• 1. Moliyaviy siyosat
  • Iqtisodiy siyosat
  • Moliya siyosati
  • 1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari




    Download 376,92 Kb.
    bet8/94
    Sana30.05.2024
    Hajmi376,92 Kb.
    #257286
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
    Bog'liq
    1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

    Oqitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.
    Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati: asosiy adabiyotlar:1.1-6.15, qo’shimcha adabiyotlar 7.1-7.18.

    1. Moliyaviy siyosat


    Siyosat – ma’lum maqsadlarga erishishga qaratilgan yo’nalishlar, chora va tadbirlar yig’indisidir. Har qanday jamiyatda ham davlat moliyadan o’zining funksiya va vazifalarini bajarishda hamda ma’lum maqsadlarga erishishda foydalanadi. Qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirilishida moliya siyosati muhim o’rinni egallaydi. Uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan masalalarni xal etilish sharoitlari ta’minlanadi. U iqtisodiy manfaatlarga ta’sir etuvchi faol dastak sifatida namoyon bo’ladi.


    Iqtisodiy siyosat - xo’jalik yuritishning tamoyillari va shakllari, iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, chora-tadbirlar va faoliyatlar yig’indisidir. Iqtisodiy siyosat jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo’lishi, iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Iqtisodiy siyosat o’z ichiga baho siyosati, pul-kredit siyosati, amortizasiya siyosati va moliya siyosati kabilarni mujassamlashtiradi.
    Moliya siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo’lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo’naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig’indisidir.
    Moliya siyosatining muhim vazifasi - u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog’lash mumkin emas. Moliya siyosati - bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko’rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo’lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy xoh halqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir.
    Moliya siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar:
    – birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko’zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni real mavjud bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek ajratilayotgan har bir so’mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash;
    – ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish. Moliya siyosatining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o’tishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi xissasini to’g’ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo’llari bilan bajariladi;
    – uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo’nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.
    Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo’yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligi baholanishi lozim.
    Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo’shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo’lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo’lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish hamda obyektiv baholash mumkin. Moliya siyosatini asosiy yo’nalishlaridan biri - moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar salohiyati barcha o’zgarishlarning moddiy bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning strategik va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo’lish lozim.
    Moliya siyosatining mazmuni ko’p qirrali bo’lib, quyidagi muhim bo’g’inlarni o’z ichiga oladi:
    – moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu konsepsiyalar iqtisodiy qonunlar talablarini o’rganish, xo’jalik rivojlanishining holatini har tomonlama tahlil qilish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o’rganish va aholining talab va ehtiyojlarini o’rganishni o’z ichiga oladi.
    – istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish; shu tarzda iqtisodiy siyosatda ko’zda tutilgan maqsadlarga yetish yo’llaridan kelib chiqiladi, halqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko’paytirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
    – oldinga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy hatti-harakatlar, chora-tadbirlar ko’rish.
    Joriy davrga mo’ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan moliya siyosati samarasizdir. Shuningdek, uzoq davrga mo’ljallangan, istiqbolni ko’zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va yo’nalishlar, ular qanchalik oliy maqsadlarga yo’naltirilgan, jozibador bo’lmasin, davlatning amaliy ko’magi, tegishli chora-tadbirlarisiz tanazzulga yuz tutadi.
    Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida namoyon bo’ladi. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog’langan o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o’tkazadi. Bu ta’sir har xil bo’lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-tadbirlarni o’tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to’sqinlik qiladi.
    Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o’zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o’z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi.
    Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqyelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo’lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko’rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati nazariyani tajriba bilan bog’laydi. Tajriba esa, nazariyaning to’g’riligini tekshirish mezonidir.
    Davlat moliya siyosati – ko’p qirrali tushuncha. Uning ko’lami davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki parametrlari bilan aniqlanadi.



    Download 376,92 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




    Download 376,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari

    Download 376,92 Kb.