|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
| bet | 10/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matnifortal rejalashtirish - har yili amalga oshiriladigan moliyaviy- xojalik ishlari rejasidir. Ta’lim tizimi yuqori boshqaruv organlari qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli korsatmalar beradi, tashkilot o’z faoliyatida qonunchilikka qanchalik rioya qilayotgani, ijtimoiy mulkni qay darajada tasarruf etayotgani ishlab chiqarish va moliyaviy xojalik faoliyatini nazorat etadi, zarur hollarda boshqa manfaatdor
tashkilotlarni jalb qilib, bir yilda bir marta kompleks tekshiruvni amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xarajat smetalari ularning ijtimoiy-tarbiyaviy va moliyaviy xojalik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan mablaglarning qanday maqsadlarga sarflanishi va choraklar boyicha taqsimlanishini belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Ana shu smetaga asoslanib, byudjetda maktabgacha ta’lim muassassasining moliyaviy ehtiyojlari uchun mablag ko’zda tutiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilot hisob raqamiga otkazib beriladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari mahalliy kengashlari qaroriga binoan, respublika, viloyat, shahar va tumanlar xalq xojaligi rejasida belgilab berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi. Takidlash joizki, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashnimoliyalashtirish tizimi uzluksiz takomillashtirib boriladi, jumladan, uning kop variantlik (byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etilib, ta’lim tashkilotlarining o’zini o’zi mablag bilan taminlash, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish borasida sayharakatlari ragbatlantiriladi.Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni tolashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta’lim kreditlari berish mexanizmini shakllantirishga, uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qollab-quvvatlashda donorlik va homiylar mavqeyini kuchaytirishga alohida etibor qaratiladi. Shuningdek, ta’lim sohasida pullik xizmatlar ko’rsatish , tadbirkorlik, maslahatlar berish, ekspertiza ishlari, noshirlik, ishlab chiqarish hamda tashkilot nizomida
belgilab qoyilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat yo’nalaishlari rivojlantirilib, shu asosda ta’lim tashkilotlari daromadlarini kopaytirish taminlanadi.
|
| |