|
-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari
|
bet | 37/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi:
--bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash;
--bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari hisoblanadi:
-bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
---bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
---bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
--bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;
---ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. YUridik shaxslar — xususiy mulk huquqi sub’ektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
4-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash
Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi. Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi.
|
| |