• 32 MAVZU: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiychisining asosiy funksiylari REJA
  • 1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




    Download 450,5 Kb.
    bet49/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Mavzu yuzasidan savollar
    1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda tarbiyachiga qanday talablar
    qo‘yiladi?
    2. Bilim va unga asoslangan ko‘nikma va malakalarga izo bering?
    3. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati nimada?
    4 Ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan, tarbiyachisining ma’naviy qiyofasi ………?
    5. Hozirgi zamon tarbiyachisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga qanday sifatlarga ega bo’lishi lozim?


    32 MAVZU: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiychisining asosiy funksiylari


    REJA:
    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotsi pedagogining kasbiy faoliyti
    2.Tarbiychisining asosiy faoliyat funksiylari
    3.Tarbiychi pedagogik faoliytida yaratuvchanlik va ijodiylik.


    Hozirgi kunga qadar maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy faoliyati pedagog va psixologlarning tadqiqot predmeti bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotlar natijalari maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyachisi pedagogik faoliyatining o‘ziga xosliklari yaratuvchanlik, insonparvarlik, ijodiylik, jamoada ishlay olish kabilarda ѐrqin namoѐn bo‘lishini ko‘rsatadi. Mazkur o‘ziga xosliklar ilk va maktabgacha ѐshdagi bolalarni tarbiyalovchi pedagog faoliyatida o‘z aksini topishi lozim. Go‘daklik chog‘idananoq rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoit yaratish eng avvalo, tarbiyalanuvchilarning ѐsh xususiyatlarini hisobga olishni talab etadi. Tug‘ilganidan boshlab to maktab ta’limiga tayѐrlashga qadar bo‘lgan bosqich shaxs rivojlanishining boshqa ѐsh davrlaridan farqli ravishda keyinchalik bola istalgan sohaga doir maxsus bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda faoliyatning xilma-xil turlarini o‘zlashtirishi uchun asos bo‘ladigan uyg‘un tarzda amalga oshuvining ta’minlashini talab etadi. Chunki maktabgacha ѐshda bola jamiyatning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan jismoniy va psixologik sifatlarga ega bo‘lib, inson sifatida shakllanadi. Bola rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy va psixologik sifatlar esa ongli ravishda dunyoni anglash, fikr yuritish, boshqa kishilar bilan muloqot qilish, o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish orqali qo‘lga kiritiladi. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani tarbiyachining qo‘yilgan talablarga qanchalik muvofiq ekanligi belgilab beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, eng avvalo, bolaning kelajagi, taqdiri uchun yuksak mas’uliyatni to‘la anglab yetishi zarur.Faqatgina maktabgacha ѐshdagi bola rivojining muhim qadriyat ekanligini tushunishgina emas, balki bola rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallash juda muhimdir. Ana shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojining uni o‘rab turgan atrof-muhit bilan bog‘liqligidir. Mazkur qonuniyat o‘z navbatida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining quyidagi ikkita muhim funksiyasini belgilab beradi: 1) bolalarni muvafaqqiyatli tarbiyalash uchun zarur pedagogik shartsharoitlar yaratish; 2) ularning haѐtiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash. MTM tarbiyachisining asosiy funksiyasi. U ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishni axboriy-metodik hujjatlar bilan ishlash, bevosita tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish va uning natijalarini tahlil etish asosida amalga oshiradi. Zamonaviy tarbiyachi psixologik, pedagogik, sotsiologik tadqiqotlarga tayangan holda bola shaxsi rivojlanishi uchun uning ta’sirini hech narsa, hatto yuqori toifali ta’lim tashkilotsi ham bosa olmaydigan oila ekanligini anglab yetadi. Tarbiyachi ota-onalarning pedagogik madaniyatini muntazam oshirib borishi, bolalar tarbiyasida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, mazkur jaraѐnda ijtimoiy ѐrdamga muhtojlik sezuvchi oilalar bilan alohida ish olib borishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachining oilalarga ko‘rsatadigan ijtimoiy-pedagogik yordami uch turda tashkil etiladi:

    Download 450,5 Kb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

    Download 450,5 Kb.