|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 40/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni10-bob. Yakunlovchi qoida
|
10-bob. Yakunlovchi qoida
|
32. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Mavzu yuzasidan savollar
|
|
O’zbekistonda Nodavlat ta’lim xizmatlari holati qanday?
Nodavlat ta’lim ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish choralari?
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartiblari
26 Mavzu:Maktabgacha ta’lim va tarbiya qonunining MTTda ahamiyati
REJA:
1.Maktabgacha ta’lim va tarbiya qonunining maqsad vazifalari
2.Maktabgacha ta’lim va tarbiya qonunining MTTda ahamiyati
3. Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy prinsiplari
Mamlakatimizdagi mustaqil, huquqiy demokratik davlat qurish yo`lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uning o`zligini anglashga, imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga va ma’naviy barkamol, intelektual, aqliy va amaliy jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlash uchun yangi shart-sharoitlar yaratib bermoqda. Tarixiy- ijtimoiy taraqqiyot tajribasi shu narsani isbotlaydiki, jamiyatda ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy qurilma o`zgarganda bu o`zgarishlar eng avvalo ta’lim –tarbiya tizimini isloh qilishni, uning mohiyati va mazmunini o`zgartirishni talab qiladi .O`zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish ,mamlakat ijtimoiy–siyosiy hayotini erkinlashtirish borasidagi faol harakatning boshlanganligi Prezidentimizning har bir nutqi, asarlarida bolalar, yoshlar muammolariga alohida o`rin berishi, mustaqil O`zbekiston fuqarolari shaxsini shakllantirish, shaxs tuzulmasida ma’naviyat komponentlarining o`rni qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil, 16 dekabr kuni “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.Qonun bilan, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari aniq belgilab berildi.Xususan, davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.Qonunga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin. Dastlab muhokamaga qo‘yilgan «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar o‘rtasida turli bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.Ma'lumotlarga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chaga qamrab olish 2019 yilning birinchi yarmida 40,5 foizni tashkil qildi. Maktabgacha ta'lim muassasalari soni esa, 4 ming 940 tadan 9 ming 774ga yoki qariyb ikki barobarga ko‘paydi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan bir qatorda, davlat sheriklik asosidagi va xususiy maktabgacha ta'lim muassasalari soni ham ortib bormoqda.Bu esa sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirishni taqozo etadi.Qonun loyihasiga ko’ra;
|
| |