• 15 Mavzu: Maktabgacha ta’limi bolimlari tomonidan MTMni nazorat qilish. Reja
  • 1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




    Download 450,5 Kb.
    bet20/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Mavzu yuzasidan savollar

    1. MTT kuzatuv kengashi faoliyati mazmunini yoriting?

    2. MTT kuzatuv kengashi huquqlari?

    3. MTT kuzatuv kengashi tarkibi kimlardan iborat bo’ladi?

    4. Kuzatuv kengashi nizomi haqida fikr bering?



    15 Mavzu: Maktabgacha ta’limi bolimlari tomonidan MTMni nazorat qilish.
    Reja:

    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini frontal – yalpi tekshirish.

    2. Frontal – yalpi tekshirish olib borishining asosiy yollari.

    3. Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari.

    4. Tekshirish AKTini tuzish va unga qoyilgan talablar.

    Amalda, nazorat qilishning asosiy turlari frontal va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi.
    Frontal tekshirishi – bu maktabgacha tarbiya muassassasi ishni hayotiy har tomonlama, atroflicha tekshirish formasidir. Yani, tashkilotning kadrlar tarkibi, maktabgacha tarbiya dastur talablarini bajarilishi, mudira va katta tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy xojalik ishlariga ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish formalari, tibbiyot xizmati, maktab bilan aloqa, ilgor ish tajribalarni organish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
    Frontal tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha tarbiya tashkilotlari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qatiy nazar tekshiriladi. Kuchsiz tashkilotlarga ahamiyatni koproq jalb qilishi lo’zimdir. Frontal tekshirish 4 yilda bir marta Maktabgacha ta’lim bolimi (Viloyat, shaxar, tuman bolimi) tomonidan otkaziladi. Frontal tekshirish otkazishda avval: tola – tokis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish rejasi va savollar aniq yo’ziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati korsatiladi.
    Songra nazoratchi yana bir bor maktabgacha tarbiya boyicha chiqarilgan qaror korsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarining eng oxirgi yangi sonlarini ko’zdan kechirib, maktabgacha tarbiya dasturi talablarini yaxshilab oqib oladi, shu tashkilot hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu tashkilotda xalq xojaligi rejasi, bolalarning tashkilotga qatnash rejasining bajarilishi tahlil qilinadi.Kadrlar, ularning tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab – organib chiqadi.
    Tashkilotni kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda: avvalgi tekshirish materiallari yaxshi organib chiqiladi, kamchiliklarni yoqotish boyicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi. Yuqoridagi materiallar bilan tanishish bu nazoratchiga nimalarga koproq ahamiyat berish kerakligini belgilab beradi.

    Download 450,5 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

    Download 450,5 Kb.