Maxmutov Mirza Ismagilovich (1927)




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Maxmutov Mirza Ismagilovich (1927). 
M.I.Maxmutovning 
muammoli ta’lim to‘g‘risidagi qarashlari uning ikkita kitobi 
“Muammoli ta’lim nazariyasi va amaliyoti” (Qozon, 1972), “Maktabda 
muammoli ta’limni tashkil etish” (Moskva, 1977)da umumlashtirilgan. 
“Biz ta’limning tipini aniqlashga,-deb yozgan edi M.I.Maxmutov, -
o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri prinsipi nuqtayi nazaridan 
yondashamiz”: o‘qituvchining bilimlarni tayyor holda bayon qilishi 


52 
yoki bolalarning mustaqil faoliyatini tashkil etish yo‘li bilan bilimlarni 
o‘zlashtirishga qarab ta’limning-dogmatik, ko‘rgazmali bayon, 
muammoli tiplari ajratiladi. 
Muammoli ta’lim zaminida bolalarning ijodiy faoliyati yotadi. 
Ijodiy faoliyat turlari asosida muammoli ta’limning uch ko‘rinishi 
ajratiladi: nazariy ijodkorlik-o‘quvchilarning o‘zlari uchun yangi qoida, 
qonuniyat, teoremani izlashi, topishi va asoslashi. Muammoli 
ta’limning bu ko‘rinishi nazariy xarakterdagi ijodiy topshiriqlarni 
yechish yo‘li bilan amal qiladi; amaliy ijodkorlik-o‘rganilgan bilimlarni 
yangi sharoitlarga tatbiq etish usulini egallash. Muammoli ta’limning 
bu ko‘rinishi amaliy xarakterdagi ijodiy topshiriqlarni echish yo‘li bilan 
amal qiladi; badiiy ijodkorlik-borliqni badiiy obrazlar vositasida aks 
ettirishdir. Muammoli ta’limning bu ko‘rinishi insho yozish, ma’lum 
mavzularda erkin ijod etish, rasm chizish, musiqa asari yaratish 
shaklida amal qiladi. 
M.I.Maxmutovning fikricha, muammoli ta’limni dars jarayoniga 
moslashtirish uchun bolalarda mustaqil ishlash malakalarini 
rivojlantirmoq kerak. U mustaqil ishlash malakalari qatoriga 
quyidagilarni kiritadi: muammoni anglash; muammoni o‘z so‘zlari 
bilan aytib bera olish, uni qayta tuzish: muammoni hal qila olishga oid 
farazni qo‘ya bilish; farazni isbotlash usulni amaliyotga tatbiq eta olish. 
M.I.Maxmutov ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri 
xususiyatlaridan kelib chiqib, muammoli ta’limning to‘rt xil darajasini 
belgilaydi; bolalarning odatdagi faolligi darajasidagi muammolilik 
o‘qituvchining tushuntirishi, tavsiyalari asosida qo‘yilgan muammoni 
hal etish; chegaralangan faollik darajasidagi muammolilik nazariy 
bilimlarni o‘qituvchi bayon etadi, o‘rganilgan bilimni yangi sharoitga 
tatbiq etishga oid topshiriqni bolalar mustaqil bajarishadi; mustaqil 
faollik darajasidagi muammolilik bola darslik ustida mustaqil ishlab 
bilimlarni o‘zlashtiradi; ijodiy faollik darajasidagi muammolilik-bu 
darajada muammoni bolalarning o‘zlari mustaqil tanlashadi va 
bajarishadi. 
M.I.Maxmutov, ta’limda bolalarning mustaqillik darajasi
muammoli holat xususiyatlari asosida ta’limning quyidagicha modelini 
kashf etadi: muammoli holatning paydo bo‘lishi: bilishga oid 
qiyinchilikni sezish va muammoni qo‘yish; muammoni bajarish usulini 
tanlashga oid faraz; qo‘yilgan farazni isbotlash; muammoning 
bajarilishini 
tekshirish. 
M.I.Maxmutovning 
didaktik 
tizimida 


53 
ta’limning tashkiliy shakllari, ta’lim metodlari, vositalari, ma’lumot 
mazmuni inkor etilmaydi. Aksincha, muammoli ta’lim ta’limning 
maqsadi, vositalari, 
mazmuni, 
usullari, tashkiliy shakllariga 
moslashtiriladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish