Progressiv didaktik tizimlar




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Progressiv didaktik tizimlar. 
Didaktikaning keyingi taraqqiyoti 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan va 
pedagogikada “Yangi tarbiya” nomi bilan yuritilgan yo‘nalish bilan 
bog‘langan. Yangi tarbiya targ‘ibotchilari E.Demolen, S.Reudin, 
A.Ferer va boshqalar tashabbusi bilan an’anaviy maktablar o‘rniga 
tadbirkorlarni tarbiyalashga mo‘ljallangan pulli maktablar ochildi. 
Yangi maktablar shahar chekkasidagi internatlar shaklida tashkil 
etilgan bo‘lib, ularda aqliy ma’lumot san’at, gimnastika, qishloq 
xo‘jaligi va qo‘l mehnati ta’limi bilan qo‘shib olib boriladi. Yangi 
tarbiya tarafdorlari klassik didaktikani tanqid qila turib, XX asr 
maktabini “Mehnat maktabi”, “Ijtimoiy hayotda ishtirok etish 
maktabi”, “Bolalar 100 yiligiga munosib maktab”, deb atashdi. Ular 
ta’lim jarayonida asosiy e’tiborni o‘quvchiga qaratib, bir tomondan
mashhur fransuz gumanisti Jan Jak Russoning (1712-1778) “Hur 
tarbiya” to‘g‘risidagi g‘oyalarini yangi sharoitda rivojlantirishdi, 


43 
ikkinchi tomondan esa, o‘sha davrdagi mavjud pedotsentirizm 
nazariyasini yangi goyalar bilan boyitishdi.
Yangi tarbiya nazariyasi konsepsiyasi o‘z davrida progressiv va 
shu bilan birga, ziddiyatlarga boy pedagogik qarash edi. Bu nazariya 
tarafdorlari bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari nuqtayi nazaridan maktab 
muammolarini hal qilishar, ta’limning mazmuni metodlari, vositalarini 
tanlashda o‘quvchining xususiyatlarini hisobga olishardi. Ularning 
tashabbusi bilan ilmiy ishlar sohasida pedagogik eksperiment qo‘llana 
boshlandi. Shu bilan birga, ular ta’limning izchilligi, o‘quv dasturlari, 
darsliklarining ta’limdagi rolini inkor etishigacha etib borishdi. 
Yangi tarbiya tarafdorlari qarashlarida o‘ta so‘l fikrlar bilan birga 
ilg‘or, progressiv g‘oyalar ham mavjud edi: Gugo Gauding (1860-
1923) an’anaviy “kitobiy bilimlar maktabini” bolalarda “ijodiy 
intilishlarni har tomonlama rivojlantirish” maktabiga aylantirish 
shiorini o‘rtaga tashladi; Ovidiy Dekroli (1871-1932) mavjud 
maktablarning an’anaviy prinsiplar doirasidan chiqa olmayotganini 
tanqid etib “hayot uchun va hayot orqali o‘qitish” maktabini yaratish 
muammosini kun tartibiga qo‘ydi; Eduard Klapared (1873-1940) 
dasturlar, darsliklarda o‘quvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga 
olinmaganligini qoralab, bolalar psixologiyasi va imkoniyatlariga mos 
maktab yaratish masalasini o‘rtaga tashladi; Genrix Rovid (1877-1944) 
amaldagi maktablarning hayotdan, ishlab chiqarishdan uzilib qolganini 
ta’kidlab, “Yangi faol maktab yaratish” g‘oyasini olg‘a surdi. 
Yangi tarbiya tarafdorlari o‘z didaktik qarashlarida I.F.Gerbart va 
uning izdoshlari bilan munozara qilishar, ularni formalizm, rigorizm 
(qoida, prinsiplar doirasidan chiqa olmaslik), avtoritarizmda 
ayblashardi. Ana shunga ko‘ra, ular pedagogika tarixida 
“progressivistlar”-“ilg‘orchilar” nomini olishdi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish