|
Pedagoglarning metodik ishlardagi ishtiroki haqida ma’lumot
|
bet | 15/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni2. Pedagoglarning metodik ishlardagi ishtiroki haqida ma’lumot:
Bu jadvalda pedagog xodimlarning faoliyatlarini yanada yaxshilash, samaradorligini ta’minlash, yangiliklarga intilish va innovatsiyalarni ish faoliyatlariga tatbiq etish maqsadida olib boriladigan ishlar rejalashtiriladi, tahlili yuritiladi hamda shunga munosib tarzda xodimlarni rag‘batlantirish choralari belgilab olinadi. Masalan: xodimning o‘quv yili davomida tashkil etgan ko‘rgazmalari, ko‘rik-tanlovlari hamda pedagogik kengashdagi chiqishlari, amaliy va nazariy seminarlar, konferensiyalardagi ishtiroklari rejalashtiriladi.
3. Maslahat soatlarini rejalashtirish:
Navbatdagi bo‘limda pedagog xodimlarning yangiliklardan xabardor bo‘lishlari, zamon bilan hamnafas tarzda rivojlanib borishlari, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishlari ta’minlanadi. YA’ni pedagog xodimlar uchun turli dolzarb mavzularda faoliyatlari davomida muammo tug‘dirayotgan masalalar mavzulari va maslahat soatini o‘tkazish vaqti unda ishtirok etuvchilar hamda foydalaniladigan adabiyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
4. Ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish.
Ushbu bo‘limda muassasada bolalarning kun davomidagi barcha faoliyat turlari (ertalabki qabul, ertalabki soat, markazlardagi talimiy va mustaqil jarayonlar, sayrlar, ovqatlantirish, uyqu va kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladigan faoliyatlar)ni kuzatish tahlili olib boriladi. Bunda kuzatuv oldindan belgilangan aniq maqsad asosida olib boriladi hamda rahbar tomonidan beriladigan xulosa va tavsiyalar tarbiyachiga tanishtirilib, tarbiyachining tanishganligi haqidagi imzosi bilan yakunlanadi.
5. Metodistning oylik ish rejasi.
Oylik ish reja metodistning bir oyga mo‘ljallangan vazifalarini kundalik faoliyatiga muqobillashtirish asosida yuritiladi.
Oylik reja quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1. Kadrlar bilan ishlash.
2. Tashkiliy-pedagogik ishlar.
3. Hamkorlik ishlari.
4. Tadbirlarga tayyorgarlik.
Har bir yo‘nalishga oy davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar olinib, ularning bajarilish vaqti haftadagi sanalar asosida belgilanadi.
|
| |