacha yoshdagi bolalar yoshini hisobga olgan holda belgilab, atrof-muhit haqidagi bilimlar bola lugati boyligini ostirishdagi ornini, bolalar tasavvurlarini shakllantirishga va qiziqarli ma’shg’ulotlar turlarini, ularni otkazish metodlarini ishlab chiqdi. Y.LTixeeva ta’limning korgazmali bolishini, bolalar faoliyatiga tayanish zaruriyatini, uni oyin bilan bogliqligini isbotladi, o’qitish muayyan bilimlar doirasi va nutq ko’nikmalarining tarbiyachi tomonidan berilishi va uni bolalar tomonidan o’zlashtirilishidan iborat faoliyat sifatida ifodalab berdi. L.S.Vigodskiy (1896-1934) psixolog olim, maktabgacha ta’limning dasturiyligi haqidagi masalani kotarib chiqdi. U maktabgacha yoshdagi bolalarga moljallangan bilimlarning muntazamlilik prinsipini asoslab, maktabgacha yoshda gi oqish dasturining maktabdagi ta’lim dasturidan farqini yoritib berdi. U ta’limning maktabgacha yoshdagi bola kamoloti va uni maktabdagi ta’lim ishining mazmunini shundaygina kochirib qoymaslikka chaqirdi. XX - asrning ortalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash ehtiyoji tufayli maktabgacha ta’lim didaktikasi muammolarni keng tadqiq qilish jarayonlari avj oldi.Maktabgacha ta’lim didaktikasining rivojlanishida maktabgacha pedagogika sohasi boyicha olima A.P.Usova (18984965) tadqiqotlari, ta’lim prinsiplarining ahamiyati katta boldi. Umaktabgacha yoshdagi bolalarni oyin, ta’lim, sensor tarbiya, pedagogik jarayonlarni va xalq amaliy ijodiyoti masalalarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, U maktabgacha ta’lim muassassasidagi O’quv jarayonlarning tashkiliy shakllari va metodlarini, bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirishdagi, ularni maktabga tayyorlashdagi ahamiyatini korsatib berdi.Uning rahbarligida bolalar bogchasi dasturi ishlab chiqilgan.O’qitish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda shu yoshdagi bolalarga xos bolgan va katta yoshli kishilar faoliyatiga kirgan - bilish hissi, obrazli tafakkur kabi qobiliyatlarini rivojiantirish goyalarini A.V.Zaporojes va N.N.Podyakovlar ilmiy jihatdan tadqiq qildilar. Bu esa maktabgacha ta’limdagi ta’limiy jarayonni rivojlantiruvchi hisoblanadi.Maktabgacha ta’limdagi qator tadqiqotlar natijasida maktabgacha ta’lim metodikalariningbolinish jarayonlari sodir boldi.Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilimlar berishning mazmuni va metodikasi. (A.M.Leushina),ona tili o’qitish va nutq ostirish metodikasi (E.I.Tixeeva,A.M.Leushina, LA.Penevskaya, Y.I.Radina va boshqalar), maktabgacha tabiatshunoslik metodikasi (N.N.Bistrov, E.I.Zalkind,P.G.Samorukova va boshqalar), tasviriy faoliyatga orgatish metodikasi (E.A.Flerina, N.P.Sakulina va boshqalar), musiqa tarbiyasi metodikasi (N.A.Metlov, N.A.Vetlugina va boshqalar), jismoniy tarbiya metodikasi (A.I.Bikova, M.Y.Kistakovskaya va boshqalar) ni ishlab chiqdilar. Maktabgacha ta’lim didaktikasi muammolarini nazariy va amaliy tarzda ishlab chiqish maktabgacha ta’lim-tarbiya dasturida "Ma’shg’ulotlarda ta’lim berish" degan bolim ochish imkonini yaratdi. Didaktika pedagogik fan sohasi sifatida o’qitishning mohiyatini yorituvchi kategoriyalar va tushunchalar bilan ifodalanadi.Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari: ta’lim,bilim (bilim, bilim olish], ko’nikma, malaka, malumot, tarbiya, rivojlanish va shakllanishdir.Kategoriya - fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim asosiy tushunchadir.Ta’lim - bu ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko’nikma hamda malakalarini shakllantirish jarayoni bolib, bu bolaning shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.Ta’limning asosiy vazifasi ta’lim oluvchini o’qitishdan iborat. Shuningdek, u oila, ishlab chiqarish va malumot berish vazifasini bajaradi.Ta’lim berish - ta’lim beruvchining intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyat bolib, u shaxsning aqliy faoliyatini rivojlantirish, oqish - o’qitish jarayonini mazmun - mohiyatining ongli ravishda anglab yetishlari orqali amalga oshiriladi.Ta’lim - o’qitish jarayonida tarbiyalanuvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma, malakalarni o’zida ifoda etadi.Bilim - bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyat hayoti davomida toplangan, amalda sinovdan otgan va obyektiv dunyoni chuquroq anglashga, hamda o’zgartirishga yonaltirilgan tabiat, jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagiilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlashtirilgan majmuidir.Bilim o’z navbatida kundalik, ilmiy, emperik, nazariy bilimlargabolinadi.Kundalik bilim - bu soglom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga aoslanadi. Insonning atrof-muhitga moslashuvi,uning hayotiy harakatlari va oldindan kora bilish uchun asos bolib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta’lim - tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko’maklashishdir. Ta’lim - tarbiyani uyushti- rishda nazariy, emperik va ilmiy bilimlar muhim ahamiyatga ega.Ilmiy bilim - ta’lim tarbiyani takomillashtirish muammolarini, yechimlarini topishda qol kelib, tizimni asosli va narsa hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bilimdir. U emperik va nazariy darajada boladi.
Nazariy bilim - emperik holatlarni tushuntirish, yani narsa - hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlarni ochishni nazarda tutadi.Emperik bilim - bilishni kuzatish, olchash, tajriba usullarini qollash natijasi. U narsa - hodisalarning sifat va ko’nikma korsatkichlarini ifodalaydi. Emperik korsatkichlar orasidagi bogliqliklarning muntazam shakllanishi emperik qonunlar yordamida ifodalanadi, ular kopincha ehtimoliy xarakterga ega boladi. Bilim - bilimni amalga oshiruvchi asosiy omil bolib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika texnologiyalar rivojlanishi taminlanadi. Bilimga qoyiladigan talablar:
- Bilimning tushunarliligi;
- Bilimni tushunishlik;
- Bilimning mukammalligi;
- Bilimning chuqurligi;
- Bilimning operativligi;
- Bilimning ixchamligi;
- Bilimning aniqligi va umumiyligi;
- Bilimning tizimiyligi.
Bilim olish - idrok etish, organish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimlarning o’zgarib, takomillashib, boyib borish jarayonidir.Ta’lim mazmunining navbatdagi komponenti ko’nikma va malakadir.Ko’nikma - bilim kabi harakatda, kishi biror natijaga erishish uchun har xil faoliyat turida izchil bajariladigan uslublar tizimidir.U ongni faoliyat (harakat)ni tez, ta’limni togri, ham jismoniy va aqliy kuch sarflagan holda bajarish jarayoni natijasidir. U shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Harakat turlari boyicha u uch turga:
- Harakat ko’nikmalari
- Sensor ko’nikmalar
- Aqliy ko’nikmalarga boIinadi.
Ko’nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali zarur darajada saqlanadi. Ana shu bilan uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati beqiyosligini korsatadi.Ko’nikma - insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyatidir.Ko’nikma - bu shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar va уо1-yoriqlardan iborat bolib, ular yordamida rejalashtirilgan maqsadga erishiladi yoki muayyan bir faoliyat amalga oshiriladi. Ko’nikma - u yoki bu ishni bajarishning avtomatlashgan usuli bolib, ongli ishning bajarilishini nazorat qilishdan o’zod qiladi va uni ishda qoyilgan maqsadga qaratadi.Inson faoliyatida ko’nikmalar malaka tarzida ham namoyon boladi. Har qanday malaka ko’nikma bola oladi, lekin har qanday ko’nikma malaka bola olmaydi. Ko nikmalar avtomatlashgan mohiyat kasb etsagina malaka boladi.Ko’nikmani inson faoliyati turlariga kora quyidagi:
- Mehnat ko’nikmalari;
- Bilishga oid ko’nikmalar;
- Aqliy faoliyatga oid ko’nikmalar;
~ O’quv faoliyatiga oid ko’nikmalar;
- Nutqiy faoliyat ko’nikmalari;
- Badiiy faoliyatga oid ko’nikmalar.
Insonning jamiyatda muomala va o’zini tutish ko’nikmalarda o’z aksini topadi, ko’nikmalar bilimlar asosida tarkib topadi va o’z ichiga avval orttirilgan malakalarni oladi.Bu mashq qilish yoli bilan shakli anti rilgan puxta harakat lar bolib, ko’nikma va murakkab harakatlar tarkibiga kiradi.Ta’limning tarkibiy qismi sifatida shakllantirilgan malaka lar o’z mazmuniga kora murakkabdir. Bular jamiyatning harakat madaniyatini aks etgan harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, mehnat va xat yo’zish malakalari), aqliy faoliyatiga oid malakalar (hisob, oqish, tashkil qilish va boshqaruv),xulq va muomala malakalari (jamiyatda o’zini tutish, muomala madaniyati), nutqiy malakalar (gap tuzish, nutqning muayyan ohangi, surati, artikulyatsiya sofligini saqlash)dir.Ko’nikma va malakalar maqsadga yonaltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi. Ta’lim mazmunidagi asosiy jihat — zarur bilim va ko’nikmalarni mustaqil egallash, egallangan bilimlar hamda avval hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida vujudga keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.Malumot - ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizim-lashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmuidir.Turli manbalardan malumotlar yigiladi va ular o’z maqsadvazifalari boyicha saralanadi (tizimlarga ajiratiladi) hamda ular tashkil etilib, foydalanishga tavsiya etiladi. Malumot berishda nafaqat o’qitish, balki o’ziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar tasirida bolishi bilan birga insonning ilmiy tizimini egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko’zda tutiladi.Malumot - kishi sezgi azoiari, asboblar va boshqalar у ordamida qayd etiladigan, tashqi olamdan olingan belgilar toplamidir.Malumot maqsadi - voqea va hodisalarning ifodalanishini organish.Malumotning vazifalari - manba to’grisida tavsifnoma olih, manba to’grisida axborot tayyorlashga asosnoma hosil qilish,manba to’grisida tasavvur paydo qilish va ularni keyingi faoliyatga uzatish.Tabiat va jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalari malumotsiz faoliyat korsata olmaydi, chunki malumotlar orqali axborot paydo boladi va ular manbalarni orgatish hamda ularni tashkil qilishda asosiy omil bolib hisoblanadi.Malumotlar berish - bu organilayotgan obyektiv (ta’lim va tarbiya jarayoni, ta’lim-tarbiya oluvchilar va h.k)ning xususiyatlari va xossalari haqidagi malumotlarni ifodalash jarayoni bolib, uni obyekt to’grisida sonli va sifatli malumotlar aks ettiriladi. Bu nafaqat o’qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar tasirida bolish bilan birga insonning ilmiy tizimni egallash, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko’zda tutiladi.Tarbiya - manaviy manbalar va ho’zirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda O’qituvchining O’quvchi bilan, tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro ommaviy va nazariy muloqotdir.Tarbiya - keng manoda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadiga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga, avval avlodlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini taminlovchi vazifadir.Tarbiya maqsadi: talaba yoshlarda milliy goya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlarini qollash.Tarbiya vazifasi: manaviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda tarbiyalovchi bilan tarbiyalanuvchi aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi, tarbiyaning qanday metoddan foydalanishgabogliqligidir.Tarbiya jarayoni - shaxsni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko’nikmaga aylantirib borishdagi asosiy jarayondir.
Tarbiyaning xususiyatlari:
Tarbiyaviy texnologiyaning komplektlik xususiyati
Tarbiyaviy texnologiyaning ierarxiyalik (mantiqiy ketma-
ketlik asosida, uzviylik - uzluksizlik saqlash) xususiyati
Tizimlilik xususiyati
Yaxlitlik xususiyati
Rivojlanish - oddiy dan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga otish, yangUanish, yangining paydo bolishi, eskini yoqolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga otishini taminlovchi, murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishning manbayi qarama-qarshiliklar ortasidagi kurashlardan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Bola shaxsi rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda tasir etadi.Tarbiya rivojlanishidagi muhim jarayon hisoblanadi. Tarbiyaning samarali tasir etishi uchun osish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiqdir.Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o’zgartirishga yonaltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o’ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyat va yoshi u tomondan tashkiletilayotgan faoliyat mohiyatiga kora belgilanadi. Faoliyatning asosiy turi muloqotdir. Bugungi kunda yangi ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini taminlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqo’zo etiladi. Barkamol avlod haqida so’z borganda, otgan yillar davomida katta kuch va mablag hisobidan ta’lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bolishikerak, deb oylayman".Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommu-nikatsiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugun-gi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilgor yu-tuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy O’quv yurtlari-ga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun za-min tugdirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lo’zim.Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta’lim-tarbiyamodelini amaliyotga tatbiq etish O’quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bogliqdir.Ushbu dastur mazmimida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati tolaqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlashjarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga kotarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lo’zim. Yangi tehnologiya ta’lim berishda muhim rol oynaydi. Eng samarali usullardan biri bu video tasvirlar hisoblanadi. Ushbu video lavhalar orqali bolalar bajarayotgan harakatlari ichidanimani xato bajarayotganini bilib olishlari mumkin. Ushbu tarbiya usuli shuni korsatadiki, bollalarning qilayotgan notogri harakatlari kimdir tomonidan tushuntirilgandan kora, o’zlari xato qilayotganiga amin bolib, ularni o’zlari togirlashga harakat qilishlari koproq samara beryapti. milliy o’z-o’zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xu susiyatlarini uygunlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta’limida hal etilmoqda. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini royobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Maktabgacha ta’limni rivojiantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lo’zim boladi: - Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravish da tayyorlash; - Maktabgacha ta’limni samarali psixologik-pedagogik us- lublarini izlash va joriy etish; -
|
| |