• Malaka talablari
  • Nazorat savollar
  • 1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




    Download 450,5 Kb.
    bet17/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Bilishi lozim:

    Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyatini;
    maktabgacha ta’limning davlat ta’lim talablari, ta’lim-tarbiya reja va o‘quv dasturlarining mazmunini;
    zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalana olishni;
    Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;
    Bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yullarini;
    jamoa shartnomasida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamda jamoada sog‘lom raqobatli ma’naviy-muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash orqali faoliyat yuritishni;
    O‘zbekiston Respublikasining sanitariya-gigiena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.

    • Malaka talablari:

    maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot (nomutaxassis oliy ma’lumotlilar maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini tamomlagan);
    xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
    ikki yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.

    Nazorat savollar
    1.Uslubchining ish hujjatlarini haqida gapirib bering?
    2.Yillik, oylik istiqbol rejalar qanday tuziladi?
    3.Pеdagogik jarayonni kuzatish daftarini yurish tartiblarini ayting?
    4.Uslubchining ish hujjatlari nechanchi raqam bilan yuritiladi?
    13MAVZU :Uslubchining liderlik va rahbarlik hususiyatlari


    Reja:
    1 Uslubchi vazifasi, huquqi va unga qoyilgan talablar.

    1. Uslubchining ta’lim – tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarligi.

    2. Pedagogik kengash – ishini tashkil etishdagi roli.

    3. Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va nazorat.

    4. Ilgor ish tajribalarini urganish, umumlashtirish va ommalashtirishdagi roli.

    5. Dastur talablarini bajarilishda uning rahbarligi va nazorati.

    Ta’lim sohasida yagona davlat sistemasini amalga oshirish Davlat boshqaruv organlariga rahbarlik qilish ta’limni rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish har bir rahbarning bosh vazifalaridan biridir. Maktabgacha tarbiya togrisidagi Nizomda ham Maktabgacha tarbiya tashkilotlarini boshqarish va kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning huquq doirasi kafolatlari belgilab berilgan. Uslubchi birinchidan, oliy malumotiga bolgan yetakchi metodik jihatdan kuchli manaviy siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida 1 ta xorijiy tillarni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, katta tarbiyachi quyidagilarni bilishi shart.

    • MTTdagi ta’lim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

    • “MTTda ta’lim-tarbiya programmasi”ning bajarilishini taminlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning togri uyushtirilishi uchun javobgar;

    • ilgor pedagogik tajribani organadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik kengashda korib chikish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; maktabgacha bolalar muassassasidagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qollanmalar va oyinchoqlarni tanlaydi.

    Ota-onalar ortasida pedagogik bilimlarni propaganda qilish, turli yosh gruppalari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha bolalar muassassasi va maktab ishida ketma-ketlilikni taminlash boyicha ishni uyushtiradi.
    Uslubchi oliy pedagogik malumotga (maktabgacha pedagogika fakulteti) ega bolgan yoki orta pedagogik (maktabgacha bulimi) malumotga va kamida 3 yil pedagogik stajiga ega bolgan eng yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi.
    O’z hamkasblarining hurmatini qo’zonishi va ularga o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun katta tarbiyachi qanday rahbarlik sifatlariga ega bolishi kerak?
    Katta tarbiyachi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qollash ko’nikmasiga ham ega bolishi zarur. Tajribali katta tarbiyachining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashishi: goyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishga qarab farqlanadi.
    Uslubchi talablarni qoyishda talabchan va qatiy bolishi kerak. Rahbarning o’ziga boysinuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini - talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga qushib olib borish zarur. Talabchanlik – bu qattiqqollik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan kora zarari koproq va bu odatda rahbarning kuchligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
    MTT tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obrosi kop jihatdan pedagoglar kollektivining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha tashkilot rahbar yadrosida birlik va o’zaro tushunishning mavjudligiga bogliq boladi.
    Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini taminlash; kollektivda jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat aktivligi va ijodiy ishlash ehtiyojini ragbatlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini taminlash kabi sotsial – psixologik masalalarini hal qilish katta tarbiyachi uchun birmuncha murakkablik qiladi.
    Har bir yosh mutaxassis – ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi konsultatsiyalar olib turishi uchun unga murabbiy – tajribaliroq va obroliroq tarbiyachini biriktirish lo’zim.
    Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bolmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilgor metodlari va usullarini egallashga, o’z bilimlarini doimo toldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yollash katta tarbiyachining vazifasi hisoblanadi. Uslubchining dоimiy xujjаtlаri qаtоrigа gruppаlаrdаgi tа`lim-tаrbiyaviy vа sоg`lоmlаshtirish ishlаrini kоntrоl qilish dаftаri (jurnаli) hаm kirаdi. Undа kаttа tаrbiyachi o`zining gruppаlаrdа bоlаlаrning o`quv, o`yin, mеxnаt fаоliyatlаrini o`rgаnishgа dоir ishini; tаrbiyachilаr ishining sifаtini; bоlаlаrning prоgrаmmаning turli bo`limlаri bo`yichа egаllаgаn bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrining аnаlizi; bоlаlаrning xulq-аtvоr mаdаniyati, mа`nаviy-irоdаviy sifаtlаrini, kоllеktivdа yashаsh ko`nikmаlаrini egаllаgаnlik dаrаjаlаri vа shu kаbilаrni аks ettirаdi. Kаttа tаrbiyachi tаrbiyachilаr ishidаgi ijоbiy mоmеntlаrni vа kаmchiliklаrni kаyd etаdi, ulаrning qiyinchiliklаri vа muvаffаqiyatsizliklаri sаbаblаrini аnаliz qilаdi hаmdа ishni yaxshilаshning kоnkrеt yo`llаrini ko`rsаtаdi
    Uslubchi doimiy hujjatlari qatoriga gruppalardagi ta’lim-tarbiyaviy va soglomlashtirish ishlarini kontrol qilish daftari (jurnali) ham kiradi. Unda katta tarbiyachi o’zining gruppalarida bolalarning O’quv, oyin, mehnat faoliyatlarini organishga doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini; bolalarning programmaning turli bilimlari boyicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarining analizi; bolalarning xulk-atvor madaniyati, manaviy-irodaviy sifatlarini, kollektivda yashash ko’nikmalarini egallaganlik darajalari va shu kabilarni aks ettiradi. Katta tarbiyachi tarbiyachilar ishidagi ijobiy momentlarni va kamchiliklarni qayd etadi, ularning qiyinchiliklari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini analiz qiladi hamda ishni yaxshilashning konkret yollarini korsatadi.



    Download 450,5 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

    Download 450,5 Kb.