1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




Download 450,5 Kb.
bet33/99
Sana27.05.2024
Hajmi450,5 Kb.
#255115
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99
Bog'liq
Jami ma\'ruza matni

Mavzu yuzasidan savollar

1.Peadgogik kouching nima?


2 Koucher kim?
3.Nizomda kouching faoliyati tartiblaridan tashqari nimalar belgilab qo’yilgan.
4. Pedagognik kouching’ hamkorligining ahamiyati nimalardan iborat?
5.Pedagogik kouching faoliyati MTB uslubchilari tomonidan qaysi yo’nalaishlarda tashkil etiladi.
6 Pedagogik kouching’ni tashkil etish orqali pedagogda qanday sifatlar rivojlanadi?
23Mavzu: Maktabga bepul majburiy bir yillik tayyorlash tizimi


REJA:

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 999-qaror mazmun mohiyati


2. Bepul majburiy guruhlar faoliyati tartiblari
3. Ilm yo’li o’quv dasturi maqsad vazifalari


Bepul bir yillik tayyorlov dasturini joriy etish bilan bog‘liq Qaror eng yaxshi jahon amaliyotlari asosida qabul qilindi, bu amaliyotni joriy qilgan mamlakatlar yuqori malakali inson resurslari hisobiga iqtisodiy rivojlanishda peshqadamlik qilmoqdalar.Tajriba guruhlariga o‘quv tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun o‘quv-metodik materiallar va kerakli adabiyot, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, bolalar va sport inventarlari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratildi. Ota-onalar kurs tashkil etilgan muassasadan majburiy bir yillik tayyorlov dasturi bo‘yicha hujjatlari bilan tanishish uchun olishlari mumkin.Bolalar tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaror qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tashkil etilgan guruhlarda bolalar milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni ham o’rganish uchun rivojlantiruvchi muhit tashkil qilish ko’zda tutilgan. Bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni singdiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash ham nazarda tutilib ijrosini ta’minlash uchun amaliy ishlar bajarildi. Barcha xududlarda tashkil etilgan shunday guruhlarda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib olindi .barcha makatbgacha ta’lim tashkilotlarida majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018-2019 o‘quv yili sentabrdan boshlanadi va 10-avgustda tamomlanadi.Ushbu guruhlarda MTTga qamralmagan ma’lum bir sabablarga ko’ra tashkilotga qatnamaydigan bolalalar qamrab olinadi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida to‘liq kun, to‘liq bo‘lmagan kun (bir haftada kamida 15 soat ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashdan ozod etiladi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarda boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan majburiy bepul tayyorlov guruhlar xonalarni o‘quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash yuklatilgan. Ushbu guruhlarga oliy ma’lumotli malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi qo’shimcha buyruqlar bilan belgilab qo’yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning negizida bolalarni majburiy tayyorlash guruhlari faoliyati tashkil etilishi ustidan monitoring olib boriladi.O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutilgan. Majburiy ta’lim guruhlari uchun joriy etilayotgan shtat birliklaridan va bolalar majburiy tayyorlov guruhlarini jihozlashdan kelib chiqqan holda 2018-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga zarur o‘zgartishlar kiritildi.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, va barcha viloyatlarda ro‘yxat bo‘yicha bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.Quyidagilar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyhasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilangan:maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi o‘rinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish;
---bolalar tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
---bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni singdiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
----maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
---davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarda boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.Xonalarni o‘quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash xam belgilab qo’yilgan.Quyidagilar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyhasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilangan:
-----maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi o‘rinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish;
-----bolalar tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
----bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni singdiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
-----maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
-----davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Maktabgacha ta’lim ta’limning birlamchi bo’g’inidir. Yangilanib rivojlanib borayotgan ta’lim sohasida muqobil shakllar tashkil etilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bola shaxsini, shuningdek, kelgusi muvaffaqiyatli o‘quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va bolalarni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi.
Ilova. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarni tashkil etish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari sharhida quyidagialr keltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va o‘rta maktablarda ta’lim xizmatlarini kengaytirish maqsadida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, raqobatbardoshlikni oshirish, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bir yillik bepul o‘qishga o‘tish, aholida ushbu maqsadlarni ommalashtirish uchun ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarda ta’lim tashkilotlarining bir qator ta’lim xizmatlarini tanlash bo‘yicha huquqlari belgilabberilgan. Uyida qaror mazmuni va ilovalari bayon etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 999-sonli «Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori.
«Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy bepul tayyorlash uchun pilot guruhlarni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom»
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ilova.
--Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi.
--O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (2018 yil).
---Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi; ---6yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tayyorlash uchun «Ilm yo‘li» rivojlanish, tarbiyalash va o‘qitishning variatich dasturi
3-ilova. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruh pedagoglarining namunaviy lavozim yo‘riqnomasi

Download 450,5 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99




Download 450,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

Download 450,5 Kb.