Pedagogik fanlar mazmunini belgilovchi me’yoriy




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
5.4.Pedagogik fanlar mazmunini belgilovchi me’yoriy 
hujjatlar. Davlat ta’lim standarti 
Ta’lim mazmuni –
 
belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va 
hajmiga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar: davlat ta’lim 
standartlari, o‘quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirib, o‘rnatilgan 
tartibda tasdiqlanadi
1

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsadi — 
umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or 
tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va 
intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan 
talablarni belgilash; 
-milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida 
o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy 
etish; 
-o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga 
qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
-kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va 
ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 
1
Ж.Ҳасанбоев, Х.Тўрақулов, М.Ҳайдаров, О.Ҳасанбоева, Н.Усманов. Педагогика фанидан изоҳли луғат. 
Т.: “Фан ва технология”, 2009, 464-бет


86 
-ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka 
talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek 
ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini 
takomillashtirish; 
-davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar 
tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy 
prinsiplarga asoslanadi: 
- o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari 
ustuvorligi; 
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; 
- davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat 
talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; 
- umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari 
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha 
hududlarda birligi va yaxlitligi; 
- umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va 
usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; 
- o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom 
ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetentsiyalarni 
rivojlantirishning ta’minlanganligi; 
- rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarning 
ta’lim 
sohasida 
me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan 
holda foydalanish. 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy 
qismlardan iborat: 
- umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; 
- umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi; 
- umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; 
- baholash tizimi. 
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining 
minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan 
hujjat hisoblanadi. 
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars 
jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 


87 
Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan 
ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari 
(davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal 
hajmini belgilaydi.
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga 
muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, 
mazmuni, 
o‘rganish 
ketma-ketligi 
va 
shakllantiriladigan 
kompetentsiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. 
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari 
bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy 
maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga 
qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta 
tushuntirib berish; 
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay 
olish; 
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni 
notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; 
kompetentsiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik 
faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. 
Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta 
ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi 
darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati 
samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat. 
Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan umumta’lim 
fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal 
talablarni, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga 
qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov 
ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho berilgach amalga 
oshiriladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari 
quyidagilardan iborat: 
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim 
muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi; 


88 
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, 
hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; 
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat 
tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; 
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli 
qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi 
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar 
hamkorligida amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, 
o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning 
yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar 
shakllantiriladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik fanlar mazmunini belgilovchi me’yoriy

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish