Yuriy Konstantinovich Babanskiy (1927-1988)




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Yuriy Konstantinovich Babanskiy (1927-1988)
. Y.K.Babanskiy 
70-80-yillarda didaktika fani rivojiga, milliy pedagogik kadrlar 
tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan gumanist pedagog. Uning 
didaktik tizimida ta’limni optimallashtirish nazariyasi alohida o‘rinni 
egallaydi. U didaktlar orasida birinchilardan bo‘lib, mavjud ta’lim 
tizimining kamchiliklarini payqadi, ta’limni har bir mintaqaning milliy 
xususiyatlari, madaniy va iqtisodiy rivojlanishi darajasidan kelib chiqib 
tashkil etish g‘oyasini himoya qildi. 
Ta’limni optimallashtirish muammosini Y.K.Babanskiyning 
fikricha, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri mohiyatidan kelib 
chiqib, ilmiy asoslash mumkin. Ta’limni optimallashtirish-o‘qituvchi 
va o‘quvchilarning vaqtini, ularning jismoniy hamda aqliy intilishlarini 
tejash maqsadida ma’lum sharoit uchun eng maqbul (samarador) ilmiy 
asoslangan variantni tanlash va shu variant asosida ta’limni amalga 


50 
oshirish demakdir. U optimallashtirish g‘oyasi asosida ta’limda 
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirish, bu ikkala 
faoliyatni bir-biriga muvofiqlashtirish metodikasini yaratdi. U 
didaktika tarixida birinchi bo‘lib ta’limni tizim sifatida tahlil etdi va uni 
“ijtimoiy talab-ta’lim jarayoni” tizimida o‘rgandi. Ana shu tizimga 
ko‘ra, Y.K.Babanskiy ta’lim jarayonining quyidagicha bo‘g‘inlarini 
ilmiy 
asosladi: 
o‘qituvchilarning ta’lim-maqsadi, vazifalarini 
o‘zlashtirishi, bolalarning real o‘qish imkoniyatlarini o‘rganishi (1); 
o‘quvchilar jamoasining tayyorgarligi, har bir o‘quvchining individual 
xususiyatlari asosida ta’lim mazmunini aniqlash (2); sinf jamoasining 
tayyorgarlik darajasi va o‘rganilayotgan o‘quv materialining 
xususiyatlari asosida ta’lim vositalari, usullari, tashkiliy shakllarini 
tanlash, 
ta’limni 
optimal 
rejalashtirish 
(3); 
o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning o‘zaro didaktik ta’siri, ta’limning harakati, uning 
ma’lum natija bilan yakunlanishi (4); Shu mavzuning o‘zlashtirilishini 
nazorat etish, bolalarning o‘z faoliyatini tekshirish (5); o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning jamoa bo‘lib qilingan ishlarni tahlil etishi, 
bajarilmagan ishlar, hal etilmagan muammolarni belgilashi (6). 
Ta’lim tizimida Y.K.Babanskiyning yozishicha, 4-bo‘g‘in 
“o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro didaktik ta’siri” hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Zero, ta’limning optimal varianti o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning o‘zaro didaktik ta’siriga ko‘ra belgilanadi, tanlangan 
variant asosida ta’lim amalga oshiriladi. 
Y.K.Babanskiy o‘z didaktik tizimida ta’lim prinsiplari masalasini 
ham original bayon etgan edi. Uning yozishicha, ta’lim prinsiplari 
ta’lim jarayonining ma’lum nuqtayi nazari bilan daxldor: ta’limning 
ma’lumot, tarbiya va bolalar taraqqiyotiga yo‘nalganligi prinsipi ta’lim 
jarayoni maqsadiga ko‘ra belgilansa, bilimlarning ilmiyligi va 
tushunarliligi, sistemaliligi va izchilligi prinsiplari ma’lumot 
mazmuniga ko‘ra aniqlanadi. 
Y.K.Babanskiy optimallashtirish nazariyasi g‘oyalaridan kelib 
chiqib, ta’limning qator prinsiplarini yangidan asosladi: ta’limda 
umumsinf, guruh va individual ishlarni optimal qo‘shib olib borish, 
ta’lim jarayonining samarali amal qilishi uchun optimal shart-sharoit 
yaratish, 
bolalarning 
o‘qishga qiziqishlarini har tomonlama 
rag‘batlantirish, qayta xotirlash va ijodiy ishlarning optimal bog‘liqligi. 
Bu prinsiplar Y.K.Babanskiy didaktik tizimida birinchi marta 
asoslangan edi. 


51 
Y.K.Babanskiy ta’lim metodlari masalasiga ham “o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri” nuqtayi nazaridan yondashadi. Ta’lim 
metodlari ma’lumot, tarbiya va bolalar taraqqiyotiga yo‘nalgan. Ta’lim 
metodi, uning yozishicha, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro bog‘liq 
faoliyatini tartibga solish usulidir. Ta’lim metodlarini yangicha talqin 
etish ularni yangicha tasnif etishga olib keldi: bolalarning o‘quv-biluv 
faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari. Bu metodlar, o‘z 
navbatida, to‘rtta guruhga ajraladi: bilimlarni og‘zaki bayon etish 
metodlari, induktiv va deduktiv metodlar, qayta xotiralash va 
muammoli izlanish metodlari, mustaqil ishlash metodlari; bolalar 
o‘qishini rag‘batlantirish metodlari. Bu metodlar ham o‘z navbatida 
ikki guruhga ajraladi: o‘qishga qiziqishini rag‘batlantirish metodlari, 
o‘qish-o‘rganishga oid burch, javobgarlikni tarbiyalash metodlari; 
ta’limni va o‘z-o‘zini nazorat etish metodlari. Bu metodlarni ham 
Y.K.Babanskiy uch guruhga ajratadi: og‘zaki nazorat va o‘z-o‘zini 
nazorat metodlari; yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari; 
laboratoriya nazorati va o‘z-o‘zini nazorat metodlari. 
Y.K.Babanskiy didaktika logikasini boyitgan olimlardan biridir. U 
didaktika tarixida birinchilardan bo‘lib “shaxsning real o‘qish 
imkoniyati” tushunchasini ilmiy asoslagan edi. Shaxsning real o‘qish 
imkoniyati keng tushuncha bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
shaxsning o‘rgana olish layoqati, xotira va tafakkurning rivoji (1),
shaxsda shakllangan muayyan malakalar: masalan, gapira olish, 
eshitganlarini,o‘qiganlarini so‘zlab bera olish (2), shaxsning o‘quv 
mehnatiga oid malakalari, masalan, o‘z faoliyatini rivojlantirish (3), 
shaxsning ishchanligini ta’minlay oladigan jismoniy taraqqiyot darajasi 
(4), shaxsning o‘qishga munosabati (5), o‘qishga ijobiy ta’sir eta 
oladigan shaxsiy tarbiyaviy sifatlar (6). Shaxsning real o‘qish 
imkoniyati tarbiyaga muhtoj. Y.K.Babanskiy shaxsning real o‘qish 
imkoniyati tushunchasi asosida ma’lumot mazmunini o‘zlashtirishning 
individual xarakterini isbotlagan edi.

Download 3,05 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuriy Konstantinovich Babanskiy (1927-1988)

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish