|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 18/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniMavzu yuzasidan savollar
1.Uslubchi vazifasi, huquqi va unga qoyilgan talablar nimalardan iborat?.
2.Uslubchining ta’lim – tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarligi ro’li?
3.Pedagogik kengash – ishini tashkil etishdagi vazifalari haqida ayting?
4.Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va nazorat
5.Ilgor ish tajribalarini urganish, umumlashtirish va ommalashtirishdagi roli.
6.Dastur talablarini bajarilishda uning rahbarligi va nazorati
14Mavzu: Ota –onalar jamoatchiligi MTT kuzatuv kengashi
REJA:
1.Kuzatuv kengashi nizomi to’grisida
2.MTTning kuzatuv kengashi
3. Kuzatuv kengashining huquqlari vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son buyrug‘iga
ILOVA Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Kengash tashkilotni boshqarishda strategik organ hisoblanadi. a'lim vazirining buyrug‘i bilan Maktabgacha ta'lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. MTT kuzatuv kengashi 6 bobdan iborat
Nizomga ko‘ra, kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
muassasaning ustuvor vazifalarini belgilash;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo‘linmasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarini saylash;
muassasaning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
muassasada amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy bo‘linma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan muassasa rahbarini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida muassasani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet va byudjyetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida muassasa rahbarining hisobotlarini tinglash;
muassasaning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni muassasa rahbarining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
muassasa rahbari, pedagog va boshqa xodimlarining faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
muassasada tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;
muassasani rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta'lim muassasasi rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘linmaga takliflar kiritish;
muassasaning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmaga takliflar berish.
Muassasada bolalarning sifatli ta'lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muassasa rahbariga ko‘maklashish uchun har bir muassasada Kengash tashkil etiladi.
Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga muassasaning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, muassasa ma'muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘linmadan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar a'zo kiritiladi.
Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Kengash a'zolari muassasa tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
|
| |