• 1-jadval Marketing rivojlanish tarixidan asosiy lavxalar
  • Xorijiy mamlakatlarda marketing rivojlanish tarixi




    Download 236,17 Kb.
    bet3/15
    Sana29.01.2024
    Hajmi236,17 Kb.
    #147868
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    1 mavzu “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari

    Xorijiy mamlakatlarda marketing rivojlanish tarixi
    Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiqqilishva tahlil etish, narxni tо‘zilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makkormek nomi bilan bog‘lanadi. 1902 yildan boshlab AQShning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bо‘yicha (“Tovarlar marketingi”, “Marketing uslublari” fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar о‘qitila boshladi.
    1926 yilda AQShda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinrok bunday uyushma va tashkilotlar Garbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada xam paydo buldi. Xalkaro marketing tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalkaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga uxshashlar yuzaga keldi.
    Bularhaqida 1-jadvalda tulik tanishib chiqish mumkin.

    1-jadval

    Marketing rivojlanish tarixidan asosiy lavxalar


    Sana, yillar

    Marketingda ruy bergan о‘zgarishlar

    1902 yillarda


    AQShda mustakil ravishda marketing kursini ukitish boshlandi


    1908 yillarda


    Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tо‘zildi. AQShning yirik sanoat kompaniyalarida birinchi marketing bulimlari tashkil etildi


    1920 yillarda


    Xalkaro savdo palatasi tо‘zildi


    1926 yillarda


    AQShda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi, uning asosida keyinchalik Amerika marketing assotsiatsiyasi deb kayta nomlandi


    1930-1940 yillarda


    Dunyoning kо‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi


    1950-1960 yillarda


    Xalkaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing bо‘yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing Akademiyasi kabi xalkaro marketing tashkilotlari tо‘zildi


    1980 yillarning


    II yarmi

    Mamlakatimizning iqtisodiy oliy ukuv muassasalarida marketing kursi о‘qitila boshladi


    1990 yillarning oxirlarida


    Mamlakatimizda marketing bо‘yicha xorijiy adabiyotlar tarjima kilingan holda va Uzbekistonlik mualliflar tomonidan kо‘plab chop etilmokda



    60-yillar о‘rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining 80% ga yakini uz xо‘jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini kullay boshladi. Garbiy Yevropa va Yaponiyada marketing g‘oyalari AQShga qaraganda sustrok joriy kilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan uzlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuklarga erishdilar. Marketing an’anaviy savdo usullaridan farkli ularok aniqmaqsadlarni kuzlaydi, xо‘jalik vazifalarini esa yakkol ifodalaydi: korxona shunday sifatli mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulaybо‘lsin. Darxaqiqat, mahsulot ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo bildirmaydi. Ilgari xо‘jalikrahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chiqarish talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona о‘zihohlaganmahsulotni ishlab chiqarar va hamma e’tiborini uni sotishga qaratar edi. Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida ehtimolkutilgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan tug‘ribaholashdan, sо‘ngra unga tayanib, butun kuchini uz mahsulotiga kizikish va ehtiyojni kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek kо‘rsatilandigan tegishli ximat tо‘rin i tanlash imkonini yaratgan holda, mahsulotni sotishga qaratishdan iborat.
    1966 yilda AQShda marketing masalalari bо‘yicha350 ga yakin tadqiqot firmalari faoliyat olib borib, undan yirik firmalar 45 mln dollarga yakin oborotga ega edi, bunda bu firmalarning jami oboroti 300 mln dollardan oshiqni tashkil etgan. Marketing muammolarini tadqiqqilishni tijorat boshlashuvi asosida universitetlar ham, savdo-sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug‘ullana boshladi.
    1972 yilda F.Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini asoslab berodi. 1976 yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisoblanishini kо‘rsatdi.
    80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990 yilda Kanberra shahrida (Avstraliya) “Marketing – bu hamma narsa”, “Marketing biznesni anglatadi” shiori ostida global marketing bо‘yicha Xalkaro konferensiya bо‘libо‘tdi.
    Hozirgi davrda marketing holati
    Xozirgi davrda jahoniqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga о‘rin bо‘shatib bermokda. Bu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya unga juda yakin. Tez о‘zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga mо‘ljallangan, xajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim “suqmok”larning kо‘pligi unga xos xuxusiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga yetdiki, bir bozorning oralik segmentlarida bush makon juda kam koladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning anada takomillashgan usul va shakllari paydo bо‘lishi natijasida yuz beradi.
    Tovarning “xayotiy sikli” misli kо‘rilmagan darajada qisqaradi. Xozirgi davrda yetakchi yapon elektron firmalari bozorga о‘rtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi tо‘rini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni kо‘plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni tо‘p-tо‘p qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega bulgan tovarlar mazmuni о‘zgardi. Endi yaxshi mahsulotchiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma kо‘rsatadigan kushimcha xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash zarur.
    Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yо‘llarini uylabgina qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va о‘tkazish, daromadlarni muttasil kо‘paytirish sohalariga kо‘prok e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulotо‘ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni xozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon kolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, konyunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni uz vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta’minlanadi.

    Download 236,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 236,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorijiy mamlakatlarda marketing rivojlanish tarixi

    Download 236,17 Kb.