|
Frontal tekshirish olib borishning asosiy yollari
|
bet | 21/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniFrontal tekshirish olib borishning asosiy yollari.
Frontal tekshirishda nazoratchi va MTM mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, tartibi, vaqt bilan tanishtiriladi. Songra mudira tashkilot haqida: nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, bogchaning texnika anjomlar bilan jiho’zlanishi, uning bazasi, kadrlar tarkibi (pedagogik va xizmat kursatuvchi) xodimlari bilan, ularning ta’lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning goyaviy – siyosiy va ishlash malakalari, tashkilotda mehnat va ishlab chiqarish imtizomining ahvoli, kollektivining yutuq va kamchiligi ularga korilayotgan choralar xususida malumotlar beradi.
Bu suhbat – bogcha togrisidagi tekshirish ishiga dastlabki taassurot beradi. Songra nazoratchi turli bolimlar boyicha tekshirishi – organish ishlarini boshlaydi.Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.
Maktabgacha tarbiya tashkilotdagi ta’lim – tarbiyaviy ishlarining ahvoli va «MTTda ta’lim–tarbiyaga qoyilgan talablarining bajarilishi, bolalarning ko’nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»;
Kadrlarni tanlash, joy – joyiga qoyish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Tashkilotdagi metodik ishlar va metod kabinet faoliyati;
Tashkiliy – pedagogik va moliyaviy – xojalik ishlarning ahvoli. Xalq xojalik rejasining bajarilishi, yollanmalar soni, bolalarning davomati, (bolalarning bogchaga qatnashi) ishlarning bajaralishi;
Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
Ota-onalarning pedagogik maorif ishlari;
Mudiraning maktabgacha tarbiya mussasiga rahbarligi, rahbarlik uslubi. Mudira va katta tarbiyachi tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarga, qoyilgan talablarning bajarilishini tekshirish
Tashkilotninng jorriy-texnika bazasining ahvoli, xojalik faoliyati va xarajatlarini togri sarflash ishlari;
Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasining sifatliligi va uning bajarilishi, pedagogik kengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yigilishlarini, maktabgacha ta’lim bolimlari tomonidan chiqarilgan, instruktsiya va buyruqlarning bajarilish nazoratini tashkil etish;
Tashkilotda ishlab chiqarish masalalarini yolga qoyilishi: hujjatlar, ularning togri jiho’zlashishi va saqlanishi;
Nazoratchining tekshirish boyicha xulosalari va takliflari. Yakuniy pedagogik yigilish otkazilishi.
Frontal tekshirishning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga bogliqdir. Nazoratchi pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari otkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha tarbiya muassasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va mulohazalar beriladi.
Tekshirish natijasi akt bilan izohlanadi va malumotnoma tuzilib, unda aniq takliflar, mulohazalar korsatilib, akt 3 nusxada tuzilib, biri tuman yoki viloyat, shaxar maktabgacha ta’lim bolimiga, biri bogchaga beriladi, biri talabalarning ish hujjatlari hisoblanadi.
Rejaviy tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta’lim-tarbiya ishining bir qismini bolinishi nazorat qilish formasizdir. Masalan: «Mehnat tarbiyasi», Aqliy tarbiya. «Maktab bilan aloqa» «oyin» xodimlarning mehnati va x.k.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda 1 marta otkaziladi, tekshirish yollari va savollari quyidagicha (mexnat tarbiyasi buyicha)
Guruh rejalarini uzoq muddatini olgan holda tekshirish (kvartal, yarim yillik)
Maqsad: bajarilganva bajariladigan ishlarni aniqlash;
Ma’shg’ulotlarni kuzatish va analiz qilishi; bolalar mehnatning eng muhim tomonlarini kora olish.
Kundalik hayotdagi mehnat bilan taminlash va analiz qilish.
Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;
Bolalarning kattalar mehnatlariga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;
Bolalar oynlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish.
Bolalar bilan individual suhbatlashish;
Bolalar ishlarining analizi-taxlili;
Tarbiyachining kundalik yo’zuvlarini korish;
Guruhdagi O’quv materiallarini tekshirishi;
Nazoratchi guruh rejalarini (3—6 oylik) tekshirib, unda ko’zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yollarini qidiradi, osondan murakabligiga, oylik, perspektiv ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtiriladi, qaysi bolim rejadan tushurib qoldirilgan, ularning yuzaga keltirgan sabablarini qidirib topish kerak.
Rejani tahlil qilishdan maqsad – rejadagi talablarning bajarish yollari, haftalik rejadagi ma’shg’ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi ma’shg’ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini korish mumkin.
Topilgan kamchiliklar o’z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik xatolar keyingi oylarda takrorlanmasin. Mehnat bolimini tekshirishda: korgazmalilik, kattalarining faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator ma’shg’ulotlarni kuzatish.Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni korishga katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida – tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuygularini uygota olishga, bolalarni asosiy narsani kora olishga, kuzata olishga, tanish bolgan voqea va hodisalarni solishtira olish malakalarini ostirish, korganlariga yaqin narsalarni yasay olish, fikrlash qobilatlarini ostirishni tarbiyalash.
Mudiraning ishini tematik tekshirishda;
a) mudiraning guruhlardagi ishlarini tekshirish.
Mudira o’z vazifasida turli yosh guruhlarning hammasida olib borilayotgan ishlarni kuzatishi, tahlil qilishi kerak. Nazoratchi xuddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yollarini tekshiradi.
b) Sharoitni yaratilganligi; v) tekshirilgan mavzu boyicha ped – kengashda birgalikdagi muhokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlash moljalarini ostiruvchi vositalar;
Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiyachining o’zi bilan muhokama qilinadi, keyin pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar, taklif – mulohazalar ochiqchasiga – oshkora holda chaqiriladi. Kerakli yollanma, metodik yordam o’z vaqtida korsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud:
birlamchi; 2) ikkilamchi; 3)katta tekshiruv turlari mavjud; 4) ogohlantiruvchi tekshiruv.
Maktabgacha tarbiya tashkilotlari ishini tekshirish yakuni buyicha AKT tuziladi.
Bu hujjatni tuzishda – tekshirish boyicha olingan malumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta’lim tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy- metodik, moliyaviy – xojalik faoliyatlarni suhbatlarni maxsus kuzatish daftariga yo’zib borish lo’zim. Hujjatlarni chuqur organib, tashkilot faoliyatiga aniq isbotlangan xulosalar chiqariladi. Akt 3 nusxada tuziladi 1- Tuman Maktabgacha ta’lim bolimida -, 2si – maktabgacha ta’lim muassasida, 3si – tekshiruvchida qoladi.
Kuzatish sxemasi quyidagicha:
1) Kuzatilgan jarayon.
Kuzatilayotgan kun, yil, oy.
Ish mazmuni.
Tayyorgarlik.
Bolalarning bilim, ko’nikma va malakasi.
Tarbiyachining bilim, ko’nikma, malakasi.
Qollanilayotgan usul, usublar.
Yutugi.
Kamchiligi.
Nazorat savollar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini frontal – yalpi tekshirish necha yilda amajga oshiriladi?
Frontal – yalpi tekshirish olib borishining asosiy yollari haqida malumot bering?
Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
|
| |