|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 2/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniMavzu yuzasidan savollar;
1.Maktabgacha ta’limni rivojiantirish uchun qanday ustuvor vazifalarni bajarish lozim?
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat 3. Maktabgacha ta’limni rivojiantirish konsepsiyasi mazmunini ayting?
4.Maktabgacha ta’lim soglom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun qanday shart-sharoitlar yaratadi?
2Mavzu: Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo’nalaishlari
REJA ;
1.Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning tamoyillari
2. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
3. O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha Ta’lim va Tarbiya tog’risida»gi qonunga muvofiq ishlar mazmuni
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O’zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. «Ta’lim berishning manaviy, axloqiy va kasb malakasi boyichatarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi O’quv dars turlari yaratilishi darkor», deya takidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim-tarbiya sohasiga oid koplab qonunlarning, tegishli meyoriy hujjatlarning, eng muhimi,butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi.Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini taminlash, qobiliyatlarini royobga chiqarish, oqishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bolgan ko’nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli oqish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarning bilimi va amaliy ko’nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik goyalariga sadoqat, tariximiz va boy manaviy-marifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim orin tutadi. «Maktabgacha ta’lim togrisida»gi Konsepsiya (2008/ 2011), Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassassasi ta’lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-soglomlashtirish faoliyatni olib boruvchi tashkilot hisoblanadi, Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash,nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga komaklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassassasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta’limga qoyiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya va soglomlashtirish ishlariga qoyiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim- tarbiya olishlariniva korreksion pedagogik ishni taminlash;
- korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yonaltirilgan, individual tarzda tashkil etish;
- bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya muhitini yaratish;
- bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
- bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.
O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha Ta’lim va Tarbiya tog’risida»gi qonunga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. "Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining soglom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to’grisida NIZOM"da maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining soglom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qatiy nazar,barcha turdagi maktabgacha taTim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.Tarbiyalanuvchilarning soglom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxonalarida (keyingi orinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.Respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sogligini muhofaza etish masalalariga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Maktabgacha ta’lim va Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola hayoti va sogligini muhofaza etish tartibi togrisida»gi Nizomda bolalar hayoti va sogligini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning tashkilotga kelib-ketish qoidalari, binoda sog’liqni muhofaza etishga, yongin xavfsizligiga doir talablarbayon etilgan. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy tizimi:
1 Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari
2 Davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari
3 Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari
Takidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamgarmalar, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka binoan o’zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qirgiz va qo’zoq tillarida olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:1) ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekani;
2) ta limning uzluksizligi va izchilligi;
3)orta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo’nalaishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida oqishni tanlashning ixtiyoriyligi;
4) ta’lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6) ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
7) har bir shaxsning bilim olishi va istedodini rivojlantirishning ragbatlantirilishi;
8} ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvning o’zaro uygunligi.
Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tarkibiy jihatdan o’zgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bogin ta’lim boshqaruv organlarininghuquq va vakolatlari «Maktabgacha ta’lim va tarbiya tog’risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim tashkilotlari faoliyatining meyoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya xojalik ishlarini togri va oqilona yuritishni, ta’lim jarayonini tashkil etishda O’quv yurtlarining mustaqil faoliyat ko’rsatish ini taminlaydi. Ta’lim tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga kora, ularga ta’lim sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi. Tashkilot tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamgarmalar va homiylar vakillarini o’z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv kengashlarini tuzish orqali ta’lim tashkilotlarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalaishlaridan biriga aylanadi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Jumladan, « Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’grisida »gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha ta’limga bagishlangani shundan dalolat beradi.Unga kora, maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi- bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan soglom va yetuk bolib voyaga yetishini taminlash, ta’limning keyingi bosqichi - orta maktabda oqishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uygotishdan iborat. Shuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta’lim oltiyetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladi», deya qayd etilgan* tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oila va ota-onalarning o’zaro munosabatlarini uygunlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.
FSMU TEXNOLOGIYASI
Muno’zarali masalalarni hal etish hamda O’quv jarayonini bahsmuno’zara tarzida otkazishda qollaniladigan ushbu texnologiya tinglovchilarning o’z nuqtayi nazarini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini asoslashga hamda bahslashish madaniyatiga orgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qogo’zga o’z fikrlarini aniq va qisqa ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F - fikringizni bayon eting.
S - fikringizni aynan shunday bayon etishning sababini korsating.
M - fikringizni asoslovchi dalillar keltiring.
U - fikringizni yakunlab, umumlashtiring.
Savol; Maktabgacha ta’lim va tarbiya togrisidagi qonun mazmunini bayon eting . (F) Fikringizni bayon eting
(S) Fikringizni aynan shunday bayon etishning sababini korsating
(M) Fikringizni asoslovchi dalillar keltiring
(U) Fikringizni yakunlab, umumlashtiring
|
| |