Mustaxkamlash uchun savollar
1 Maktabgacha tarbiya bolimlarining faoliyatining uch asosiy yo’nalaishlarini bilasizmi?
2 Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish tartibini tushuntiring ?
7 MAVZU :Smeta –davlat moliyaviy hujjat sifatida
REJA :
1 Smeta –davlat moliyaviy hujjat sifatida
2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish
2 Maktabgacha ta’lim tashkiloti mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari
Smeta maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me'yoriy hujjatdir.Maktabgacha ta'lim muassasasida yozgi hordiq va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun alohida smeta tuzlladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo'lishi, muassasa xodimlarining necha soat ishlashi va ishning turiga ham alohida e'tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo'yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida taomnoma tuzish:«Ovqatlantirish xarajatlari» moddasiga bolalarni
ovqatlantirishga mo'Ijallangan mablag'lar kiritiladi.Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul me'yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi.Bunda maktabgacha ta'lim muassasasining turi, ish vaqti e'tiborga olinadi. Ovqatlantirish me'yori Sog'liqni saqlash, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi.Ovqatlanishga ajratiladigan mablag' miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha jami bola soniga ko'pay tiriladi.Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasasi smetasiga barcha xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag' ajratish ham ko'zda tutiladi. Bu maktabgacha ta'lim va moliya bo'limlari tomonidan alohida ro'yxat bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar haq to'lash hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va muassasa qaysi byudjet hisobidan mablag' bilan ta'minlanishi qayd etiladi.Yozgi dam olish va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish sarf-xarajatlari maktabgacha ta’lim muassasasi xarajat smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o'tkaziladigan hollarda ularni amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar bog'chalarida ota-onalar mablag'lari hisobga olingan alohida smeta ham tuziladi.Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida tuziladi.Smetada muassasaning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami hamda har bir modda bo'yicha xarajatlar miqdori joriy yilga tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon tuzilayotgani va o'tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e'tiborga olingan holda kiritilgan o'zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi.Ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish jarayonida undan chetga chiqish hollarining yuz bergani va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar miqdorini to'g'ri belgilash talab etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalari smeta tuzish vaqtida kelgusi yilgi ish ko'rsatkichlarini (guruhlar va tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning muassasada bo'Iish vaqti va hokazo] belgilashda o'zi bo'ysungan yuqori tashkilotning me'yoriy hujjatlari, buyruq va ko'rsatmalariga amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo'lishi shart. Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta'lim muassasasi egallab turgan bino haqida umumiy ma’lumotlar (uning hajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmog'ining mavjudligi), shuningdek, muassasaning ko'lamiga oid ko'rsatkichlar (guruhlarhamda bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan tashqari, smetaga maktabgacha ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enagalar, hamshiralar va boshqa xodimlarning ikki nusxada tuzilgan tarifikatsiya
ro'yxati ilova qilinishi shart. Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan belgilangan muddatda yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada taqsim etiladi.Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim muassasasining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to'g'ri tuzilganini aniqlab, uning to'liq to'ldirilgani, alohida moddalar bo'yicha xarajat summalari aniq hisob-kitob qilingani, binoning hajmi va maydoni to'g'ri ko'rsatilgani, shuningdek,xodimlarning tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinganini tekshiradi.Barcha hisob-kitoblar ko'rib chiqilgach, har bir modda bo'yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan ajratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgilangan summaga tenglashtiriladi. So'ng maktabgacha ta'lim muassasasining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida modda bo'yicha va umumiy summa), shuningdek, byudjet hamda ota-onalar mablag'lari hisobiga ajratiladigan xarajatlarkvartallar bo'yicha tasdiqlangan taqsimotga binoan yozib qo'yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomonidan qabul qilingach,maktabgacha ta'lim muassasasi boshqa xarajatlar va ota-onalardan tushadigan mablag'larni har bir kvartal bo'yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib qo'yadi.Xarajatlarni taqsimlashda ba'zilarining mavsumiy xarakterda bo'lishi (yoqilg'i tayyorlash, sabzavot jamg'arish,ta'mirlash ishlari va hokazolar) hisobga olinishi lozim. Agarda joriy yilda bolalar sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, bu bilan bog'liq sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan qo'shimcha mablag'lar va h.k.] tegishli kvartallar xarajatlari ko'rsatkichlarida aks ettirilishi kerak.Smetaning bir nusxasi muassasada qoladi, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalteriyaga, qishloq kengashiga, moliya bo'limi va boshqalarga taqdim etiladi.Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning jami miqdori, xodimlar ish haqi jamg'armasi, smeta tasdiqdangan sana qayd etiladi. So'ngra smetani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig'i imzo chekadi va uning imzosiga idora muhri bosiladi. Ta'kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot unga o'zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o'zgartishlar yuqori tashkilotning maktabgacha ta'lim muassasasiga yuborgan yozma xati bilan rasmiylashtiriladi
II. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha ta’lim muassasalarining xarajatlar hajmi asosan undagi guruhlar va bolalar soniga, har bir bolaning maktabgacha ta'lim muassasasida qancha vaqt bo'lishiga bog'liq. Bundabolalarning umumiy soni va ularning har biri muassasada qancha vaqt bo'lishiga oid ko'satkichlar (9-10.5, 12 va 24 soat) maktabgacha ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha alohida qayd etiladi. Muassasada sog'lomlashtirish guruhlari mavjud bo'lsa, ulardagi bolalar soni ham alohida ko'rsatilishi lozim.Bu bo'limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil oxiridagi hamda o'rtacha yillik soni ko'rsatiladi. Rejalashtirilayotgan
yil boshida maktabgacha ta'lim muassasalarida smeta tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va bolalarning ro'yxatdagi soni keltiriladi. Bu ro'yxatda yuqori tashkilot yo'llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan barcha bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil smetasida maktabgacha ta'lim muassasasini kengaytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, u holda «Yil boshida» grafasida guruhlar miqdori va bolalar
sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar aks ettiriladi. O'zgarishlar bo'lmasa, «Yil oxirida» grafasiga yil boshida keltirilgan ma'lumot yozib qo'yiladi. Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma'lumotlar, shuningdek, o'tgan yillar rejasining ijrosini tahlil qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan muassasada qancha vaqt bo'lganiga qarab aniqlanadi. Yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun sarf qilinadigan xarajatlar
Yozgi hordiq va sog'lomlashtirish tadbirlari vazirliklar va idoralar tomonidan respublika byudjetida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan mablag'lar doirasida amalga oshiriladi. Binobarin, bu tadbirlarni o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi.
Korxonalar qoshidagi maktabgacha ta'lim muassasalarida yozgi sog'lomlashtirish tadbirlari rag'batlantirish fondi hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda ovqatlantirish me'yorlari ko'paytiriladi, ish vaqti uzaytiriladi, ota-onalardan olinadigan haq miqdori ham oshiriladi. Shu munosabat bnlan, smetada xodimlarning ish haqi, tashkiliy- xo'jalik ishlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo'shimcha xarajatlar ko'zda tutiladi.Smeta - maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me'yoriy hujjatdir. Maktabgacha ta'lim muassasasida yozgi hordiq va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo'lishi, xodimlarning necha soat ishlashi va uning turiga ham alohida e'tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo'yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash xarajatlari»,«Boshqa xarajatlar».Maktabgacha ta’lim muassassasi shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassassasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilidayo’zilgan muhrga, mustaqil balansga,O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gaznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy gazna hisobvaraqlariga ega boladi. Unda maktabgacha ta’lim muassassasi yo’nalaishi boyicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning ortacha yillik sonini aniqlash uchun asos bolib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, korsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya meyorlari orqali tashkilotni saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablagIardan foydalanishda:Davlat maktabgacha ta’lim muassassasiga biriktirilgan mol mulk uning operativ boshqarish huquqida boladi. Tashkilot o’ziga biriktirilgan mobmulkni va xarajatlar smetasi boyicha o’ziga ajratilgan mablaglar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.Davlat maktabgacha ta’lim muassassasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablaglarning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.Davlat maktabgacha ta’lim muassassasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bolgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablaglari hisobiga moliyalashtiriladi. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassassasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
- O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari;- tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassassasida bolgan davri uchun badal tolovlari; - shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko’rsatish , bino va inshootlarni, jiho’z va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar; - jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; - mahalliy xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassassasida bolgan davri uchun badal tolovi miqdori va uni tolash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Tolov banklar orqali tegishli gaznachilik bolimlarida ochilgan shaxsiy gaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul otkazish yoli bilan amalga oshiriladi.Davlat maktabgacha ta’lim muassassasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va royxatdan otkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga byudjetdan tashqari qoshimcha mablaglarning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida zarur moddiy texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bolgan taqdirda, ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta’lim tarbiya xizmatlari korsatiladi.Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pullik qoshimcha ta’lim-tarbiya xizmatlari ko’rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq tolash tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassassasini moliyalashtirish va moddiy-texnik taminoti:
- Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassassasiga mol mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
- Nodavlat maktabgacha ta’lim muassassasi o’ziga biriktirilgan mol-mulkni va o’ziga ajratilgan mablaglar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq
tasarruf etadi,
- Nodavlat maktabgacha ta’lim muassassasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
- Nodavlat maktabgacha ta’lim muassassasini moddiy-texnik jihatdan taminlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bolmagan miqdorda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xojaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassassasi iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda sohaga oid meyoriy- huquqiy hujjatlar: qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yoriqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Maktabgacha ta’lim muassassasi o’z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan kelishgan holda hal etishlari lo’zim Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi hamda byudjet yoki tarmoq moliyaviy meyorlari Maktabgacha ta’lim, Sog’liqni saqlash, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, boshqa respublika muassassasiva idoralari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy jihatdan asoslangan metodik tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mablag bilan taminlashda hisob birligi sifatidan ortacha yillik hisobda bir bola olinadi. Maktabgacha ta’lim muassassasi o’z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish
ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish borasidagi rejalarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari o’zaro kelishgan holda hal etishlari lo’zim.
В./ В. /В texnologiyasini qollash qoidalari
Mavzuga oid savollar Bilaman Bilib Oldim Bilishni xohlayman
|