• Dars asosida baholash
  • №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet157/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Nazorat ishlari 
    bu talabalar tomonidan bajariladigan va ular 
    egallagan bilim va ko'nikmalarni tekshirishga qaratilgan yozma ish. Bu 
    berilgan savollarga javob berishni yoki ba'zi amaliy vazifalarni 
    bajarishni o'z ichiga oladi. Nazorat ishlarida turli xil xarakterdagi 
    savollar va topshiriqlardan foydalanish mumkin, ammo ular har doim 
    baholash mezonlari mavjudligini (to'g'ri yoki noto'g'ri) taxmin 
    qilishadi. 
    Bunday ish uchun ajratilgan vaqt o'quvchilar va talabalarning 
    alohida e'tiborini hisobga olishi kerak. Talabalar qanchalik yosh bo'lsa, 
    ularda ortiqcha charchoqni keltirib chiqarmaslik uchun ish shuncha 
    kam vaqt talab qilishi kerak. 
    Nazorat ishlari o'quvchilarning (talabalarning) kurs yoki 
    mavzuning ma'lum bir qismi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini sinab 
    ko'rishga qaratilgan bo'lishi mumkin.


    288 
    Dars asosida baholash
    maktablarda ham, universitetlarda ham 
    qo'llaniladi. Bu o'quvchilarning (talabalarning) sinfdagi bilim 
    faoliyatining har xil turlarini har tomonlama baholashni ta'minlaydi. 
    Bunday baholash tarkibiy qismlari o'qituvchining savollariga javoblar, 
    boshqa talabalarning javoblariga qo'shimchalar, yozma va amaliy 
    topshiriqlarni bajarish bo'lishi mumkin. Kerakli tirishqoqlik natijasida 
    dars punkti berilishi mumkin. Shunday qilib, darssiz baholash 
    o'quvchilar va talabalarning bilimlari va faolligini joriy baholash 
    turidir. To'g'ri tashkil etilgan va baholash uchun aniq belgilangan 
    mezon bo'lsa, bu muhim rag'batlantiruvchi rolga ega. O'qituvchilar 
    darslarga asoslangan baholashdan seminarlarda, mashg'ulotlarda va 
    darslarda foydalanishga moyildirlar, chunki ular buni o'quvchilar uchun 
    doimiy o'quv faoliyatini rag'batlantirishning yagona usuli deb bilishadi. 
    Adolatli baholash shundan iboratki, har xil talabalar 
    taqqoslanadigan javoblar va topshiriqlar uchun taqqoslanadigan 
    baholarni olishadi. Bunga darssiz baho berish orqali erishish juda qiyin. 
    Shuning uchun dars nuqtalari rag'batlantiruvchi funksiyani bajaradi, 
    ammo attestatsiya funksiyasida etarlicha ob'ektiv emas. 
    Test. 
    “Test” inglizcha so‘z bo‘lib, sinab ko‘rish, tekshirish 
    ma`nolarini anglatadi. Testning eng asosiy, bosh xususiyati uning o‘quv
    materiallarini o‘zlashtirish darajasiga validligidir. Validlik ham 
    inglizcha “valid” so‘zidan olingan bo‘lib, “haqiqiy”, “yaroqlik degan 
    ma`nolarni anglatadi. Ma`nosidan ko‘rinib turganidek, o‘quv 
    materiallarini o‘zlashtirish 1-darajasiga — dastlabki natijaga (ko‘nikma 
    darajasida o‘zlashtirishga) o‘zlashtirishning shu xususiyatini hisobga
    olib tuzilgan testlargina to‘g‘ri keladi. Malaka yoki tushuncha dara-
    jasida o‘zlashtirishga yaroqli testlar o‘zlashtirishning aynan shu 
    darajalarini hisobga olib tuziladi. Bulardan ko‘rinadiki, test tuzish va 
    ular vositasida o‘quvchilarning bilimini tekshirishda qator 
    psixodidaktik talablarga rioya qilinadi. Testning validligi — testda 
    berilgan topshiriqning mazmuni o‘quv materialini o‘zlashtirishning 
    birinchi darajasi va birinchi darajadagi faoliyat — ko‘nikma 
    darajasidagi xatti-harakatlar, ikkinchi darajasi va ikkinchi darajadagi 
    faoliyat — malaka darajasidagi xatti-harakatlarga, uchinchi darajasi va 
    uchinchi darajadagi faoliyat tushuncha darajasidagi hatgi-
    harakatlarga mos bo‘lishi lozim. O‘zlashtirishning bu uch darajasi va 
    ularga oid faoliyatlarni aniq chegaralash imkoniyatlari ham mavjud: 


    289 
    birinchi daraja va unga oid faoliyat paytida bolalar o‘ylab, qoida-
    ta`riflarni eslab, ayrim hollarda xatolar qilib, tuzatishlar kiritib, 
    sekinlik bilan faoliyat ko‘rsatishadi. Shu sabablarga ko‘ra u yoki bu 
    testlarni bajarishga nisbatan ko‘proq vaqt sarflanadi; ikkinchi daraja va 
    unga oid faoliyat paytida qoida-ta`riflar zudlik bilan esga tushiriladi, 
    o‘quv ishlarida tezkorlik boshlanadi, kamchilik va xatolar kamayadi, 
    bilimlarni o‘quv holatlariga tatbiq etish avtomatlasha boshlaydi. 
    Shularga ko‘ra test yoki testlar tizimini bajarishga oldingiga nisbatan 
    kamroq vaqt sarflanadi; uchinchi daraja va unga oid faoliyatda xatolar 
    bo‘lmasligi shart. Ammo bolalarning faoliyatida kamchilik, xatolar 
    uchrashi ham tabiiy. Shuni hisobga olib, past o‘zlashtirgan 
    o‘quvchilarni guruhlarga ajratish, har bir guruhga yoki alohida 
    o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar berilib, yana bir bor sinovdan 
    o‘tkaziladi. O‘zlashtirishning eng oxirgi darajasida erishilgan natija 
    etalon darajasida bo‘lishi, to‘liq o‘zlashtirish talablariga mutlaqo mos 
    kelishi lozim. 
    O‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalari, faoliyatining uzluksiz 
    rivojlanib borishini hisobga olib, testlarni ham uch toifaga ajratsa 
    bo‘ladi: birinchi darajadagi test. Bu toifadagi test joriy nazoratga mos 
    keladi; ikkinchi darajadagi test. Bunday test oraliq nazorat uchun 
    vosita bo‘la oladi; uchinchi darajadagi test. Undan yakuniy nazorat 
    paytida foydalanish mumkin.
    Birinchi, ikkinchi darajadagi testlarning natijasi ballar bilan qayd 
    etiladi baho quyilmaydi. Zero, ular ta`limni davom ettirish, binobarin, 
    ta`lim berish, bolalarni ogohlantirish (o‘zlari etib kelgan nuqtani 
    fahmlash, o‘z bilimlari chegarasini anglash), rag‘batlantirish (yana o‘z
    ustimda ishlashim zarur) kabi ichki effektlarga ega bo‘ladi. Uchinchi 
    darajadagi testlarning natijasi baholanadi. 
    Testning aniqligi uning yana bir belgisidir. Test uni bajaradigan 
    o‘quvchi uchun tushunarli bo‘lishi, unda bolaning bilimi, tayyorgarlik 
    darajasi, real bilish imkoniyati hisobga olinishi zarur. Testning 
    aniqligiga ko‘ra boshlang‘ich sinflarda foydalaniladigan testlar yuqori 
    sinflarda bajariladigan testlardan farq qiladi. 
    Testning bir xil qimmatga egaligi ham alohida o‘rganishni (tadqiq 
    qilishni) taqozo etadi. O‘qituvchi test vositasida bir xil natija, kelgan 
    komissiya testdan foydalanib yana boshqacha natija olsa, bolalarning 
    test sinoviga ishonchi ham, qarashi ham o‘zgaradi. Testning bir xil 


    290 
    qimmatga egaligi bola uchun ruhiy ahamiyat kasb etib, unga rioya qilish 
    asosiy pedagogik shartlardan sanaladi. 
    Testning ishonchliligini ham uning yana bir xususiyati sifatida 
    ajratsa bo‘ladi. Agar testning bir xil qimmatga egaligi uni bajaruvchi 
    shaxs bilan, uning ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, testning ishonchliligi 
    uning o‘ziga (testga) daxldordir. Bir xil qimmatga, qiyinlik va 
    murakkablikka ega test vositasida aniqlangan natija shu tipdagi, , 
    qiyinlikdagi, murakkablikdagi boshqa bir test vositasida Xuddi shunday 
    (oldingidan) natija olinsa, ularning ikkalasi ham ishonchli test 
    hisoblanadi. 
    O‘
    QUV 
    materiallarini o‘zlashtirishning barcha darajalariga 
    (birinchi daraja+ikkinchi daraja+uchinchi daraja) mos keladigan uch xil 
    testlar to‘plami tuzildi deb tasavvur qiling. Uch xil darajaga moslab 
    tuzilgan testlar to‘plamini “zinapoya testlar to‘plami” deb qaraymiz. 
    Zinapoya shaklidagi testlar quyidagicha tartibda bajarildi deylik: oldin 
    birinchi darajaga, keyin ikkinchi darajaga sungra uchinchi darajaga oid 
    testlar. Shu tartibda bajarilgan test to‘plamlarining oldingisi keyingi 
    to‘plamni bajarish uchun vosita bo‘ladi. Shu sababli, qiyinligi 
    o‘zlashtirish darajasiga qarab oshirib borilgan test to‘plamlarini bir 
    paytning o‘zida ketma-ket bajarishni “test ustida mashq o‘tkazish” deb 
    qaraymiz. 
    Agar o‘quv materiali birinchi darajada o‘zlashtirilgach, testlar 
    to‘plami shu darajani mo‘ljallab tuzilgan bo‘lsa, to‘plam faqat va faqat 
    shu darajadagi natijalarni tekshirish omili bo‘la oladi. Joriy nazoratda 
    Xuddi shunday testlar to‘plamidan foydalaniladi. Shunga o‘xshash 
    ikkinchi darajaga ko‘tarilgan bilimlarga mo‘ljallab tuzilgan testlar 
    to‘plami oraliq nazoratga, uchinchi darajaga ko‘tarilgan bilimlarga 
    mo‘ljallab tuzilgan testlar to‘plami yakuniy nazoratga mos keladi. Test 
    nazorati natijalarining barchasi qabul qilingan etalonga muhoyasa qilib 
    qayd etiladi. Testlar tuplamining qachon mashq qilish qachon nazorat 
    qilish omili bo‘la olishini quyidagi chizma vositasida tasavvur etish 
    mumkin. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish