|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 34/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni1. Umumiy qoidalar
1. Boshlang‘ich ta’limni majburiy bir yillik tayyorlash uchun guruhdagi pedagog lavozimiga asosiy xodimlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarning buyrug‘i bilan tayinlanadi.Guruh pedagogi quyidagilarni bilishi zarur: O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» qonuni, «Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya», ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar va uslubiy tavsiyalar, maktabgacha yoshdagi bolalarning fiziologiyasi va gigienasi, bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish qoidalari, tibbiy yordamgacha asoslar, nazariya va tarbiyaviy ishlarning uslubiyati, fuqarolik va mehnat qonunchiligi asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslari.Pedagog MTT rahbari va metodisti rahbarligida ishlaydi va ularga o‘z ishi haqida hisobot beradi.Guruh pedagogi muntazam ravishda pedagogik yig‘ilishlarda, metodik birlashmalarda, uzluksiz o‘quv kurslarida va boshqa tadbirlarda qatnashib o‘z malakalarini oshirish kerak.
2. Guruh pedagoginining bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashdagi asosiy vazifalari:
1.Bolalarning kundalik hayotini, ularni tarbiyalashni rejalashtiradi va tashkillashtiradi, kundalik ishlarni olib boradi, psixologik va jismoniy rivojlanishlari uchun sharoit yaratilishini ta’minlaydi.
2. Bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlashni ta’minlaydi, ularning hayoti va salomatligi uchun javobgardir.
3.Bolalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ularning individual qobiliyatlari, qiziqishlari va moyilliklarini o‘rganish.
4. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit yaratadi.
5. Uning guruhidagi bolalarning davomatini kuzatadi.
6. U katta hamshiraga bolalarning mashg‘ulotlar, o‘yinlardagi holati sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar beradi, yashash joyidagi sog‘liqni saqlash idorasini xabardor qiladi.
7. Bolalarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosadigan shaxslar) bilan ularning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda bo‘ladi.
8. Pedagogik ta’lim tarbiyaga oid tadbirlarda ishtirok etadi, boshqa pedagoglarning tajribasini o‘rganadi, ularni tajribasini umumlashtiradi.
9. Xavfsizlik qoidalarini bilishi, yong‘in o‘chirgich bilan ishlay olishi, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda bolalarni evakuatsiya qilish rejasini bilishi zarur.
10.Yagona o‘quv jarayonidagi mutaxassislarning ishini muvofiqlashtiradi.
|
| |