|
Ta’limiy - ta’lim berish.
Psixologik
|
bet | 50/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniTa’limiy - ta’lim berish.
Psixologik - ruhiy jihatdan qo‘llab quvvatlash, ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish.
Vositachilik - tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga keluvchi muammolarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi og‘ishlarni yoki fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish.
2.Tarbiychisining asosiy faoliyat funksiylari
Tarbiyachining bolalarni muvafaqqiyatli tarbiyalash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratish funksiyasi bolani faollikka undash, uni rivojlantiruvchi tavsifdagi faoliyatga jalb etishni talab etadi. Bolaning jismoniy va psixologik salomatligini mustahkamlash haqida g‘amxo‘rlik qilish maktabgacha ѐshdagi tarbiyani oqilona tashkil etishning garovi bo‘lib, chunki mazkur ѐsh davri rivoji bolaning ijtimoiy holati, kayfiyati, emotsional ko‘rinishlarga bevosita bog‘liqdir. Ana shu sababli tarbiyachi bolani o‘rab turgan atrof-muhitga e’tiborli bo‘lishi, bola haѐti va salomatligiga xavf soluvchi eng oddiy holatlarning ham oldini olishi lozim. Ya’ni, tarbiyachi bolalar MTTmaydonchasi, o‘yinchoqlar, mebel jihozlarining bola bo‘yiga mos kelish holatini muntazam nazorat qilib borishi; havo va suv temperaturasini o‘lchash; bolalarni tayѐrlash uchun Asosiy turlari Tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga keluvchi muammolarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi og‘ishlarni yoki fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish Ta’limiy Psixologik Ta’lim berish Vositachilik Ruhiy jihatdan qo‘llab quvvatlash, ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish mashg‘ulotlar vaqtini oldindan aniqlashi lozim. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tarbiyachining e’tiborsizligi, befarqligi uning kasbiy laѐqatsizligining muhim belgisidir.
Zamonaviy MTM tarbiyachisining quyidagi kasbiy funksiyalarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) ota-onalarning ma’rifiy bilimlarini oshirishda ishtirok etish; 2) oila va MTM tarbiyaviy ta’sirini boshqarish hamda uyg‘unlashtirish. Zamonaviy demokratik jamiyatda maktabgacha ta’lim ishiga qo‘yilaѐtgan talablar tarbiyachidan muntazam ravishda o‘zining umummadaniy va kasbiy tayѐrgarligini boyitib borishni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida MTM tarbiyachisi kasbiy faoliyatining yana bir yo‘nalishi – mustaqil ta’lim olishni shart qilib qo‘yadi. Mustaqil ta’limning maqsadi – bosqichmabosqich tarbiyachi shaxsini rivojlantirish, kasbiy mahoratini oshirib borishdir. Oliy ta’lim tashkilotlarida boshqa o‘quv va mutaxassislik fanlarida bo‘lgani kabi “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida ham mustaqil ta’limning turli shakllarda, ya’ni, kasbga doir, badiiy adabiѐtlar bilan tanishish; ular asosida muayyan mavzularda konspekt tayѐrlash; muzeylarga tashrif buyurish; konferensiya, ko‘rgazma va konkurslarga ishtirok etish kabilar asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Pedagogik faoliyatning ijodiy tavsifga egaligi tarbiya-chidan ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, innovatsiyalarni o‘zlashtirish va amaliѐtga tatbiq etishni talab etadi. Innovatsiyalarning jadal kirib kelishi tarbiyachilarni ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishga jalb etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Tarbiyachilarning bunday tadqiqot ishlariga jalb etilishi keyinchalik erishilgan natijalardan o‘z faoliyatida muvaffaqiyatli foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi uchun maxsus tayѐrgarlik ko‘rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:
1. Tarbiyachi ѐsh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kasbiy bilimlarni puxta egallab, zarur metodik adabiѐtlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiѐtlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan shaxs bo‘lishi lozim.
2. Tarbiyachi kuzatuvchanlik qobiliyatini yaxshi egallagan, ularning xulqatvori, xatti-harakatlarini tahlil etib, bolaga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa oladigan bo‘lishi kerak.
3. Tarbiyachilarning bilishga qiziqishlarini oshirish, ularning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish uchun tarbiyachining nutqi ravon, aniq, mantiqiy ixcham va tushunarli bo‘lishi kerak. Ta’lim-tarbiya berishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olishi lozim. Tarbiya jaraѐnida ta’limning interfaol o‘yin metodlaridan samarali foydalana olishi zarur.
4. Tarbiyachi bolalarning har tomonlama uyg‘un rivojlanishlari uchun ularni faoliyatning xilma-xil turlariga faol jalb eta olishi, ularda qiziquvchanlik, izlanuvchanlikni oshirib borishi, bolalarning xulq-atvori, xatti-harakatlarini muntazam tashxis etib, korreksion chora-tadbirlarni amalga oshirib borishi kerak.
5. Har bir mashg‘ulot uchun zarur materiallarni oldindan tayѐrlab qo‘yishi, tarbiyalanuvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirib borilishiga erishishi, o‘rganilaѐtgan materiallarni tarbiyalanuvchilarning ѐsh xususiyat-lariga mos bo‘lishini ta’minlashi lozim.
6. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi, ularning faoliyati (o‘quv, o‘yin, mehnat) mazmunli bo‘lishi uchun kerakli materiallar bilan ta’minlashi zarur.
7. Bolalarning jismoniy va psixologik holatini to‘g‘ri baholay olishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida e’tiborga olishi kerak.
8. Kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini muntazam tahlil qila olishi va uni yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topishi zarur.
9. Tarbiyachi muntazam ravishda ota-onalar bilan individual va jamoaviy suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarni tarbiyalashga doir zamonaviy metodikalar bilan tanishtirib borishi, oilalarda qo‘llanib kelaѐtgan ijobiy shakl, metod va vositalardan o‘zining tarbiyaviy faoliyatida foydalanashi lozim.
10. Tarbiyachi bolalarga xayrixoh munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun maqbul psixologik muhitni yuzaga keltirishi, bolaning qalbi va yuragiga joy topa olishi, qunt va sabrli bo‘lishi, bag‘rikeng va yuksak ishonchga ega bo‘lishi lozim. Yuqorida baѐn etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotsi pedagoglarining kasbiy faoliyatga doir funksiyalari va “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi”ga asoslangan holda zamonaviy tarbiyachilar kasbiy kompetentligini belgilovchi tayѐrgarlikning uch jihatini ajratib ko‘rsatish mumkin.
|
| |