• 24.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning me’yoriy asoslari REJA
  • 1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




    Download 450,5 Kb.
    bet36/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Mavzu yuzasidan savollar

    1.Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibi qanday amalga oshiriladi?


    2. Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlov guruhi tarbiyachilari nimalarni bilishi lozim?
    3. Maktabgacha yoshdagi guruhlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega shaxslar qanday bo’lishi kerak?
    4.Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashdagi asosiy vazifalari nimalardan iborat?


    24.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning me’yoriy asoslari


    REJA:
    1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida
    2. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari to’g’risida
    3.Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, va tugatish tartibi
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o‘qitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi,maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi shartligi barchamizga ma’lum. Sohaga e’tibor samarasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida qabul qilindi .Qarorga ko’ra:
    Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
    Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
    Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.2019 yil 1 dekabrgacha bo‘lgan muddatda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqildi.Unga ko’ra 2019 yil 1 iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;2019 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.MTV , Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi uch oy muddatda umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqshi belgilandi1-ILOVA Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar bo’lib Nizom umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:maktabgacha ta’lim tashkiloti — umumiy turdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan tashkilot;nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;bolaning qonuniy vakillari — bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar.Ushbu Nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshirilishi belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin.Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega.

    Download 450,5 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

    Download 450,5 Kb.