|
MAVZU: Maktabgacha ta’limni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari
|
bet | 22/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni16 MAVZU: Maktabgacha ta’limni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari
REJA ;
1 Maktabgacha ta’limni tashkil qilish
2 MTTni boshqarish tamoyillari
3 Boshqarishning psixologik uslublari
Har qaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslubiarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. Shu bois ularning har birini tavsiflash, mohiyatini ifodalashga ehtiyoj tugiladi. Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi:
) demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Maktabgacha ta’lim tizimiga doir qonun hujjatlari asosida ishlarni tashkil etish;
2)yakkaboshchilik tamoyili - malum maqsadga qaratilgan ish usuli bolib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari yillik ish rejasini toliq bajarishga qaratiladi;
3] hamkorlik tamoyili - barcha masalalarni jamoa azolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;
4) aniqlik tamoyili - pedagogik, metodik va xojalik ishlarini malum maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish;
xojalikni boshqarish tamoyili - ish yuritishni togri tashkil qilish asosida smetadagi mablaglarni togri taqsimlash, uning bandlarini o’z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
] tanqid va o’z-o’zini tanqid - rahbar va har bir xodimning o’z ishiga nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy munosabat;
7)farqlash tamoyili - ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilgor ish tajribalarni kora olish;
8] yangilikni his qila olish tamoyili - o’z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o’zgarish va yangiliklardan xabardor bolish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilgor
pedagogika texnologiyalarni o’zlashtirish va ish faoliyatida qollay olish.
, ≪Maktabgacha ta’lim togrisida≫gi konsepsiya va nizomda korsatib berilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassassasi
mustaqil ravishda o’z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan, qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid bolmagan har qanday qarorlar qabul qilishga haqlidir. Tamoyil - biror bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiyamaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
|
| |