Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlarining tasnifi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
6.2.Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlarining tasnifi 
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni 
o‘qitish juda murakkab jarayon hisoblanib bu fanlarni o‘qitishda ta’lim 
metodlarining turli-tuman tasniflari mavjud. Didaktika fanida ta’lim 
metodlarini tasniflashning turli-tumanligi ta’lim jarayonida turlicha, 
yondashuvlarning maydonga kelganligi va bu yondashuvlarning 
qandaydir 
didaktik 
belgilarga 
qarab 
o‘qitish metodlarining 
tasniflanishiga yondashilganligidadir. Shu nuqtai nazardan ba’zi 
mutaxasislar ta’lim metodlarini tasnif etishda bilish manbalarini 
hisobga olishsa, ayrim mutaxasislar o‘qituvchi xususiyatlaridan kelib 
chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar esa o‘quvchilar faoliyatini 
faoliyatini e’tiborga olishadi. Ta’lim metodlariga bunday qarashlarning 
ko‘p rang-barang bo‘lishi tabiiy. Zero, ta’lim metodlari mazmunan boy 
hodisa bo‘lib, ular ma’lumot mazmuni bilan ham o‘qituvchi va 
o‘quvchi faoliyati bilan ham bilim va malakalar bilan ham, shuningdek, 
ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish bilan ham daxldor 
katigoriyadir. Qayd etilgan fikrlarga aytish mumkinki ananaviy 
didaktikada ta’lim metodlarini o‘quvchi bilim oladigan manbaga qarab 
ya’ni o‘qituvchi nutqi ko‘rgazma qurol, darslikni va qo‘shimcha 
materiallarni ta’lim manbai deb qabul qilish ta’lim metodlarini; og‘zaki 
bayon qilish metodlari (hikoya, ma’ruza, suhbat, tushuntirish 


98 
o‘qituvchining jonli nutqi, kitob bilan ishlash): ko‘rgazmali metodlar 
(namoyish qilish, tasviriy materiallar, ekskursiyalar va h.k.); amaliy 
metodlar (mashqlar, amaliy ishlar, laboratoriya ishlari va h.k.)ga bo‘lib 
tasniflaganlar(S.I.Peroveskiy, E.Ya.Golyan). Boshqa guruh olimlari 
(M.A.Danilov, B.P.Yesipov) ta’lim jarayonining muayyan qismlarida 
bajariladigan o‘quv vazifasining mazmunidan kelib chiqib ta’lim 
metodlarini bilimlarni o‘rganishga oid metodlar; bilish va 
ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari; bilishni tadbiq etish metodlari; 
ijodiy ishlash metodlari; bilim va malakalarni mustahkamlash, hamda 
bilimlar va ko‘nikmalarni tekshirish metodlar. Taklif etilayotgan 
metodlar o‘quv mashg‘ulotlarining samarali bo‘lishi va tarbiyaviy 
vazifalarni hal etishga ko‘maklashadi. 
Akademik Yu.K.Babanskiy ta’lim metodlarini uchta katta guruhga 
bo‘lib, tavsiflaydi. 
1.
O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil qilishlari. 
2.
O‘quvchilarning 
o‘quv-biluv 
faoliyatini 
rag‘batlantirish 
metodlari. 
3.
O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini 
nazorat qilish metodlari.
1
Yu.K.Babanskiy birinchi guruh metodlar jumlasiga, hikoya, 
o‘quv ma’ruzasi, suhbat, illyustryatsiya, namoyish qilish, o‘quv kinosi, 
induktiv-deduktiv, reproduktiv, muammoli-izlanish kabi ta’lim 
usullarini kiritadi va bu usullar yordamida o‘qituvchi asosan 
o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish orqali o‘quv 
materiallarini o‘qituvchi tomonidan bayon qilish va ularni 
o‘zlashtirishga jalb qilish lozimligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda ikki 
shaxs ham o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining hamkorligi yo‘lga 
qo‘yiladi. 
Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotganlar pedagogik turkum 
fanlarini o‘zlashtirishda keyingi faoliyatlarini inobatga olib, o‘quv-
biluv faoliyatini tashkil etish metodlarining mazmun-mohiyatini chuqur 
anglab yetishlari talab etiladi. Zero, ta’lim metodi mazmunida har bir 
usul o‘ziga xos ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatni yo‘lga 
qo‘yish, o‘quv materiallarini uzotish va ularni o‘zlashtirish yo‘llarini 
ko‘rsatishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quv ma’ruza oliy ta’lim 
maktablarida ko‘p qo‘llaniladigan o‘quv ko‘rinishlaridan biri 
1
Педагогика: Учеб. пособий для студентов пед.ин-тов/под ред. Ю К Бабанского. –М.: Просвещение, 
1983, 178-203 б 


99 
hisoblanib, unda o‘zaro ta’sir ta’lim beruvchining bayoni va ta’lim 
oluvchilarning tinglashlari, asosiy g‘oya va fanlarni yozib olishlari 
ko‘rinishida amalga oshadi. O‘qitish, o‘qish, o‘rganish samaradorligini 
oshirish uchun, ma’ruza jarayonida o‘qituvchi o‘z nutqini ko‘rgazma 
qurol, audio va video apparaturalar (qurilmalar), adabiyotlarda berilgan 
faktlar bilan uyg‘unlashtiradi. Bu jarayonda ma’ruzachi o‘z nutqini 
to‘xtatib, talabalarning ma’lumotlarini qabul qilish darajasini, ularning 
qiziqishi va xohishini oshirish maqsadida muammoli savollar, qiziqarli 
faktlar bilan murojat qilishni amalga oshirsa ayni muddao bo‘ladi. 
Bunda o‘quv-biluv faoliyatining barcha unsurlari-tinglash, ko‘rish, 
aniqlash, taqqoslash, fikr yuritish, mulohazani bayon qilish, amalga 
oshgan bo‘ladi. Shuningdek, mazkur guruhga kiruvchi barcha 
metodlar-ma’ruza, suhbat, tasvir, muammoli-izlanish, reproduktiv 
to‘siq qo‘llanilgan bo‘ladi. 
O‘quv-biluv faoliyatini tashkil etishda deduktiv va induktiv 
metodlar ham muhiim ahamyatga ega. Zero, yangi o‘quv materialni 
o‘zlashtirish deduktiv va induktiv usullar yordamida amalga oshishi 
tajribada sinalgan. Pedagogik turkum fanlarini o‘qitishda, avvalo, 
o‘quv mavzularining umumiy, tomoni haqida, so‘ngra xususiy 
tomonlari izohlandi. Masalan, shaxs rivojlanishi, shakllanishi va 
ijtimoiylashuvi 
mavzusi 
o‘rganilganda 
dastlab 
shaxsning 
shakllanishiga ta’sir qiluvchi biologik omillar, ijtimoiy omillar, ta’lim 
tarbiyaning umumiy xususiyatlari yoritilib, so‘ngra har bir omilning bu 
jarayondagi ta’sir kuchi alohida qayd etiladi. 
O‘qitish 
jarayonida 
talabalar 
o‘quv-biluv 
faoliyatini 
rag‘batlantirish metodlari tuzimiga o‘qishga qiziqishni motivlashtirish 
va rag‘batlantirish metodlari hamda o‘qishga burch va ma’suliyatni 
motivlashtirish va rag‘batlantirish metodlari kiritilgan. Ular tarkibiga 
bilish va qiziqishlarni shakllantirish, bilishga oid o‘yinlar, o‘quv 
munozaralari, o‘qishga ulgurish vaziyatini yaratish va o‘qishga burch 
va ma’lumotni rag‘batlantirish kabi usullar kiritilgan. 
Mazkur metodlar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlovchi 
muhim pedagogik hodisa sifatida o‘quvchilarning bilim olishga 
qiziqishlarini, rag‘batlarini bilim oluvchilarning mustaqil faoliyatlarini 
qamrab oladi.
O‘quv-biluv faoliyatlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari 
og‘zaki nazorat metodlari, yozma nazorat metodlari, laboratoriya 
nazorat metodlari, o‘z-o‘zini nazorat metodlari turkumiga ajratgan 


100 
bo‘lib, ular ta’lim oluvchilar oldiga topshiriqlar qo‘yish va 
topshiriqlarni bajarish orqali o‘zlashtirilgan bilimlarning o‘zlashtirish 
darajasini aniqlashga xizmat qiladi. 
Yu.K.Babanskiy taklif etgan metodlar ta’lim oluvchilarning o‘quv-
bilish faoliyatlarini optimallashtiradi, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi funksiyalarini to‘la amalga oshishini ta’minlaydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda chop etilgan pedagogika 
darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarining “Ta’lim metodlari” bo‘limida 
XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan ta’lim metodlarining tasnifi 
to‘g‘risida so‘z boradi. Jumladan O.R.Roziqov va boshqalarning 1997-
yilda chop etilgan “Didaktika” darsligida Ukraina olimlari 
V.F.Polamarchuk, V.I.Polamarchuk ta’lim metodlarini tasnif etishda 
uch masalani ta’lim manbalari bolalarning faollik va mustaqillik 
darajasi, o‘quv-bilishining borishidagi mantiqiy yo‘lni hisobga olish 
zarurligini 
uqtirishganligi 
qayd 
etildi. 
Shuningdek, 
S.G.Shapovalenkoning ta’lim metodlarini tasnif etishda ularning 
mantiqiy, mazmuniy, manbai, jarayoniy, ta’limiy boshqaruvchanlik 
xususiyatlarini hisobga olishni taklif etilganligi ko‘rsatiladi hamda 
ta’lim metodlari tasnifida bir vaqtda ta’lim manbalari va mantiqiylikni 
(N.M.Verzilin), ta’lim manbalari va o‘quvchilarning mustaqillik 
davrida darajasini (A.N.Alepsyuk, I.O.Zverov) mezon qilib olganligi 
tahlil etilgan. 
2010-yilda o‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani sohasi 
uchun 
bakalavrlarga 
mo‘ljallab 
yozilgan, 
professor 
M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida chop etilgan 
“Pedagogika” darsligida pedagog N.S.Saidahmedov tomonidan taklif 
etilgan ta’lim metodlari tasnifi keltirilgan. Unda qayd etishicha 
N.S.Saidahmedov ta’lim metodlarini tasnif etishda didaktik jarayon 
nuqtai nazaridan yondashgan. “Ma’lumki-deb yoziladi darslikda,-
didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida 
o‘zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi. 
1.Motivatsion
2.O‘quv faoliyati
3.Boshqaruv
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini 
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin. 
1.O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish 
metodlari 


101 
2.O‘quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari 
3.O‘quv bilish faoliyatini boshqarish. 
Bu guruhdagi metodlarning har biri kichik guruhlarga ajratilib 
tasniflangan
1

O‘zbek olimlari A.Zunnunov va U.Mahkamovlar o‘zlarining 
“Didaktika” o‘quv qo‘llanmalarida
2
bilimni hayotga tadbiq etish 
metodlarining uch turini tavsiya qiladilar. Bular:
a) o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash metodlari 
b) o‘quvchilarning o‘quv ishlarini muntazam kuzatib borish 
v) o‘quvchilarning uy ishlarini tekshirish
Qayd etilgan birinchi guruh metodlariga mashq metodi, og‘zaki 
mashq, yozma mashq, grafik mashq, o‘quv mehnat mashqi, 
laboratoriya mashg‘uloti kabi metodlar kiradi. Ular egallagan nazariy 
mashg‘ulotlarni hayotga tadbiq etish, yoki bilimlarni ko‘nikma va 
malakalarga aylantirish maqsadi qo‘llaniladi. Bunga amaliyot 
ustuvorligi ta’minladi. 
Ikkinchi guruh metodlari-og‘zaki, yakka frontal so‘rash, nazorat 
metodlaridan iborat bo‘lib, ular ta’lim oluvchilarda bilim o‘zlashtirish 
fikrlash, xotira, ko‘nikma, malaka hosil qilishga, bilim egallashga 
xohish, qobiliyat darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 
O.R.Roziqov, S.Yu.Og‘ayev, M.M.Maxmudova, B.R.Adizovlar 
tomonidan yaratilgan va 1997-yilda “Fan” nashriyotidan chop etilgan 
“Didaktika” darsligida ta’lim metodlari o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati 
kontekstiga qarab chiqilib, o‘qitish usullari, o‘qish usullari deb 
tasniflanadi.
3
Darslikda rus pedagoglari tomonidan tasniflangan ta’lim 
metodlarining yangicha talablar asosida izohlanib, ta’lim metodlari 
o‘zaro ta’sirini tashkil etish, boshqarish va o‘zaro ta’sir natijasini 
nazorat etish nuqtai nazaridan tasniflanadi.
Ta’lim metodlarining o‘zaro ta’siri kesimida tasnif etilishi, ta’lim 
metodlarining yaxlit tizimini yaratilishi; ta’lim metodlari integrativ 
birligi ajratilishi; ta’lim metodlarining o‘qitish va o‘qish usullari 
1
Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi): o’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani bakalavriat 
yo’nalishi uchun darslik (M.X Taxtaxodjayeva, S. Nishonova, J. Xasanboyev, va boshqalar) –Toshkent, 
2010, 138-139-betlar. 
2
Zunnunov A, Maxkamboyev U, Didaktika: Oily o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma.-T.: 
“sharq” 2006, 67-70-betlar 
3
Roziqov O. R., Og’ayev S.Yu.“Didaktika” darslik. (oily o’quv yurtlari, asperantlar uchun).-Toshkent, 
“Fan” 1997, 184-205-betlar


102 
tutashuvida shakllanishi, komillikka yondashuv va ta’lim metodlariga 
mazmuniy, jarayoniy tavsifi kontektida tahlil qilinadi. 
Biz pedagogik fanlarni o‘qitishda keying davrlar (XX asrning 50-
90-yillari va XXI asrning boshlari)da didaktika fanida yaratilgan 
metodlar tasnifining eng muhimlari to‘g‘risida fikr yuritdik. Ta’lim 
metodlari pedagogika fani singari tarixiy xarakterga ega. Chunonchi, 
o‘tmishda ham maktab, madrasa bo‘lib ularda o‘qitish o‘qish ishlari 
mavjud bo‘lgan. O‘qtuvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida bilim olish 
muloqoti tashkil etilib, bunda o‘qitish-o‘qish usullari qo‘llanilgan. 
O‘qitish-o‘qish metodlari faqatgina XVII asrda o‘zining ilmiy asosiga 
ega bo‘ldi. Bunga Sharq mutafakkirlaridan Muhammad Muso al-
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, 
Mahmud Ibn Umar, Az-Zamaxshariy, Burhoniddin Zarnujiylarning 
metodlar tasnifida o‘rgatish, mashq qildirish, ilmga havas uyg‘otish 
kasb-hunarni egallash kabi mantiqiy bilish faoliyatini shakllantiruvchi, 
ko‘nikma va malakalarni tarkib toptiruvchi ko‘rsatmali tajriba, 
mustahkamlash, amalda qo‘llash, markaziy o‘rinda turadi. 
Professor J. Hasanboyev va boshqalar tomonidan 2011-yilda 
chop etilgan “Pedagogika” darsligida
1
yuqorida zikr etilgan 
mutafakkirlarning ta’lim metodlari to‘g‘risidagi qarashlari bayon 
etilgan. Mazkur bayonga binoan Muhammad Muso al-Xorazmiy 
o‘tmishda qo‘llanilgan ta’lim metodlarini sintezlashtirishga harakat 
qilish, ko‘rgazmali-tajriba, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni 
shakllantirish bilimlarni sinash metodlaridan keng foydalangan va shu 
metodlarni o‘qitish-o‘qish jarayoniga qo‘llashni tavsiya etgan.
Abu Rayhon Beruniy ilmiy bilimlarni egallashda ta’lim 
o‘rgatuvchilarga: 
-
ta’lim oluvchilarni zeriktirmaslik; 
-
bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik 
kerak-bu dars jarayoniga qo‘yilgan talablarning biri; 
-
tahlil qilish va taqqoslash; 
-
uzviylik va izchillik; 
-
takrorlash; 
-
materialni ko‘rgazmali bayon qilish. 
1
. Hasanboyev J.va boshqalar . Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi) oily o’quv yurtlari uchun darslik. 
Toshkent: “Nashr” 2011, 362-363-betlar 


103 
Abu Nasr Forobiy asosan ta’limda barcha fanlarning nazariy 
asoslarini o‘rganishga, tarbiyada esa ma’naviy-axloqiy qoidalar, 
meyorlar, kasb-hunar o‘rgatishda amaliy masalalarga qaratilishi lozim. 
Bunda ta’lim tarbiyaning amaliy faoliyatini, nazariy faoliyat bilan 
uyg‘unlikda qo‘llash maqsadida nazariy metodlar, amaliy metodlardan 
foydalanish 
ta’kidlanadi. 
Shunga 
asosan 
ta’lim 
metodlari: 
ma’lumotlarni qabul qilish; ularni xotirada saqlash; tahlil qilish va 
fikrlash; xulosa qilishga ajratiladi. 
Abu Ali ibn Sino bolalarni o‘quv-biluvga jalb etish uchun, 
yoshlikdan boshlab ularni kitob o‘qishga o‘rgatishni tavsiya qiladi. 
Talimda asosan kitob bilan ishlash, suhbat, fikrlarni anglash va tahlil 
qilish, tarbiya kabi usullardan foydalanish lozim deb biladi va bu usullar 
ta’lim oluvchida mustaqil, mantiqiy fikrni o‘stiradi deb ta’kidlaydi. 
Shunday qilib ta’lim metodlari o‘quv tarbiya jarayoning muhim 
unsurlaridan biri sifatida birinchidan ta’lim beruvchilarning o‘qitish, 
o‘rganish faoliyatlarini aniq maqsad sari yo‘naltirishga xizmat qiladi. 
Ikkinchidan ta’lim oluvchilarning o‘quv predmetlari ham fan asoslarini 
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari xohish istaklarini kuchaytirib, 
o‘quv-biluv 
faoliyatlarini 
faollashtiradi, 
uchinchidan, 
o‘quv 
materiallari mustaqil tahlil qilish, ijodiy o‘rganishga yo‘naltiradi. Buni 
talim metodlarini aniq tanlash, ulardan optimal foydalanmoqni 
o‘zlashtirish lozim. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlarining tasnifi

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish