• «qanday jazolamoq kerak»
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda tarbiyachiga qo‘yiladigan talablar




    Download 450,5 Kb.
    bet48/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda tarbiyachiga qo‘yiladigan talablar
    Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rnini izohlab, Biringhi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etadi: “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”. Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa tarbiyachining tarbiyachi sifatidagi o‘rni beqiyosdir. Xususan, mamlakatimiz Biringhi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida tarbiyachining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – tarbiyachi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan tarbiyachi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”.
    Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi-tarbiyachiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq.
    Ma’lumki, ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy jarayon bevosita tarbiyachi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish tarbiyachilar zimmasiga yuklatilgan.
    Ko‘pchilik yosh tarbiyachilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta buning ob’ektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tarbiyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va tasodifiy hodisalarga boy. Tarbiya – tarbiyachi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi.
    Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga tarbiyachi tomonidan pedagogik mahorat qonuniyatlari asosida ta’sir etib boriladi. Agar ularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiyaning mohiyati va mazmuni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy maqsadlarini ifodalaydi, jamiyatning fuqarolar oldiga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqib asoslanadi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.
    Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Zero, “Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini qurish deganidir”. Barkamol avlod tarbiyasi erkin va demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun naqadar dolzarblik kasb etishini mamlakatimiz Biringhi Prezidenti I.A.Karimov shunday ifodalaydi: “Biz, komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.
    Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”1 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir.
    O‘zining kasbiy mahoratini endigina boshlagan yosh tarbiyachilarda tarbiyachilik mahoratining ko‘nikma va malakalarini egallash qiyin shakllanadi. Bunga asosan, yosh tarbiyachilarda kasbiy sifatlar tizimini egallash harakati bilan bog‘liq sub’ektiv sabablar mavjud bo‘ladi. Bu nimani nazarda tutadi? Boshlovchi tarbiyachilarning ziddiyatli vaziyatlarda o‘quvchilar orasida o‘zini tuta bilishi, xilma-xil tarbiyaviy usullardan foydalanib, ko‘zlangan maqsadiga erishishi tarbiyachilik mahorati bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan tarbiyachi-tarbiyachilar jazolash usullarini ko‘proq egallashga harakat qiladilar. Ular oldida go‘yo tarbiyaviy maqsadlarga erishishning omili sifatida «qanday jazolamoq kerak?» muammosi barcha tarbiyaviy masalalarni hal qiluvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
    Tarbiyachi tarbiyachilik faoliyatining mazmunida, oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiyachi tarbiya mazmunini shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilaydi. Shu bilan birga, tarbiyaviy faoliyat avvalo tarbiyachining pedagogik mahorati, yuksak tashkilotchilik faoliyatiga ham bog‘liqdir:

          1. Tarbiyachining tarbiyachilik mahorati – o‘quvchilar dunyosiga kirib borishida, ularning mehriga sazovor bo‘lishida, ta’lim tashkilotsidagi pedagogik faoliyatni to‘g‘ri va ma’lum bir maqsadga yo‘naltira olishida namoyon bo‘ladi.

          2. Tarbiyachining tarbiyachilik mahorati – bu maktab o‘quvchisini har taraflama rivojlantiruvchi pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri tashkil qila olish malakasidir.

          3. Tarbiyachining tarbiyachilik mahorati – bu «tarbiyachi-o‘quvchi» munosabatini bir zumda ijobiy tomonga hal qilish emas, balki o‘quvchilar jamoasi va alohida shaxsga tarbiyaviy ta’sir etish, jamoada tarbiyaviy muhitni bir maromda tashkil qilishdir.

          4. Tarbiyachining tarbiyachilik mahorati – bu faqat kasbiy bilimlarni mukammal egallash emas, balki tarbiya qonuniyatlari hamda o‘quvchilar jamoasi hayotini tashkil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan usul va metodlarning amaliyotga tatbiq etishidir.

          5. Bilim va unga asoslangan ko‘nikma va malakalar – tarbiyachi tarbiyachilik mahorati mohiyatiniig asosi hisoblanadi. Tarbiyachidan tarbiyachi sifatida intellektual qobiliyatlar tizimiga ega bo‘lish talab etiladi. U tarbiyachi sifatida o‘zida ushbu qobiliyatlarni yillar davomida shakllantirib borishi zarur.

    Biringhi Prezidentimiz I.A.Karimov jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: “...Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, ...ertangi istiqbolimiz, ertangi iqbolimiz barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishida, birinchi navbatda bizning o‘rnimizga kelayotgan yosh avlodimizni har taraflama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga chambarchas bog‘liqdir”. Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan tarbiyachilar va doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali tarbiyachilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
    - har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi dunyosini to‘g‘ri tushunish malakasini oshirish;
    - pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
    - tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
    - tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
    - xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
    - ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g‘ri qaror qabul
    qilish;
    - tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish
    qobiliyati;
    - fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan o‘quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
    - dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchi­lar bilan kommunikativ aloqa o‘rnata olish qobiliyati;
    - o‘quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr
    mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash;
    - qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish;
    - tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo
    maslahatlashish;
    - o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning
    fikrlarini o‘rganish;
    - o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
    - har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarni ko‘ra olish va
    takomillashtirish;
    - o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga
    ajratmaslik, bir xil munosabatda bo‘lish.



    Download 450,5 Kb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda tarbiyachiga qo‘yiladigan talablar

    Download 450,5 Kb.