• 5 MAVZU; Maktabgacha ta’lim tashkiloti - maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani REJA; 1
  • 1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




    Download 450,5 Kb.
    bet5/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Mustaxkamlash uchun savollar

    1.Tarbiyachi bolalar mustaqilligini qanday tartibda rivojlantiradi?


    2. Asosiy qismda ma’shg’ulotda bolalarga qanday bilim beriladi,
    3.Tarbiyachi ish natijalarni baholashda nimalarni nazarda tutishi lo’zim?
    4.Ma’shg’ulotlar jarayonida bolalarning qanday ko’nikma va usullarini takomillashtirishga doimo e’tibor qaratiladi?
    5 MAVZU; Maktabgacha ta’lim tashkiloti - maktabgacha
    yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani
    REJA;
    1 Maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskanining maqsadi
    2 .MTT da qisqa muddatli maktabgacha ta’limtashkilotlarini tashkil etish

    Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi orin tutadi. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ≪2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari togrisida≫gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassassasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qoyiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassassasining ish tartibi va bolalarning ushbu tashkilotda bolish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassassasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassassasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:


    12 soatli;
    10,5 soatli;
    9 soatli;
    4 soatli.
    Davlat maktabgacha ta’lim muassassasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim muassassasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik
    ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassassasida ovqatlanishni
    tashkil etish ushbu tashkilot zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassassasining tibbiyot xodimlari va ushbu tashkilotga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassassasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sogligI va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari otkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun masuldirlar. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogIigini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog’liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassassasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jiho’zlar, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassassasi tibbiyot xodimlarining
    malakasini oshirish sog’liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish tashkilotlarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat maktabgacha ta’lim muassassasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish tuman [shahar] bolimlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yollanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa tashkilotlar bolgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bosh orinlar mavjud bo’lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimlarining yollanmalari boyicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassassasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar:

    Download 450,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

    Download 450,5 Kb.