• 31Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi REJA: 1
  • 1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




    Download 450,5 Kb.
    bet47/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Mavzu yuzasidan savollar
    1 Tasviriy faoliyat mashg’ulotlariga qaysi faoliyatlar kiradi?
    2 Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyatning o’rni?
    3. Тasviriy faoliyat qanday faoliyat hisoblanadi?
    4.Estetik tarbiya masalalarining tasviriy faoliyatga bog’liqligi?
    5. Tasviriy faoliyatning turlarini sab bering?


    31Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi


    REJA:
    1.MTTda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi
    2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda tarbiyachiga qo‘yiladigan talablar
    3. Bilim va unga asoslangan ko‘nikma va malakalar

    “Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin deyiladi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 dekabrda qabul qilgan farmonida maktabgacha ta’lim sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarga bog‘likigi haqida qayd etilgan.. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo tarbiyachi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, chuqur bilimga ega bo‘lgan, zamonaviy tarbiyachi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. Tarbiyachilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Tarbiyachi xodimlar o‘zlarining kasb-ko‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog‘liqdir.Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.O‘zbekiston Respublikasida tarbiyachi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak».


    Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy tarbiyachi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. Tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida shakllantirish uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
    XXI asrga kelib tarbiyachining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi tarbiyachidan yuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi. Hozirgi zamon tarbiyachisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar tarbiyachilardan talab qilinadi:
    1. Tarbiyachi eng avvalo mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.
    2. Tarbiyachi tabiatan o‘quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his-tuyg‘ularini har lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.
    3. Tarbiyachi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
    4. Zamonaviy tarbiyachining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi.
    5. Tarbiyachi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.
    6. Tarbiyachi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.
    7. Tarbiyachi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
    8. Tarbiyachi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
    9. Tarbiyachi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib borishi shart.
    10. Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‘zlardan holi bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; tarbiyachining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi; hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) kabi norasmiy so‘zlardan holi bo‘lishi.
    11. Tarbiyachining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
    12. Tarbiyachi ta’lim tashkilotsida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
    13. Tarbiyachi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.
    14. Tarbiyachi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
    Tarbiyachilar unutmasliklari kerakki, o‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo‘nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o‘quvchilarning (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida tarbiyachining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
    Tarbiyachining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
    Hozirgi sharoitda jamiyatning tarbiyachilik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi tarbiyachiga bog‘liq. Zamonaviy maktab tarbiyachisi qator vazifalarni bajaradi. Tarbiyachi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. Tarbiyachi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:

    • shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muxabbati;

    • kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;

    • yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigienasidan o‘z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;

    • o‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borishi;

    • ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi;

    • o‘z kasbiga ijodiy yondashishi;

    • pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;

    • o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

    Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir tarbiyachi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xapakterga ega. Tarbiyachi o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog‘liq.
    O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun tarbiyachilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. Tarbiyachi o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:

    • hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;

    • o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, tarbiyachi ularga

    pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq
    ko‘rsatishi shart;

    • o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida

    tarbiyachi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi
    vazifasini bajaradi.
    Ijodiy faoliyat olib boruvchi tarbiyachi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or tarbiyachilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib kolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi.



    Download 450,5 Kb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

    Download 450,5 Kb.