Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbari direktor




Download 450,5 Kb.
bet12/99
Sana27.05.2024
Hajmi450,5 Kb.
#255115
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Bog'liq
Jami ma\'ruza matni

11 Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbari direktor.
Reja:
1. Mudira tashkilotchi, mamuriyatchi, yuqori malakali pedagog va unga qoyilgan talablar.
2. Mudira ishining mazumni.
a) Mudiraning mamuriy xojalik ishlari.
b) Tashkiliy pedagogik ishlarga rahbarligi.
v) ta’lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik.
g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari.
d) dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi nazorati.
e) kadrlar bilan ishlash usullarida Amir Temur tuzuklaridan foydalanishning ahamiyati.
Maktabgacha tarbiya muassassasi murakkab tarmoq bolib, mudiraning undagi roli, faoliyati kop qirralidir.
Mudira – maktabgacha tarbiya muassassasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog uning faoliyati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini tolaqonli hal etishga qaratilgan. U bolalar tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiyaviy pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni taminlaydi. O’z jamoasida ishchanlik maqsadga qaratilgan va inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o’z ishida davlatimiz va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik printsiplilik o’ziga va qol ostidagilarga talabchanlik. Bu mudiraga qoyiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi togri o’zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni taminlaydi.
Rahbarlik mavqei mudira o’z goyaviy, manaviy, marifiy, siyosiy – huquqiy saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta’lim – tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, ho’zirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida turgan vazifalarni bilishga u o’z bilimlaridan amaliy faoliyatidan foydalanishga majbur etadi. U programma metodik, instruktiv, normativ hujjatlarni yaxshi bilishi va ustida amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yetuk va kamchiliklarini darhol bartaraf qilish choralarini korish lo’zim.
Maktabgacha tarbiya muassassasi mudiri Xalq ta’limini boshqarish organlari tomonidan oliy malumotga va 3 yildan kam bolmagan pedagogik ish stajiga ega bolgan yoki orta-maxsus malumotiga va 5 yildan kam bolmagan pedagogik ish stajiga ega bolgan shaxslardan tanlanadi. Maktabgacha tarbiya muassassasida kadrlarni tanlash joy-joyiga qoyish tarbiyalash boyicha ishni mehnat jamoasi maktabgacha tarbiya muassassasi kengashining faol ishtirokida mamuriyat amalga oshiradi. Maktabgacha tarbiya muassassasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam ostirib borishiga gamxorlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha tarbiya muassassasi manfatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o’z vaqtida joydan-joyga kochirib turilishini taminlaydi.
Maktabgacha tarbiya muassassasida kadrlar rezervi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi.
Mudira bolalar bogchasining butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u bolalar bogchasini obodonlashtirish, kolamzorlashtirishishlariga rahbarlik qiladi. Smeta boyicha harajatlarni togri taqsimlash, muassassasini boy o’ziq-ovqat moddalari bilan taminlash rejimni togri tashkil etish rejasida bogchasini bolalar bilan toldirish, ta’lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yo’zgi soglomlashtirishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy bolgan moddalar bilan taminlashi (kamida xaftada 2 marta) xamir ovqatlari (bulochka, pechene). Pedagogik va xizmat korsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularni malakasini oshirishishlari boyicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash muxofaza qilishi uchun bolalar muassassasida togri rejim momentlari, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyenik qoidalarning bajarilishiga, yonidan qarshi tadbirlar otkazadi. Qishga boy o’ziq-ovqat va o’ziq-ovqat mahsulotlarini gamlaydi. Vitaminga boy bolgan mevali osimliklarni ostiradi. Bogcha xodimlari o’z vaqtida oylik maosh bilan taminlanadi. Mehnatga ishchilarning intizomiga qatiy rioya qiladi. Ish yuritish qattiq nazorat qilinadi. Bosh guruhlarni xodimlar bilan o’z vaqtida taminlaydi. Aktiv xodimlarni ragbatlantiradi. Bolalar bogchasida otkaziladigan joriy kapital remontga bosh rahbardir. Zavxo’z, kladovshik, kiryuvuvchi, kastilyansha, bogbon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, shafyor bilan yakkama – yakka suhbat otkazadi. Ularning ishlari ustidan qatiy nazoratni tashkil etiladi.
Mudiraning ta’lim-tarbiya jarayonlariga rahbarligi quyidagilar:
a) har bir guruhdagi ta’lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini organish va tahlil qilish guruhning ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu otkazilgan ishlarning hisobotidir.
b) guruhning jiho’zlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi.
Mudira kvartalda 1-Mart umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar komitetining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira 1 haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan bazi bir muammo kamchiliklar bilan bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla qomitasi bilan ish metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun konferentsiyalar.
2. Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq ta’limi bolimi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar Universitetning asosiy maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat. Mudira Tashkiliy tegishli maktab bilan aloqa ornatib 1 yilga moljallangan reja asosida ish koradi. 1 yilga moljallangan reja asosida bogchaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta’limiga tayyorlash, lotin alifbosini oqish, yo’zish, mukammal organish. Bunda mudira va maktab direktorining vazifalari belgilanadi.
a) mamuriy xojalik faoliyat – bunda reja kontingent boyicha bolalarni joylashtirish, bolalar bogchasi programmasining maktabgacha tarbiya sistemasida belgilangan harajatlarni o’z vaqtida joy – joyiga qoyib ishlatishni tashkil etish, bolalarni ovqatlantirishni togri tashkil etish, yo’zgi soglomlashtirish mavsumlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni togri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
Mudira bogchani kerakli texnikaviy va xojalik materiallari bilan muntazam ravishda taminlab turish, binoni jiho’zlash bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jiho’zlash, binoni o’z vaqtida tamirlash va O’quv-korgazmali qurollari bilan toldirib borishi, turli yosh guruppasi uchun programm – metodik hujjatlarda tavsiya etilgan ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnatni estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogika adbiyotlar bilan taminlash, bolalar maydonchasi va uchastkasini togri planli jiho’zlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, vrach bilan birgalikda tibbiy ishlarini nazorat va bolalarni sistemali tibbiy korikdan otkazish ishlari kiradi.
Moliyaviy-xojalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy, manaviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir.
Maktabgacha tarbiya muassassasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi maktabgacha tarbiya muassassasi pedagogik xodimlari va mamuriyatini ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuvga chek qoyuvchi zarur choralar koradi; maktabgacha tarbiya muassassasi jamoasiga nisbatan mamuriy-buyruqbo’zlik korinishlariga uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qoyadi; shu masalalar boyicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Mudir ishonch qogo’zisiz maktabgacha tarbiya muassassasi nomidan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korxonalari, tashkilotlar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; shartnomalar tuzadi, ishonch qogo’zlarini beradi, banklarda hisob va boshqa schyotlarini ochadi; maktabgacha tarbiya muassassasi uchun zarur bolgan jiho’zlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul otkazish yoli bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.
Mudir maktabgacha tarbiya muassassasi huquq idorasida buyruq chiqaradi, korsatma beradi. Bu buyruq va korsatmalar maktabgacha tarbiya muassassasining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta hamshira, xojalik mudirining o’z huquqlari doirasida bergan korsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha tarbiya muassassasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Mamuriy guruh (mudir, tarbiyachi-metodist, xojalik mudiri, katta hamshira), pedagogika, tibbiyot, xizmat ko’rsatish tarmoqlari xodimlari. Maktabgacha tarbiya muassassasi mamuriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi.
Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yigilishidir.
Maktabgacha tarbiya muassassasining umumiy yigilishi:

  • Maktabgacha tarbiya muassassasining Ustavini korib chiqadi va qabul qiladi;

  • Maktabgacha tarbiya muassassasi kengashini tuzish zaruriyatini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;

  • Yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida mamuriyat hisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko’rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yollarini belgilaydi;

Jamoa shartnomasini muhokama qiladi va kasaba uyushmasi qomitasiga taqdim etadi.
Nazorat savollar
1. Mudiraga qoyiladigan talablar nimalardan iborat?
2. Mudira ishining mazumni va mamuriy xojalik ishlariga rahbarligi haqida nimalarni bilasiz?
3. Mudiraning pedagogik, ta’lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarligi haqida malumot bering?

Download 450,5 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Download 450,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbari direktor

Download 450,5 Kb.