• O‘quv fani dasturi
  • Fan dasturining asosiy vazifalari
  • №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Malaka talablari —
    uzluksiz taʼlim tegishli bosqichi 
    bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga 
    qoʼyiladigan talablar. 
    O‘quv rejasi
    — oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim 
    yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati 
    turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning 
    izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat hisoblanadi.
    O‘quv fani dasturi
    — ta’lim mazmuni, uning talabalar 
    tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari 
    ko‘rsatilgan normativ hujjatdir. 
    Fan dasturining asosiy maqsadi
    – davlat ta’lim standartlari va 
    malaka talablarida bakalavr va magistrning bilimi, ko‘nikma va 
    malakalariga qo‘yilgan talablarga muvofiq o‘quv rejaga kiritilgan 
    muayyan fan tomonidan mehnat bozori talablariga javob beradigan 
    mutaxassislarni sifatli tayyorlash uchun shakllantirilishi zarur bo‘lgan 
    kompetensiyalar, bilim, ko‘nikma va malakalar majmuini belgilash, fan 
    mazmuni va tarkibiy kismlarini tartibga solish. 
    Fan dasturining asosiy vazifalari: 


    91 
    – fanga oid o‘quv materiallar mazmuni va tuzilmasini maqbul 
    holatga keltirish va optimallashtirish, mashg‘ulotlar mavzularining 
    mantiqiy ketma-ketligini hamda boshqa fanlar bilan mazmuniy-
    mantiqiy bog‘liqligini ta’minlash; 
    – uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylik va 
    uzluksizligini, shuningdek, fanning mazmun va mavzulari boshqa 
    ta’lim turlaridagi hamda turdosh yo‘nalishlardagi fanlarning mazmun 
    va mavzulari bilan takrorlanmasligini ta’minlash; 
    – fanga oid jahondagi ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so‘nggi 
    yutuqlarini, ilg‘or horijiy tajribalarni keng yoritish va ularni hisobga 
    olgan holda fan mavzularini shakllantirish; 
    – ta’lim shakli va o‘quv fanga ajratilgan vaqtga muvofiq o‘quv 
    materiallarni mavzular va mashg‘ulotlar turlari bo‘yicha taqsimlash; 
    – fanni o‘zlashtirish, talabalarda fanga oid kompetensiyalarni, 
    kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun zarur o‘quv-uslubiy 
    shartlar, o‘quv adabiyotlar va didaktik materiallarni belgilash; 
    – baholash vositalari yordamida talabalar bilimini nazorat qilish 
    shakllarini belgilash. 
    Fan dasturi uning asosiy maqsadi va vazifalariga to‘liq amal qilingan 
    holda ishlab chiqilishi talab etiladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish