№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Djon Dyui (1895-1952). 
Boshqa progressivisitlarga o‘xshab 
taniqli amerika faylasufi, psixologi, pedagogi D.Dyui ham o‘z didaktik 
tizimini asoslashda I.F.Gerbart va uning izdoshlarining didaktik 
qarashlarini tanqid etishdan boshlagan edi. D.Dyuining yozishicha, 
an’anaviy maktab va unda ta’limni tashkil etish tajribasi qator 
kamchiliklarga ega: maktab faoliyati, binobarin, o‘qituvchi va o‘quvchi 
faoliyati ham qat’iy talablar, qoidalar, prinsiplar (rigorizmlar) 
chegarasidan chiqib keta olmaydi; ta’lim o‘quvchilar xotirasiga 
mo‘ljallab tashkil etilgani uchun bolalar tayyor bilimlarni o‘rganishadi, 
ularning qobiliyatlarini o‘stirish, ularda ijodkorlikni tarbiyalash 


44 
ikkinchi darajali hodisa sifatida qaraladi; ta’limda bolalarning faolligi, 
binobarin, tashabbuskorligi, qiziqishlari, intilishlari chegaralab 
qo‘yilgan; ma’lumot mazmuni va uni o‘zlashtirish jarayoni real ijtimoiy 
ehtiyojlarga mos kelmaydi; maktablarda hayot uchun foydali bilimlar 
o‘rgatilmaydi. 
D.Dyuining didaktik qarashlari pragmatizm falsafasiga asoslangan 
edi, u bola uchun, ijtimoiy hayot uchun foydali bilimlarni haqiqat deb 
tushunardi. D.Dyui o‘zining falsafiy, didaktik mushohadalarida klassik 
haqiqatlarni ma’lum darajada inkor etgan, binobarin, ilmiy bilishni 
ikkinchi darajali hodisa sifatida kamsitgan, amaliyotni birinchi o‘ringa 
qo‘ygan pedagog edi. Bu D.Dyuining didaktik sistemasini ma’lum 
darajada chegaralanganini ham ko‘rsatadi. 
D.Dyuining didaktik tizimi, garchand unda qator g‘ayriilmiy 
qarashlar bo‘lsa-da, eng ilg‘or yo‘nalish edi: u eng avvalo o‘z 
pedagogik qarashlarini maktab faoliyati bilan bog‘ladi. 1896-1902-
yillarda Chikago shahrida maxsus maktab tashkil etdi. Bu “laboratoriya 
maktabi” deb atalardi; laboratoriyada ilmiy-tadqiqotlarni eksperimental 
usullar asosida olib bordi. U eksperimentni maktab hayotiga ilmiy-
didaktik tadqiqotlarga olib kirgan birinchi pedagoglardan edi; D.Dyui 
o‘z didaktik qarashlarida o‘quvchini ta’lim jarayoni sub’yekti sifatida 
ajratadi. Uning fikricha, maktab bolalarni hayotga tayyorlash joyigina 
emas, shu bilan birga, u bolalarning faoliyat ko‘rsatish, yashash 
maskani hamdir. 
D.Dyuining didaktik tizimida bolalarning individual va kollektiv 
faoliyatini qo‘shib olib borish g‘oyasi markaziy o‘rinni egallaydi. U 
amaliy mashg‘ulotlar, qo‘l mehnati xususiyatlarini tahlil etib, ta’limda 
o‘quvchining mavqeini, uning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish 
masalalarini o‘rganadi. Uning ta’kidlashicha, indivudual va kolektiv 
ishlarni qo‘shib olib borish yo‘li bilan ta’limda “tashkiliy 
hamkorlikka”erishish mumkin. Amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok 
etish, deb qayd etgan edi. D.Dyui, bolalarning o‘rganilayotgan o‘quv 
predmetiga oid adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni inkor etmaydi. 
Binobarin, D.Dyui o‘z didaktik tizimida bolalarning mustaqil ishlari, 
ularda mustaqillikni tarbiyalash muammolariga alohida e’tibor beradi. 
D.Dyui “Kitobiy bilimlarga”, “bilimlarni tayyor holicha” 
o‘rganishga tamoman qarshi edi. U didaktika tarixida birinchilardan 
bo‘lib, muammoli ta’limni asoslagan didaktdir. D.Dyui fikriga ko‘ra, 
bilish va bilim turli aqliy qiyinchiliklarni hal etish, hayotida uchragan 


45 
qiyinchiliklarni bartaraf etishdir. Tafakkur narsa-hodisalar to‘g‘risida 
fikrlash 
muammolarini 
sezish, ularning 
mohiyatini anglash, 
qiyinchiliklar (masalan bilish jarayonidagi qiyinchiliklar) ni yengish 
natijasida pozitiv ziddiyatlarning rolini ilk bor asoslagan didakt ham 
D.Dyui edi.
Ta’lim jarayonidagi pozitiv (ijobiy) ziddiyatlar hozirgi didaktikaga 
ta’limni harakatlantiruvchi kuchlar (M.A. Danilov), bilish jarayonidagi 
to‘siq (L.M.Fridman), amaliy va bilish faoliyatidagi qarama-
qarshiliklar (E.Lingard), ma’lum va noma’lum elementlar o‘rtasidagi 
munosabatlar (I.Y.Lerner), o‘rganilgan va o‘rganiladigan bilimlar 
o‘rtasidagi farq (M.I.Maxmutov) shaklida ta’riflanadi. Bulardan 
ko‘rinadiki hozirgi muammoli ta’lim nazariyasining otasi ham D.Dyui 
edi. 
D.Dyui bolalar oldiga qo‘yiladigan muammolarning mohiyati, 
ta’lim jarayonidagi ziddiyatlarning xususiyatlariga asoslanib, o‘quv-
tarbiya sharoitida o‘quv muammolaridan foydalanish metodikasini ham 
ishlab chiqdi. O‘quvchi muammoni qabul qila turib, o‘zi uchun yangilik 
ochishni fahimlashi, yangi bilimlarga ehtiyojini sezish zarur. 
D.Dyuining ta’kidlashicha, tafakkur, tafakkur jarayonlari yashash 
uchun kurash jarayoni bo‘lib, u insonning taraqqiyot darajasini ham 
belgilaydi. Har qanday o‘quv muammosini hal etish, uning yozishicha, 
oldin qiyinchilikni sezish, so‘ngra qiyinchilikni bartaraf etish, oxirida 
qilingan ishni baholash bilan yakunlanadi. Ana shular ga ko‘ra, D.Dyui 
ta’limning quyidagicha yangi modelini yaratdi: ta’lim jarayonidagi 
qiyinchiliklarni sezish, qiyinchilikni aniqlash va chegaralash, 
qiyinchilikni bartaraf etishga oid farazni so‘z bilan shakllantirish, yangi 
xulosani qayd etish: xulosani tekshirish uchun tajribalar o‘tkazish. 
Demak, D.Dyui ta’lim jarayonida o‘quvchini bilishini olimning ilmiy 
bilishiga yaqinlashtirib tashkil etish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan 
didaktdir. 
D.Dyui tomonidan asoslangan didaktik tizim markazida o‘quvchi 
turadi. Ta’limning samaradorligi esa ularni bilish va faoliyatlarining 
jadallashishiga bog‘liq ekanligi isbotlangan. Ta’limning verbal 
metodlari I.Gerbart didaktikasida e’tibordan chetda qolgan edi, D. Dyui 
didaktikasida esa uiga alohida o‘rin ajratilgan. Bu jarayonda o‘qituvchi 
yordamchi, maslahatchi mavqeiga ega bo‘lib, o‘quv jarayoni 
yo‘nalishlarini belgilashga safarbar etilgan. D.Dyuining ta’biricha, 
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish jarayoni o‘quvchilarning 


46 
amaliy faoliyatlari natijasidagina samarali kechishi mumkin. 
O‘quvchilarning muammolarni bartaraf etishlari uchun o‘qituvchi 
o‘quv rejasi bilan bogliq holda qulay sharoitlar yaratishi kerak. 
Qo‘yilgan muammolar esa o‘quvchilarning tayanch bilimlari va yosh 
xususiyatlariga mos kelishilozim. Muammolarni echish jarayonida 
o‘quvchilarning bir necha bosqichlarni o‘tishlari talab etiladi 
(muammolarni his etish, aniklash, taklif etilmagan echimlarni 
shakllantirish, mazkur echimlarni amalga oshirish, natijalarni taxdil 
qilish va b.). 

Download 3,05 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish