№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

nazariyasini 
ishlab 
chiqishga zamonaviy yondashuvlar 
Bugungi kunda shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi 
amaliyotida quyidagi yondashuvlari keng tarqalgan: 
1.
An’anaviy yondashuv (bilim). 
2.
Ratsionalistik (bixevioristik) yondashuv. 
3.
Fenomenologik (gumanistik) yondashuv. 
4.
Texnokratik yondashuv. 
5.
Ezoterik yondashuv. 


57 
Ayni vaqtda yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim yondashuvlarini 
belgilashga nisbatan uch xil qarash mavjud: 
1. Qadriyatli (aksiologik) — madaniyat inson hayotining mazmuni 
sifatida tushuniladi. 
2. Faoliyatli asosan madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarini 
yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin 
etiladi. 
3. Shaxsiy— madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon 
bo‘ladi. 
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator 
yondashuvlarning yaratilishiga zamin yaratadi. 
Har bir yondashuv muayyan ta’limiy muammolarni hal etishga 
yo‘naltiriladi. Xususan: 
-
ijtimoiy institut sifatida o‘quv muassasalarining vazifalari; 
-
ta’limning samarali tizimi; 
-
o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala; 
-
ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari; 
-
muayyan 
bilim, 
ko‘nikma 
va 
malakalarning 
qimmatli 
hisoblanishi. 
Ayni vaqtda quyidagi yondashuvlar mavjud: 
1.
Bilim olishning an’anaviy yondashuvi (J.Majo, L.Kro, J.Ka’el va 
boshqalar) 
Unga ko‘ra ta’limning asosiy maqsadi — «Bilim, qanchalik qiyin 
bo‘lmasin bilim olish». An’anaviy yondashuv maktabning maqsadi 
yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab 
qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari — 
bilim, ko‘nikma va malakalar, ilg‘or g‘oyalar va qadriyatlami saqlab 
qolish hamda ularni yoshlarga etkazish muhim ekanligini yoritadi. 
Bilim olish yondashuvsining asosiy maqsadi: ta’lim olish, taraqqiyot va 
madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga etkazish. 
2.Ratsionalistik (bixevioristik) yondashuv (P.Blum, R.Gane, 
B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik yondashuv diqqat markazida 
ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarning 
o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning 
ratsionalistik modeli asosini B.Skinnerning ijtimoiy injeneriya 
bixevioristik (inglizcha
 behavior
— xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi. 
Maktabning maqsadi — o‘quvchilarda g‘arb madaniyati ijtimoiy 
qoidalari, talablari va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan 


58 
moslashtiruvchi «xulqiy repertuar»ni shakllantirishdir. Shu bilan bir 
vaqtda, «xulqi» atamasi bilan «insonga xos hamma ta’sirlanishlar — 
uning fikrlari, sezgi va harakatlari» ifodalanadi (R.Tayler). 
Bunda ta’limning asosiy metodlari, o‘rgatish, trening, test 
sinovlari, individual ta’lim, tuzatishlari bo‘lib qoladi. Buning oqibatida, 
ta’limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini 
aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi. 
P.Blum barcha o‘quvchilar faqat o‘zlashtiribgina qolmay, balki 
muvaffaqiyatli o‘qishlari mumkin deb hisoblaydi. O‘quvchining 
optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o‘quvchiga ta’lim berish 
natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning fikricha, ta’lim 
oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga bo‘lgan cheklashlar olib 
tashlanganda o‘quv kursining butun mazmunini o‘zlashtirib olishga 
qodirlar. Ana shu nuqtayi nazardan o‘quvchilar tomonidan bilimlarning 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi, 
uning mohiyati quyidagichadir: 
1. Butun sinf yoki kurs uchun to‘la o‘zlashtirish etaloni, mezonini 
aniq belgilab olish asosida, o‘qituvchi ta’lim yakunida erishilishi kerak 
bo‘lgan aniq natijalarning ro‘yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni 
tuzadi. 
2. O‘quv birliklari, ya’ni, o‘quv materiallarining yaxlit bo‘limlari 
ko‘rsatiladi, ularni o‘zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga 
ta’sir ko‘rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning 
vazifalari — tuzatish, korreksiyalashdan iborat. 
3. To‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan har bir o‘quv kurs 
materiallarini o‘zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini 
o‘tkazish. Bu o‘rinda har bir o‘quvchiga baho va ta’lim maqsadlarining 
ahamiyatini tushuntirish muhim. 
Predmetlarni bo‘sh va o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning 
qobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy 
mazmunini tashkil etadi. 
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AQSh va boshqalar) 
ta’lim tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) yondashuv 
g‘oyalariga muvofiq ish ko‘rilganda 70% o‘quvchilar yuqori natijalarni 
qayd etganliklarini ko‘rsatadi. 
Yuqorida qayd etilgan ta’lim yo‘nalishlari o‘zida insonparvarlik 
g‘oyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, 


59 
shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muhim o‘rin 
tutishini nazarda tutmaydi.
3. Gumanistik (fenomenologik) yondashuvga ko‘ra (A.Maslov, 
A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin 
shaxs, ijtimoiy munosabatlar subekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish 
imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni 
shaxslararo 
munosabatlar 
jarayoniga 
yo‘naltiradi. 
Ta’limning 
fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» — hisoblangan, 
ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning 
individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va 
qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Uning 
vakillari o‘quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik 
yondashuv doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy 
rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini 
yoqlaydi. 
Gumanistik yondashuv g‘oyalari 1991-yildan keyin respublika 
uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Yondashuvning diqqat 
markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual 
ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy 
hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta’lim muassasalarida 
quyidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar, 
umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar 
bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past 
bo‘lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. 
4.
Ezoterik yondashuv (yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin, 
faqatgina biluvchilar uchun mo‘ljallangan insonning dunyo bilan 
o‘zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati 
haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. 
Yondashuv tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina 
fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Pedagogik 
faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o‘quvchining tabiiy 
kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan biiga, 
o‘qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o‘quvchining mavjud 
imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga 
yo‘naltiradi. 
5.
Ilmiy-texnik, texnokratik yondashuvning asosiy maqsadi 
amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy 
bilimlarni berish va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim 


60 
kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim olish, 
imkoniyatlari 
bilan 
belgilanadi. 
Shaxs 
muayyan 
(o‘rtacha, 
standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat 
sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu yondashuvning asosini tashkil 
etadi. 
So‘nggi yillarda noinstitutsional yondashuv rivojlana boshladi. U 
ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim 
muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu 
ta’lim “tabiatda” — Internet, “ochiq maktablar” — komputerlar 
vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitish 
samarali deya hisoblaydi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish