|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 39/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniMavzu yuzasidan savollar
1.VMQ 391-son Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori mazmunini yoriting?
2. Qarorning qaysi bobida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish ko’rsatilgan?
3 Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish to’grisida ayting?
4.Nechanchi bobda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish qayd qilingan?
5.Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga necha yoshdan bolalarni qabul qilinishi belgilangan?
25 Mavzu: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish to’g’risida
REJA:
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Litsenziya talablari va shartlari
Maktabgacha ta’lim tarmoqlari kengayib ota-onalar o’z imkoniyati va tanlovidan kelib chiqqan holda farzandalrini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga berib kelmoqda.Albatta MTTlarda ta’lim sifati va xizmatlar holati birinchi o’ringa qo’yilishi maqsad qilib olingan.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qabul qilindi. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’limning yuqori sifatini ta’minlashda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qaror qabul qilindi.Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik shaxslar tomonidan mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni litsenziya asosida amalga oshirish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilib,Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalish va vazifalari etib quyidagilar belgilandi.Quyidagilar;
--iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;
--sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an’anaviy ta’lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta’lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini jadal rivojlantirish;
--ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oshirish.Qarorga ko’ra belgilandiki, nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;o‘z faoliyatini davlat ta’lim standartlari va talablar asosida amalga oshiradi;amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilgan holda yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘radi;
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o‘qishga qabul qilishi belgilab qo‘yilsin. Keyingi yillarda o‘quvchilarni bepul (grant asosida) o‘qitishni davom ettirish bo‘yicha qaror nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan ta’lim oluvchining oilaviy sharoiti va uning akademik natijalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda quyidagilar tavsiya qilinsin:
-ta’lim jarayonini o‘qitishning eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda fanlarni chuqurlashtirib o‘rgatish yo‘nalishida tashkil etish;
-o‘zlariga nom tanlashda vatanimizning mashhur va buyuk olimlari, jamiyat arboblari ismlaridan o‘rnatilgan tartibda foydalanish;
-ilg‘or ilmiy-amaliy tajribani joriy etish hamda chuqurlashtirib o‘rganiladigan fanlarni chet tilida o‘qitish uchun ta’lim jarayoniga xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb qilish. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda quyidagi to‘lovlardan ozod qilinshi belgilandi.Barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari), bunda ozod qilinayotgan mablag‘lar ularni zamonaviy o‘quv vositalari bilan jihozlash, zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga maqsadli yo‘naltiriladi;
-nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikchilik samarali mexanizmlarini joriy etish;
-ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish;
-nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari;
-Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga litsenziya berish tartibi haqidagi
nizomni tasdiqlash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, Qaror 2-ilovasi Litsenziya berishga qaratilgan.
|
|
|
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
|
|
3-bob. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat bo‘yicha litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
|
4-bob. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
5-bob. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tartibi
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, litsenziyani bekor qilish tartibi
8-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi
9-bob. Davlat bojini undirish tartibi
|
| |