|
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruh pedagogi quyidagi huquqlarga ega
|
bet | 35/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni3. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruh pedagogi quyidagi huquqlarga ega:
1. Maktabgacha yoshdagi guruhlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega shaxslar tegishli ixtisoslashtirilgan ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuqori axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lishi kerak.
2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri va metodisti va maktabgacha ta’limning hududiy organidan pedagogik jarayonni tashkil etish bo‘yicha maslahat olishi.
3. Mavjud metodik adabiyotlar va qo‘llanmalardan mashg‘ulotlarga tayyorlanishda foydalanish.
4. Bolalarni tegishli sanitariya tekshiruvisiz guruhga qabul qilmaslik.
3.5. Ma’muriyatdan ishlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni talab qilish.
4. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash uchun guruh pedagogi quyidagilarga ma’suliyatlidir:
4.1. Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish.
4.2. MTT Nizomiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining dasturiy va uslubiy ko‘rsatmalariga muvofiq bolalarni tarbiyalash va o‘qitish
4.3. Tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish.
4.4. Tartibga, mehnat intizomiga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. Qaror mazmuniga ko’ra
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, va barcha viloyatlarda ro‘yxat bo‘yicha bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyhasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi o‘rinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish;
bolalar tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni singdiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
|
| |