№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

An’anaviy didaktik tizim
– namunali, hamma tomonidan e’tirof 
etilgan, umuminsoniy ma’naviyatlar darajasida tan olingan didaktik 
qarashlar majmuidir. Bu tizim nemis faylasufi va pedagogi I.Gerbart 
nomi bilan bog‘liq. Ushbu tizim etika (axloq) va psixologiya 
nazariyasiga tayanadi. Uning asosiy maqsadi kuchli iroda egasi bo‘lgan 
shaxsni shakllantirishdan iborat bo‘lgan. I.Gerbart tomonidan ishlab 
chiqilgan asosiy g‘oyalarga tarbiya nazariyasi asoslanishi kerak. Ular: 
1) takomillashish g‘oyasi. Bu shaxsni shakllantirishning asosiy 
yo‘nalishlari va maqsadini o‘zida mujassamlashtirishi kerak; 2) 
xayrxohlik g‘oyasi. Bu o‘zaro kelishgan holda hamkorlik qilish va 
muloqotga kirishishga o‘z g‘oyalari va intilishlarini buysundirishni 
nazarda tutadi; 3) huquq g‘oyasi. Bunda har bir kishining huquq va 
burchlarini aniqlangan odamlar orasidagi munosabatni tartibga solish 
nazarda tutiladi; 4) haqqoniylik g‘oyasi. Mazkur g‘oyaga ko‘ra 
kimgadir nohaklikka asoslaigan harakatning amalga oshirilishi jazoga 
tortish bilan qoplanishi lozim; 5) ichki mustaqillik g‘oyasi. Bunda 
insonning irodaviy quvvatlarini tanlash va yo‘naltirish, uning o‘z 
shaxsiy yo‘nalishlari doirasida bo‘lishi kerak. I.Gerbart tomonidan 
ilgari surilgan didaktik tizimda ta’lim va tarbiya orasidagi aloqadorlik 
nazardan chetda qolgan. Uning tasavvuricha, ta’limning vazifasi 


42 
o‘quvchilarning intellektual va jismoniy rivojlanishlarini ta’minlashdan 
iborat. Ta’lim jarayoniga rahbarlik qilish o‘quv rejasi asosida 
o‘qituvchi tomonidan qat’iy tarzda amalga oshirilishi kerak. 
O‘quvchilar esa tartib-intizomga rioya qilgan holda o‘qituvchini so‘zsiz 
tinglashlari kerak, degan g‘oya ilgari suriladi. O‘qituvchi tomonidan 
amalga oshiriladigan harakatlar, birinchi navbatda, kuchli iroda egasini 
shakllantirishga yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchilar esa o‘quv 
materiallari bayonini so‘zsiz tinglashlari va uni o‘zlashtirishlari kerak. 
Bu jarayonda o‘quvchilarga o‘z ijodiy layoqatlarini namoyon qilishlari 
uchun ruxsat berilmaydi. Mazkur tizim doirasida ayni bir guruhdagi 
o‘quvchilar teng hisoblangan, ya’ni har bir o‘quvchining o‘ziga xos 
xususiyatlari hisobga olinmagan. O‘qituvchi esa o‘quv jarayonini 
qo‘shimcha materiallar bilan boyitish huquqiga ega emas. Bu jarayonda 
intizomni qo‘llab-quvvatlash maqsadida cheklovlardan foydalanishga 
ruxsat berilgan, chegaralangan tarzda o‘quvchilar jazolangan. I.Gerbart 
tomonidan ilgari surilgan didaktik tizimda o‘quvchilarning amaliy 
ko‘nikma va malakalariga o‘rin ajratilmagan. Shuning uchun ham 
mazkur didaktik tizim o‘quvchilarni kundalik hayotiy faoliyatga 
tayyorlash imkoniyatiga ega emas edi. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, I.Gerbart tizimi o‘quv jarayonida 
samaradorlikni ta’minlash imkonini bermadi. Mazkur tizimdagi 
kamchiliklardan xulosa chiqargan holda mutaxassislar boshqa didaktik 
tizimni asoslashga muvaffaq bo‘lishdi.

Download 3,05 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish