Taqvim-tematik rejalashtirish haqida yosh guruhlarida o'quv jarayoni. Ta’limiy jarayonni mavzuviy rejalashtirish




Download 450,5 Kb.
bet53/99
Sana27.05.2024
Hajmi450,5 Kb.
#255115
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
Jami ma\'ruza matni

Taqvim-tematik rejalashtirish haqida yosh guruhlarida o'quv jarayoni. Ta’limiy jarayonni mavzuviy rejalashtirish o'quv qo'llanmasini amalga oshirish tartibini, zarur sharoitlarni, foydalanilgan vositalarni, shakl va usullarni ko'rsatib, erta aniqlashdir.MTTda taqvim-tematik rejalashtirishning yagona tuzilishi yaratildi.Maktabgacha ta'limni rejalashtirishda tizim yaratish ta'lim tashkiloti bir nechta ishlatilgan turli xil rejalashtirish
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish , shuni ngdek, ota- onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim. ejalashtirish ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko‘rsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egal igi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo‘lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi isoblanadi.Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo‘ llangan bo‘ lishi kerak.O‘qitishning har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanish ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘ lim bilan bog‘ langan asosiy ta’lim tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘ limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixoxlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni xaqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmunini, ularning o‘ynash ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachsi xilma xii harakatli va didaktik o‘yin larni uyushtiradi, ularga rahbarl ik rejalashtiradi.Bolalarning mehmat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmumi, bolalarga navbalchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalaming jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va xodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim tashkilotsida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal xislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim.Maktabgacha ta’lim tashkilotsi ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim tashkilotsining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg‘or usullarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim tashkilotsi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota- onalar majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘kazishni, bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’ lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim- tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi.Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida avvalo haftalik mashg‘ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o‘n besh kunga mo‘ljallangan badan tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Reja (tarbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisdu taqsimlab, пи'lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi.Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish mumkin. Mashg’ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma'lum xajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. Bolalarga beriiadigan bilim, malaka va ko’nikmalaining hajmi mashg’ulotdan- mashg’ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg’ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o’rganadi. Keyingi mashg’ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo’ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg’ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o’z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to’g’risida gap boradi.Dastur materialini o’rganish mashg’ulotdan-mashg’ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko’nikmalarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bog’liq bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususivati asosan ko’rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi xikoya, suxbat tushuntirish; amaliy metod mashq o’yindan foydalanishni takrorlaydi.Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo’l bo’lib, usullar yig’indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin: ko’rgazmali (ko’rsatish), og’zaki (savol. solishtirish, she'r aytish, topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o’yin, vaziyat usullari va boshqalar).Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko’p xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg’ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni bolalar yaxshi o’zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko’tarish uchun xizmat qiladi.Tarbiyachi o’zining kalendar rejasida mashg’ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga lining mazmunini ham ochib yozishi kerak.Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo’yish zarur. Agar tarbiyachi mashg’ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo’Isa, uning mazmunini yozib qo’ygan ma'qul. Solishtirishga o’rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi. Bolalar bilan tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish moslashuvchan bo'lishi kerak (mashg'ulotlarning turlari va boshqa shakllari repetitor tomonidan rahbariyat bilan birgalikda yosh xususiyatlari kichik guruh va shaxs sifatida ta'lim va tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etishning ko'pgina oldingi usullarini ta'minlamaydigan bolalar)
Rejalashtirish vaqtida maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoitlari va ishlash tartibi, muassasaning yillik vazifalari hisobga olinishi lozim.Muayyan faoliyat turini tanlash huquqi bolalar bilan qoladi.Rejaning tafsilotlari o'qituvchiga (uning ta'lim, ish tajribasi, shaxsiy faoliyat uslubi) bog'liq.Bolalar tarbiyalash va o'qitish jarayonini rejalashtirish quyidagi turlar bilan ifodalanishi mumkin:

Download 450,5 Kb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Download 450,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taqvim-tematik rejalashtirish haqida yosh guruhlarida o'quv jarayoni. Ta’limiy jarayonni mavzuviy rejalashtirish

Download 450,5 Kb.