|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 51/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniAsosiy jihatlari: shaxsiy tayyorgarlik kasbiy tayyorgarlik, refleksiv tayyorgarlik.
Zamonaviy tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi Shaxsiy tayyorgarlik – tarbiyachi shaxsida qaror topishi lozim bo‘lgan sifatlarni o‘zida aks ettirib, ularga gnostik (bilishga doir) qobiliyatlar (ilmiy ma’lumotlar bilan ishlay olish, ilmiy bilimlardan amaliѐtda oqilona foydalana olish, pedagogik vazifalarni yuksak mahorat bilan hal eta olish); tashkilotchilik qobiliyatlari (ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, mashg‘ulot shakl, metod va vositalarini tanlay olish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jaraѐnini zaruriy jihozlar bilan ta’minlash, ommaviy tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkaza olish); kommunikativ qobiliyatlar (axborotni maktabgacha ѐsh davrlari bilan bog‘liq-likda tushunarli taqdim eta olish, vaziyat bilan bog‘liqlikda axborotlarni o‘zatish metod va usullarini o‘zgartira olish, kasbiy faoliyat jaraѐnida muloqotni oqilona amalga oshira olish va boshqalar)ni kiritish mumkin. Kasbiy tayyorgarlik – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 1875-son qarori muvofiq pedagoglar chet tilini xususan ingliz tilini bilishlari kasbiy talab qilib belgilandi. Shuningdek, tarbiyachining kasbiy faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Pedagogik taktga doir sifatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: ta’lim-tarbiya berishning yangi, nostandart shakl, metod va vositalarini izlash; tarbiyaviy ish jaraѐnida yuzaga keluvchi muammolarni hal etishning samarali yo‘llarini tanlay olish; o‘z faoliyati, o‘quv jaraѐnida bolalarning individual rivojlanishi, innovatsion o‘quv reja va dasturlarni loyihalay olish va boshqalar. Refleksiv tayyorgarlik – tarbiyaviy jaraѐn natijalariga asoslangan holda tarbiyachining kelgusi faoliyatini reja-lashtirish imkoniyatini berib, uning uch turdagi refleksiv qobiliyatini o‘z ichiga qamrab oladi: ob’ektni his qilish, o‘lchovni bilish va daxldorlik hissi.
|
| |