• 2-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
  • -modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalar
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarda tashkil etiladi




    Download 450,5 Kb.
    bet41/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarda tashkil etiladi:
    • umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
    • ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti;
    • inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti;
    • qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.
    Maktabgacha ta’lim va tarbiya qonunQonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktyabrda qabul qilingan.Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan.
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
    Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
    Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
    alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalar – nogironligi boʻlganidan yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida eʼtiboriga muhtoj boʻlgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;
    davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti – davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha taʼlim va tarbiya xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilot;
    inklyuziv taʼlim va tarbiya – bolalarning alohida taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni taʼminlaydigan jarayon;
    maktabgacha boʻlgan yosh – bolalarning tugʻilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berish boshlangan paytga qadar boʻlgan yoshi;

    Download 450,5 Kb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarda tashkil etiladi

    Download 450,5 Kb.