|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 42/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matnimaktabgacha taʼlim va tarbiya – bolalarga taʼlim va tarbiya berishga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlim turi;
maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti – taʼlim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sogʻlom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui;
maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi – bola tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan asosiy bilimlarning, mahorat va koʻnikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek taʼlim va tarbiya mazmunining oʻziga xosligini, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat;
maktabgacha taʼlim tashkiloti – maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida taʼlim va tarbiya xizmatlari koʻrsatuvchi davlat va nodavlat tashkiloti;
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti – nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya asosida maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida taʼlim va tarbiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
pedagogning kasbiy standarti – maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining shaxsiy kasbiy sifatlariga, bilimlariga, mahorati va koʻnikmalariga doir asosiy talablar majmui;
taʼlim va tarbiyaning muqobil shakli – maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimidagi innovatsion taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli.
4-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy prinsiplari
Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:har bir bola uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
har bir bolaning isteʼdodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga taʼlim, tarbiya berish va ularni sogʻlomlashtirishning, oila hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyaviy taʼsirining birligi;
maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish uygʻunligi;
bolaning shaxsini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan shaxsiy yondashuv;
maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimning izchilligi hamda uzluksizligi;
taʼlim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
taʼlim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
maktabgacha taʼlim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sogʻligʻi holatiga muvofiqligi.
|
| |