Volodar Viktorovich Krayevskiy (1931)




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Volodar Viktorovich Krayevskiy (1931). 
Didaktika fani tadqiqot 
predmetini o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri nuqtayi 
nazaridan o‘rgangan olimlardan biri V.V.Krayevskiydir. O‘qitish va 
o‘qishning birligi ta’lim mohiyatini o‘zida aks ettirib, uning yaxlitligini 
ta’minlaydi, bu jarayondagi munosabatlar, bog‘lanishlarni aniqlaydi. 
O‘qitish va o‘qishning o‘zaro ta’siri, bog‘liqligi invariant xarakterda 
bo‘lib, u birlamchi hodisadir. O‘zaro ta’sir ta’lim paydo bo‘lgandan 
tortib to hozirgi kunlargacha o‘z ijtimoiy mohiyatini saqalb kelmoqda. 
Ta’limning borishi, uning amal qilishiida bir-biriga kirishadigan ikki 
faoliyat o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi, 
muvofiqlashuvi shart. Bu ikki faoliyatning o‘zaro ta’siridan uchinchi 
bir shirkat faoliyat ta’lim yuzaga keladi. 
V.V.Krayevskiy ta’limning shirkat xarakteridan kelib chiqib, 
uning jarayoniy va mazmuniy tomonlarini ajratadi: o‘zaro ta’sir 
ma’lum vaqt ichida zuhur etadi, ma’lum akt, bosqichlarda amal qiladi. 
Uning boshlanishi, o‘rtasi va oxiri (natijasi) mavjud. Shuningdek, 
o‘zaro ta’sir ma’lum mazmun asosida yuz beradi. Ta’limga olib kirilgan 
o‘quv materiali ta’limning mazmuniy nuqtayi nazaridir. 
Ta’limni yuzaga chiqaradigan faoliyatlar-o‘qitish va o‘qish bu 
jarayonning 
ikkala 
sub’yektiga 
daxldor. 
V.V.Krayevskiyning 
yozishicha, ta’lim jarayoni mohiyatini tushunish uchun o‘qitish va 
o‘qish faoliyatlarining xususiyatlarini anglash nihoyatda zarur. 
O‘qitish-alohida olingan o‘qituvchi faoliyatining jami, uning xatti-
harakatlari yig‘indisi emas. Aksincha, u o‘qitish ishlari bilan mashg‘ul 
shaxslarning 
barchasi 
uchun 
umumiy 
faoliyatdir. 
Yanada 
umumiylashtirib aytganda, o‘qitish bashariyat faoliyatining alohida 
sohasidir. Xuddi shunga o‘xshab, o‘qish ham alohida Vali yoki 
Vanyaning faoliyati emas. Aksincha, o‘qish ham o‘rganish, izlanish 
ishlari bilan mashg‘ul yoshlarning faoliyatidir. Shu tezislarga asoslanib, 
V.V.Kraeyvkiy o‘qitishni ham, o‘qishni ham jamoa (kollektiv) 
sub’yektlarning faoliyati sifatida sharhlaydi. 
O‘qitish va o‘qishni ikki jamoa (kollektiv) suby’ekt faoliyati 
sifatida tavsiflash, o‘z navbatida, didatikada quyidagicha yangi 
qarashalarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. 


54 
Birinchidan, didaktika alohida o‘qituvchining faoliyati bilan 
shug‘ullanmaydi. U o‘qitish ishlari bilan mashg‘ul barcha o‘qituvchilar 
faoliyatining umumiy tomonlarini o‘rganadi. Alohida olingan 
o‘qituvchining 
faoliyati, 
qobiliyati, 
tafakkuri, 
inidividual 
xususiyatlarini psixologiya o‘rganadi. Shuningdek, didaktika alohida 
o‘quvchining faoliyatini emas, aksincha, o‘qish ishlari bilan mashg‘ul 
yoshlar faoliyatining umumiy tomonlarini tadqiq qiladi. Ta’limning 
ruhiyaviy tomonlari (xotira, tafakkur, emotsiyalar va sh.k.)ni 
sharhlashda didaktika psixologiya fani yutuqlariga tayanadi. 
Psixologiya didaktika uchun amaliy fandir. Shularga ko‘ra, 
V.V.Krayevskiy ta’limga psixologik va didaktik yondashishining 
farqlarini chegaraladi. 
Ikkinchidan, o‘qitish va o‘qish jamoa (kollektiv) sub’yektlar 
faoliyati sifatida o‘zaro uyg‘unlashib, uchinchi bir yaxlit faoliyatni-
ta’limni yuzaga chiqaradi. Ta’limni tashkil etish, boshqarish, nazorat 
etishning asosiy prinsipi-subordinatsiya yagona prisip bo‘lmay qoldi. 
Ta’limda ikkala sub’yekt faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirishning yana 
bir prinsipi koordinatsiyaning mavjudligini tan olish imkoniyati 
tug‘ildi. Ikkala sub’yekt faoliyati o‘zaro muvofiqlashgandagina ta’lim 
amalga oshadi. Demak, ta’limni o‘qituvchining o‘quvchi bilan birga 
qurishi, birga amalga oshirishi mumkinligi isbotlandi. 
Uchinchidan, didaktikaning tadqiqot predmeti munozara bahsini 
yangicha sharhlash, uni ikki sub’yekt (o‘qitish o‘qishga barobar) 
faoliyatining o‘zaro uyg‘unlashuvi kontekstida qarash imkoniyati 
tug‘ildi. Didaktikaning munozara bahsini yangicha talqin etish
V.V.Krayevkiyni 
ta’lim 
to‘g‘risida 
quyidagicha 
xulosalarni 
chiqarishga olib keldi: ta’lim-bu 
-ma’lumotga, binobarin, ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga 
yo‘nalgan, 
-ilmiy asoslangan loyihalar (dastur, darslik va sh.k.) asosida 
amalga oshiriladigan, 
-jarayoniy 
va 
mazmuniy 
nuqtayi 
nazarlarni 
o‘zida 
mujassamlashtirgan, 
-turli munosabatlarni ta’lim, o‘qitish, o‘qish, ta’lim loyihasi kabi 
didaktik kategoriyalarda aks ettiradigan, 
-jamoa (kollektiv) sub’yektlar faoliyatida yuzaga chiqaradigan, 
- tadqiq qilish (o‘rganish) va qurish (tuzish) obyekti bo‘la oladigan 
faoliyatdir. 


55 

Download 3,05 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish