5-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
har bir bolaning maktabgacha taʼlim va tarbiya olishga boʻlgan huquqi amalga oshirilishini taʼminlash;
bolalarning maktabgacha taʼlim va tarbiyaga toʻliq qamrab olinishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolaning rivojlanishida, maktabgacha taʼlim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam koʻrsatish;
bolalarning, shu jumladan alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
taʼlim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;
maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;
maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Mavzu yuzasidan savollar ?
1.Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi qaysi dastur hisoblanadi?
2.Taʼlim va tarbiyaning muqobil shakli deganda nimani tushunasiz?
3.Alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalarda qanday ta’lim beriladi?
4.Maktabgacha taʼlim va tarbiya nima?
5.Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga nimalar kiradi?
6.Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish tartibini ayting?
27 Mavzu: Oilaviy Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish
REJA:
1.Maktabgacha ta’lim tizimidagi islohatlar
2. Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning me’yoriy asoslari
O`zbekiston Respublikasi o`z muastaqilligini yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning har tomonlama bilimdon, ma’naviy jismoniy jihatdan barkamol insonlar bo`lib yetishishlariga bog`liqdir. Eng avvalo, yosh avlodning ilmiy-dunyoviy bilimlar asoslarini puxta egallashi, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko`lamining hosil bo`lishi va ma’naviy-axloqiy sifatlarning shakllanishi uchun ta’lim-tarbiya ishlarini samarali tashkil etilishiga erishish lozim. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jaxonga keng yoyish, ulug` ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosimizni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, O`zbekiston Respublikasini rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash, yosh avlodning komil inson bo`lib kamol topishiga bevosita bog`liqdir.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo`lib o`tgan yig`ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to`la qamrab olish bo`yicha muhim vazifalar qo`yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi –faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi.Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog`ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo`lmay ulg`ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo`lib yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to`liq javob bera oladigan kadrlarsiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg`or usullar orqali muntazam oshirib boorish mexanizmini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etgan holda, uzluksiz metodik xizmat ko`rsatish ishlarini takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi. 20-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yiladi.Ayni shu omillarni inobatga olgan holda qarorda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o`quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish vazifasi belgilangani ayni muddaodir.Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20.05.2021 yildagi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida»gi Qonun (16.12.2019 yildagi OʻRQ-595-son) qabul qilinishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 320-son qaror qabul qilindi.Xususan, VMning 21.11.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida»gi 929-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
hududiy boʻlinmalar;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
«Ilk Qadam» jurnali tahririyati;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
Aхborot va pedagogika teхnologiyalari innovatsion markazi;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi;
Iхtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti;
Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi;
Maktabgacha ta’lim vazirligining pedagogika kollejlari.
30.07.2018 yildagi 595-son VMQ bilan tasdiqlangan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati boʻyicha ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga oʻzgartirishlar kiritildi.25 nafargacha bolani (amaldagi variantda –12 nafargacha bolani) tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-teхnik va metodik jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi хususiy sherikning tashabbusi bilan, tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.DXSh toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish meхanizmlari, хususan, ariza taqdim etish, hujjatlarni koʻrib chiqish bosqichlari va boshqalar batafsil bayon etildi.Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritildi, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar roʻyхati tasdiqlandi.
|