• 6-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
  • -bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi




    Download 450,5 Kb.
    bet38/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    5-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
    -O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish;maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturida ko‘rsatilgandan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi:
    --bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi;
    ---bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish;
    --ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligi;
    6-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
    Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi. Jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan ishlash texnologiyalari, usullari va shakllari ularning psixofizik rivojlanish xususiyatlari, o‘ziga xos imkoniyatlari va sog‘lig‘i holatidan kelib chiqqan holda, pedagog va tibbiy xodimlar tomonidan belgilanadi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashi bilan kelishiladi.Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, o‘yinlarning har yilgi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida belgilanadi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda o‘qishi va tarbiyalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u erdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
    bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
    to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
    bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotining:
    bolalar kuniga 3-4 soat bo‘ladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin,bolalar kuniga 9 — 10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida — uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida — to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.Uch yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi.Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda bo‘lish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘tkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.SHartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan keyingi yilning 31 mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash «Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.
    7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
    Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar qo‘shimcha ravishda Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi belgilangan.Joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lgan tarbiyalanuvchilar mazkur o‘quv yilining so‘nggiga qadar tashkilotda qoladi.
    8-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish
    9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
    10-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini asrash
    11-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
    12-bob. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish
    13-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish
    14-bob. Yakunlovchi qoidalar
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

    Download 450,5 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

    Download 450,5 Kb.