• Pedagogik kengashning maqsadi va asosiy vazifalari
  • 1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




    Download 450,5 Kb.
    bet24/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Mustahkamlash uchun savollar
    1.Maktabgacha ta’limni tashkil qilish tamoyilllarini sanab bering?
    2 MTTni boshqarish uslublariga misol keltiring?
    3 Boshqarishning psixologik uslublarini izohlang?


    17 Mavzu; Pedagogik kengash faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni. Pedagogika kengashi huquqlari.
    Reja:

    • Pedagogik kengashning maqsadi.

    • Pedagogik kengashning vazifalari.

    • Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik kengash raisi.

    Mazkur Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi hamda pedagogik kengash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
    Pedagogik kengash maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim tashkilotida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi. Pedagogik kengashning faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
    Mazkur Namunaviy nizom talablari barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
    Pedagogik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga amal qiladi.
    Pedagogik kengashning maqsadi va asosiy vazifalari
    Pedagogik kengashning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotida davlatning ta’lim siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, uni takomillashtirishda pedagogik jamoaning faoliyat yo‘nalishini belgilash, ta’limdagi yutuqlarni va ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga joriy etishda pedagogik jamoani birlashtirish, demokratiya, oshkoralik, o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillari asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvini amalga oshirishdan iborat.
    Pedagogik kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik jamoasining faoliyatini tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan davlat talablarini ta’minlashga, bolalarga ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirishga yo‘naltirish;

    • mashg‘ulotlar dasturlarini muhokama qilish va tasdiqlash;

    • maktabgacha ta’lim tashkilotining vasiylik kengashi hamda pedagog xodimlarining yo‘nalishlar bo‘yicha axborotlari va hisobotlarini eshitish, maktabgacha ta’lim tashkilotining sanitariya-gigienik holati, yong‘inga qarshi amalga oshiriladigan ishlar, mehnatni muhofaza qilish, bolalarning sog‘lig‘i va hayotiga oid hamda boshqa masalalarni muhokama qilish va yakuniy xulosa berish;

    • bolalarga ta’lim berishda o‘qitishning ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini ko‘rish;

    • bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy, umuminsoniy va milliy ruhda, o‘z Vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;

    • maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;

    • fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi bolalar ro‘yxatini tasdiqlash;

    • ilg‘or tarbiyachilarning ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, yosh tarbiyachilarga metodik yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;

    • o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga oid pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa chiqarish;

    • maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;

    • bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli tashkilotiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilish (imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida).

    Pedagogik kengashga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

    Download 450,5 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

    Download 450,5 Kb.