• 3 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
  • Mavzu yuzasidan savollar
  • 29 Mavzu: MTTda nutq o`stirish mashg’ulotlariga rahbarlik REJA: 1. Bola nutqining rivojlanishidagi xususiyatlar
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturiga




    Download 450,5 Kb.
    bet45/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturiga
    6-ILOVA
    6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi

    T/r

    Rivojlanishning kutilayotgan natijasi

    doimo

    ko‘pincha

    ba’zan

    hech qachon

    1.

    Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

    1.1

    o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi













    1.2

    turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi













    1.3

    turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi













    1.4

    o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi













    1.5

    shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini qo‘llaydi













    1.6

    xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi













    2.

    Ijtimoiy-hissiy rivojlanish

    2.1

    o‘z “Men”i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi













    2.2

    o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi













    2.3

    o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi













    2.4

    kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi













    2.5

    murakkab vaziyatlardan amaliy chiqish yo‘llarini topadi













    3.

    Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari

    3.1

    nutqni eshitadi va tushunadi













    3.2

    o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi













    3.3

    ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi













    3.4

    ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi













    3.5

    badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi













    3.6

    so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi













    3.7

    turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi













    3.8

    yozishning dastlabki ko‘nikmalari va vositalaridan foydalanishni biladi













    4.

    Bilim olish jarayonining rivojlanishi

    4.1

    bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi













    4.2

    o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi













    4.3

    predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi













    4.4

    raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi













    4.5

    makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi













    4.6

    elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi













    4.7

    atrof muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi













    4.8

    atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi













    5.

    Ijodkorlik

    5.1

    san’at va madaniyatga qiziqish bildiradi













    5.2

    milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi













    5.3

    olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi













    5.4

    insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi













    Izoh. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalarning maktabga tayyorligiga oid mazkur xarita ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlash, pedagoglarning professional malakasini oshirish, ta’lim jarayoni holati sifatini boshqarish imkonini beradi.
    O‘quv yili yakuniga yetganidan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringga asosan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi aniqlanadi, kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi, muammolar, ularni hal qilish yo‘llari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotining keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari belgilanadi, shuningdek, tarbiyalanuvchining maktabga tayyorgarlik holati tavsiya xamda takliflar ko‘rinishida ota-onalar e’tiboriga havola etilgan holda bolaning maktabga tayyorgarlik xaritasining ikkinchi nusxasi ota-onaga reyestr asosida taqdim etiladi.


    3 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
    Bolaning familiyasi, ismi ________________________________________________
    Tug‘ilgan sanasi ________________________________________________
    MTTga qabul qilingan sana ________________________________________________
    Kuzatuv boshlangan sana ________________________________________________
    Kuzatuv boshidagi yoshi _________________________________________________
    Kuzatuv yakuni sanasi _________________________________________________







    Yoshi










    4-yil

    5-yil




    3 yoshu 3oy

    3 yoshu 6 oy

    3 yoshu 9 oy

    4 yosh

    4 yoshu 3 oy

    4 yoshu 6 oy

    4 yoshu 9 oy

    5 yosh

    hoshiya

    1.

    Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish




    1.1

    Yirik motorika




    1.

    Turli usullarda yuradi (to‘g‘ri, erkin, belgilangan yo‘nalishda)



























    2.

    Muvozanatni saqlagan holda yuguradi



























    4.

    BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI




    4.1

    Intellektual-bilim olish ko‘nikmalari




    1.

    Predmetlarni bir belgi bo‘yicha saralaydi



























    2.

    Olti xil rangni farqlaydi va ajratadi



























    Mavzu yuzasidan savollar ?

    1 Tarbiyachi bolaning rivojlanish xaritasini bir yilida necha maratoba marotaba to‘ldiradi.


    2. Ushbu kuzatishning maqsadi nimadan iborat?


    3 Rivojlanish xaritasini yuritish tartiblari haqida ma’lumot bering ?




    29 Mavzu: MTTda nutq o`stirish mashg’ulotlariga rahbarlik


    REJA:
    1. Bola nutqining rivojlanishidagi xususiyatlar
    2.Mashg’ulotlarda lug’at boyligini oshirish
    3. Kattalar bilan hamkorlik qilishning o'rnini bosuvchi egotsentrik nutq haqida


    Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bogliqdir. Bola jumlalaring mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. MTTyoshidagi bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. MTTyoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud.Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda awalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi. Situatsion - ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi) konkret predmetli vaziyat bilan bog'liq. Bu xolat shunda ko'rinadiki, bolaning nutqida ot so'z turkumiga oid so'zlar ko'p bo'ladi. Sifat turkumidagi so'zlar yoki umuman uchramaydi, yoki bo’yumlarning faqat tashqi xususiyatlari: rangi, o'lchami (barcha sifatlarning 96,4%)ni ifodalaydi. 98% fe'llar faqatgina konkret predmetli harakatlarga nisbatan ishlatiladi.Bolalarning nosituativ — bilishga yo'naltirilgan (vaziyatga — situasiyaga bog'liq bo'lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog'liqlikdan ozod bo'ladi. Asta-sekin atrof-olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so'zlar zahirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifat turkumiga oid so'zlar (11,25%) va emotsional xususiyatlarni ko'rsatuvchi so'zlar (5%) paydo bo'ladi, irodaviy va intellektual harakatlarni anglatuvchi fe'l turkumidagi so'zlar (6,24%) vujudga keladi.Nosituativ — shaxsiy muloqotda, bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar haqida axborot olishga, o'zining fikrini kattalar fikri bilan taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy grammatik murakkablashish ro'y beradi. Sifat turkumidagi so'zlar quyidagi nisbatda bo'ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) — 69,80%, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar — 14,65%, axloqiy xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar - 9,3%. Irodaviy va intellektual harakatlarni ifodalovchi fe'llar ancha ko'payib, nutqida ishlatilayotgan barcha fe'llarning 9,76%ni tashqil etadi.Agar 3-7 yoshdagi boladan berilgan topshiriqda nutqiy faoliyatning elementi bo'lmish so'z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa, masalan,gap tarkibidan so'zlarni ajratib olish vazifasi berilsa, S.N.Karpovaning tadqiqoti ko'rsatishicha, bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga orientir olishning ancha barqaror moyilligi ko’zatiladi. Berilgan gap tarkibida nechta so'z mavjud degan savolga bolalar gapni "boshdan oyoq" qaytadan takrorlaydi. Masalan, "Koptok yumalab ketdi" degan gap berilsa, bola (5-9 yoshli) bu gapda bitta so'z "Koptok yumalab ketdi" degan so'z borligini aytadiBolaning lug'at boyligi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat jihatdan ham o'sib boradi. Bu asosan bolalarning so'zlar mazmunini o'zlashtirishi bilan kechadi. Lug'atni egallash jarayoni tushunchalarni egallab borish bilan uzviy bog'liq. MTTyoshidagi bolalar eng awalo ko'rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlargia jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishini o'zlashtiradi.Buni bola tafakkurining ko'rgazmali-harakat va ko'rgazmali-obrazli xarakterda ekanligi bilan tushimtirish mumkin. Shu tufayli ham, MTTyoshidagi bolalar lug'atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli uchramaydi.Ona tilidagi tovushlarni o'zlashtirishda nutqning sensor asosi — fonematik eshitishning rivojlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Fonematik eshitish deganda, nutq tovushlarini idrok etish, so'zlar tarkibida ularni har xil ma'noli birliklar sifatida birlashtirish va ajratish tushuniladi.N.X.Shvachkin bolalar fonematik eshitishini dastlabki rivojlanish bosqichlarida o'rganib, 1-7 yoshdayoq fonematik eshitish shakllanib bo'lishini isbotladi.Bu davrga kelib, bola atrofdagi kattalar nutqining tarkibidagi barcha fonematik xususiyatlami farqlab oladi. Shuning uchun atrofdagilarning to'g'ri va noto'g'ri talafiuzini payqay oladi. MTTyoshidagi bola noto'g'ri talaffuz etilgan so'zlarni asta-sekin farqlamay qo'yadi. Bolada so'zlar va tovushlarning fonetik obrazlari shakllanadi. Bu davrda bolalar nutqning fonetik tomoniga katta diqqat bilan qaraydi.L.EJurovaning fikricha, bolalarni til olamiga o'rta MTTyosh davrida, ya'ni til xususiyatlarini ayniqsa, o'tkir his etish davrida olib kirgan ma'qul. L.EJurova va N.V.Durovalarning eksperimental tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, 4 yoshli bolalar nafaqat so'z tarkibidagi tovushlarni intonatsion ajratib olishni, balki jarangli va jarangsiz undoshlarni farqlashni, so'zdagi birinchi tovushni aytib berishni o'rgana oladilar. Bu esa 5 yoshli bolalarda tovushlarni tahlil etish ko'nikmalari rivojlanishining muhim zaruratidir.
    Nutq juda erta bolaning va atrofdagilarning amaliy faoliyati bilan bog'lanib L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda nutqning amaliy faoliyati bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo'lajak harakatlarni rejalashtirish, kechayotgan harakatlarga nutqning yo'ldosh bo'lishi va harakat natijalarini nutq vositasida ta'kidlab qo'yishda namoyon bo'ladi. Bo’larning bari esa aqliy faoliyatning shakllanishi uchun juda zarur.MT yosh davrda bola o'zining harakatlari, ularda ishlatayotgan bo’yumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi, kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalarni analiz qiladi. ("Qo'g'irchoq uxlayapti", "Mashinani tuzatishsa, u yuradi ", "Odamcha yiqilib ketdi, hozir men uni ko'tarib qo'yaman"). Bunda nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Sunday turdagi nutqni J.Piaje "egotsentrik nutq" deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki o'z tabiatiga ko'ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo'lishiga sabab hali bolaning o'ziga va o'zgalarga yo'naltirilgan nutqni o'zaro farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichiq MTTyoshidagi bolalarning kattalar bilan hamkorlikda faoliyat qilishga moyil bo'lishlari bilan bog'liq. Bolaning mustaqil faoliyat ko'rsatishi qanchalik sust bo'lsa, ushbu moyillik yuqori bo'ladi. Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik qilishning o'rnini bosuvchi o'ziga xos nutqiy o'rinbosor vazifasini bajaradi.Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatni rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o'z faoliyatining maqsad-muddaosini og'zaki ifodalaydi. So'ngra faoliyatni bajarish davrida olingan natijalarni og'zaki qayd etadi, og'zaki ravishda yangi harakatlarni rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi.
    Shunday qilib, MTTyosh davrining eng muhim xususiyatlaridan 4-5 yoshlarga kelib, nutqning rejalashtirish funksiyasi paydo bo'lishidan iborat. Dastlab rejalshtirish og'zaki tarzda amalga oshirilsa, keyinchalik MTTyoshining oxirlarida ichki nutq orqali rejalashtirish boshlanadi.



    Download 450,5 Kb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturiga

    Download 450,5 Kb.