Ta’lim jarayonining tuzilishi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
4.2.Ta’lim jarayonining tuzilishi
Jarayon sifatida ta’lim uch element (belgi) birikmasidan iborat: 
o‘qitish (o‘rgatuvchining ta’lim berish faoliyati), o‘qish (ta’lim 
oluvchining bilish faoliyati) va ta’limning mazmuni (ularning 
birgalikdagi o‘rganish obyekti).
O‘qitish, yoxud o‘rgatuvchi faoliyati, bilim oluvchilar 
faoliyatlarini boshqarish, ya’ni o‘quvchilarning o‘quv ishlarini 
uyushtirish, ularning bilish (idrok, xotira, diqqat, tafakkur, tasavvur) 
jarayonlariga rahbarlik qilish, nazorat uyushtirish, ma’naviy-axloqiy 
sifatlarini tarkib toptirishni nazarda tutadi. 


63 
O‘qish yoki o‘rganish, o‘quv faoliyati, bilim, ko‘nikma, 
malakalarni o‘zlashtirishning murakkab jarayoni bo‘lib, o‘quvchining 
aql-zakovati, irodaviy va jismoniy kuch-g‘ayrati, intilishlari asosida 
tarkib topadi va rivojlantiriladi.
O‘qitish jarayonining bu ikki elementa (o‘qitish va o‘qish) bir 
maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalanib, 
o‘quv-tarbiya ishlarini jadallashtirish, ijtimoiy buyurtmani bajarishga 
qaratilgan. Shunga ko‘ra bu jarayonda shaxsning qobiliyatlari, 
fazilatlari, ma’naviy-axloqiy sifatlari, bilish qobiliyatlari (tafakkur, 
xotira, xayol, iroda va h.k.) rivojlanadi, bo‘lajak kasb egalarida 
tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik shaklanadi va 
o‘quv mehnati madaniyati tarbiyalanadi. 
Jadvaldan shu narsa ko‘zga tashlanadiki, yagona maqsad - 
shaxsni shakllantirishni amalga oshirish ta’lim-tarbiyaning tashkil 
etuvchilari ya’ni ularning barcha elementlari-ta’lim maqsadi, ta’lim 
vazifalari, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim mazmuni, metodlari, 
shakllari, vositalari, mustaqil o‘quv topshiriqlari, mustaqil faoliyat, 
nazorat, o‘z- o‘zini nazorat orqali o‘z natijasiga erishiladi. Shunday 
ekan ta’lim-tarbiyani alohida elementlarga bo‘lib emas, balki yaxlit 
holda karash va amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga 
qo‘yilgan maqsadga erishishning yo‘lini yaqinlashtiradi. Chunki, 


64 
yuqorida kayd kilib o‘tganimizdek, voqelikdagi barcha narsalar yaxlit 
tizim sifatida bir-biriga chambarchas bog‘langan. Ulardan birortasining 
funksiyasi buzilsa, yoki birortasi ishlamay qolsa maqsadga 
erishilmaydi. Masalan, mashina dvigatelining yonilgi uzatgich tizimini 
olaylik, uning yonilg‘i uzatuvchi elementlaridan birortasi ishlamay 
qolsa, yoki yomon ishlasa dvigatel yonilgi bilan ta’minlanmaydi, 
natijada mashinaning o‘t oldirishi qiyinlashadi yoki o‘t olmaydi.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonining muhim 
elementlaridan biri ta’lim mazmuni qancha murakkablashtirilib, uni 
ta’lim oluvchilarga etkazish yo‘li aniqlashtirilsa, kuchli intellekt va 
yuksak ma’naviy salohiyatga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish 
osonlashadi. Bu ko‘p jihatdan yangi pedagogik texnologiyalarni 
loyihalash va ta’lim-tarbiya amaliyotiga tadbiq etish bilan uzviy 
bog‘likdir. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish